June 11

π—π—¨π—‘π—šπ—žπ—’π—’π—ž 𝗠𝗬 𝗑𝗔𝗑𝗑𝗬

19-qism 18+

Jungkook mening enagam
𝑺𝒆𝒏 𝒃𝒐𝒓 π’šπ’†π’“β€”π’Žπ’†π’π’Šπ’π’ˆ π’‹π’‚π’π’π’‚π’•π’Šπ’Ž, 𝒉𝒂𝒕𝒕𝒐 𝒖 π’‹π’‚π’‰π’‚π’π’π’‚π’Ž 𝒃𝒐'𝒍𝒔𝒂 π’‰π’‚π’Ž.

Samalyot yerga qo'ngach erkak postdan to'ar ekan qurollarining hujjati bilan muammo chiqishidan biroz hayiqib hamma narsani o'z nazorati ostiga oldi ammo hech qanaqa muammo bo'lmagach bamaylixotirlik bilan o'ndan ortiq qurollangan odamlari bilan Kim Taehyungning samalyoti Seulga kelib qo'ndi.

Erkak odamlari bilan Aeraport eshigidan chiqar ekan u yonlagan mashinalar va odamlar eshik tagida uni kutib turardi.

β€”La'nati odam gavjum yerlarni ko'rgani ko'zim yo'q jin ursin samalyotim bo'lganda bunchalar qiynalmasdim.

β€”Janob biznes klassda uchdikku ahir

β€”Sendan kimdir so'radimi?

Erkak yana o'sha kibor talaffuzi bilan gapirgan yigitning yuziga qarab o'shqirdi.

Jungkook uyiga kirib ilk qilgan ishi oylardirki o'rganib qolgan erka injiq va tanti qizni chaqirish bo'ldi.

β€”Ibura, sen aytgan shirinliklarni olib keldim.

Uyni boshiga ko'tarib baqirayotgan erkak qiz aytgan har bir shirinlikni ortiqchasi bilan olib kelgan edi.

β€”Ibura meni eshitayapsanmi o'zi ?

Ammo javob yo'q erkak o'zini balkim Hammomdadir deya bosib qo'lidagi shirinliklarni stol ustiga qo'yib yuqori qavatga yugurib ko'tarildi.

Qizning eshigini apil tapil uch marta taqillatdi.

β€”Ibura kirayapman xonadamisan?

Ammo javob yo'q edi.

Jungkook bostirib xona ichiga kirdi uy eshigini ochib ichkarida ko'rgan manzarasidan yoqasini tutdi.

β€”Ibura?

Pol ustida xushsiz oltioylik qorni anchagina kattalashib qolgan qiz yotardi.

Jungkook qizning oldiga borib cho'kkaladi. Iburaning yuzini qo'llari orasiga olib sekin sekin urdi.

β€”Hoy Hoy Hoy qizaloq senga nima bo'ldi ahir? Meni bunday qo'rqitma o'tinaman ko'zlaringni och.

Erkak qizning tomir urushini eshitib ko'rdi ammo qizning tomirlari urmayotgandi Jungkook qaltirab turgan barmoqlarini Iburaning ko'kragi ustiga qo'yib yuragi urishini biror bir pulsni kutdi.

Nihoyat bilinar bilinmas biroz yurak urishi bor edi.

Jungkook qizning tanasini pol ustidan ko'tarib o'zi bilan tashqarida turgan mashina oldiga olib bordi.

Qop qora mashina asvalt ustida qush misol uchib borar Jungkook esa orqa o'rindiqda yotgan qizga takror takror qarab qo'yar va gazni yanada oxirigacha bosardi.

β€”Yo'q yo'q yo'q qizaloq meni tashlab ketishga haqqing yo'q ahir, umrim davomida ilk marotaba kimgadir ko'ngil qo'yganimda meni tashlab keta olmaysan ahir.

Mashina atrofdagi mashinalar orasidan bamisoli quyosh nuri tezligida o'tib ketar bu tezlik bilan qayergadir urilsa ichidagi odam tirik qolish u yerda tursin jasadini tanib bo'lsa katta gap edi.

Radarlar tinimsiz suratga olar qizning nafas olishi asta sekin sustlashib yurak urishi tobora kamayib borardi.

β€”La'nati la'nati senga nima bo'ldi o'zi Ibura bu nimasi ahir.

Jungkook ko'zlaridan oqayotgan yoshlarini yengi bilan artib mashina rulini ayovsiz urardi.

Mashina shifoxona oldida qora asvalt ustida Tim qora shinalar izini muhrlab chiyillab to'xtadi.

Jungkook mashinadan abjirlik bilan tushib orqa o'rindiq eshigini ochib hushsiz qizning tanasini sekin asta muloyimlik bilan avaylab ko'tardi.

β€”Kim bor yordam bering.

β€”Janob pastroq, hozir shifokorlar keladi.

β€”Ovozingni o'chir uning yuragi to'xtayapti, qornida yana bir jon bor.

β€”Zambil olib keling-Doktor yugurib kelib qizning ko'zlarini tekshirar ekan baqirdi.

β€”Defibiliator tez tez tezlashing!

Shifoxona Doktorning baqirishidan oyoqqa turib apil tapil harakatlanarkan. Oradan besh daqiqa o'tar o'tmas hamma to'plandi Jungkook qizni zambil ustiga qo'ydi.

β€”Reanimatsiaga olamiz yoki alohida palatagami?

β€”Vaqt yo'q Defibiliatorni tayyorlang.

Shifokor qizning ko'z qorachiqlarini tekshirdi qorachiqlari orqaga ketib qolgandi.

β€”Ko'ylagini old qismini kesing.

Jungkook bu ishga o'lsa ham ruxsat bermasada hozir uning sog'lig'i uchun bularga chidashga majbur edi.

Hamshiralar pardalarni tortib qizning ko'ylagini oldini zudlik bilan kesib tashlashdi.

β€”Asabiylik, stess, bezovta lik, uyqusizlik, yurak tez urishi, charchoq holsizlik qaysi biri uchundir antibiotik qabul qilganmi?

β€” Unda bularning barchasi bor va shu sabab shifokori Magniy B6 yozdi kuniga 2-3dona ichadi nimadir bo'ldimi doktor.

β€”160Joulga qo'ying.

Ha qoni kamligi sabab dori sekinlik bilan yurak urishini oylar mobaynida sekiblashtirib yurak xurujiga olib kelgan tushunarlimi.

Doktor defibliatorni qizning yalang ko'kraklari ustiga qo'yib bosar va Iburaning tanasi zambildan yuqoriga ko'tarilib tushar ekan gapirdi.