My step brothers
Faxsh olamiga botgan bu dunyoda sening ko'zlaringga boqish uchun hali hanuz nafas olmoqdaman...
Yoongi kazinodan chiqib, mashinasi turgan tomonga deyarli yugurib ketarkan. Taehyung aytgan gaplar miyasida aylana-aylana asabini buzardi. Jimin. Ibura. Shifoxona... Ichida nimadir uzilib ketgandek edi.
Mashinasiga yetay deganda oldini kimdir to‘sdi.
J-Hope ikki odami bilan yo‘lini to'sdi .
— Salom Yoongi, qayerga bunaqa shoshyapsan?
— dedi J-Hope sovuqqina kulib.
— Yo‘limdan qoch hozir sendan kattaroq muammolarim bor
— Bunaqasi ketmaydi Gaplashib olamiz
— dedi J-Hope, yonidagi yigitlar ham yaqinroq keldi.
— Hozir yo‘qola keyin gaplashamiz .
— Balki eng katta muammoying men bo'larman
Yoongi J-Hopening yoqasidan ushlab devorga tiradi.
— Agar sen Ibura yoki Jimin tomonga yaqinlashgan bo‘lsang…
— dedi tishlarini g‘ijirlatib,
— qasam ichaman, Jiminning qoni tomgan yerga seni borib ko'maman.
— Bu gaplaring uchun javob berasan.
J-Hope ishora qilishi bilan yonidagi ikki yigit bir paytning o‘zida Yoongiga yopishdi. Qarshilik qilishga ham imkon bermadi.
Uni majburlab mashinaning orqa o‘rindig‘iga tiqishdi. Eshik qars etib yopildi. Mashina joyidan o‘qdek uchib ketdi. Yoongi ichkarida tipirchilardi, lekin qo‘llari bog‘liq, nafasi qisilardi.
Mashina shahar tashqarisida, odam oyog‘i yetmaydigan joyda to‘xtadi.
Yoongini tashqariga sudrab tushirishdi. U zo‘rg‘a oyoqda turardi. Yuzi shishib ketgan, ko‘zlari ko'kargan, kiyimlari yirtilgan , tanasi abgor ahvolda edi.
— Senga aytgandim, Kech qolding.
Yoongi kulganday bo‘ldi, labidan qon aralash havo tashqariga chiqdi xolos .
Ikki yigit Yoongini jarlik chetiga olib bordi.
So‘ng tanasi zabardast yigitni tubsiz jarlik o'z quchog'iga oldi.
Mashina yana tun ichiga singib ketdi.
Taehyung Yoongiga tinimsiz qo'ng'iroqlar qilarkan ammo go'shak ko'tarilmasdi.
U hayotida ikkinchi marotaba chinakam qo'rquvni yaqinlaridan ayrilish qo'rquvini his qilgancha qo'lidagi telefonni o'chirib tashqariga otilib chiqdi.
Tashqarida yomg'ir chelaklab quygan kabi quyilar yigit nima qilishni bilmas umrining hozirgacha bo'lgan qismini faqatgina kayfu safo uchun sarflagandi.
Miyyasiga kelgan fikr tanasini tok urgan kabi qaltiratib yubordi.
Nahotki unga ham Jiminga tashlanganlar uchrasa nahotki u ham bu olamni tashlab ketsa Yigit Miyyasiga kelgan bu fikr uchun avvalo o'zini la'natlab bo'lgach politsiyachilar oldiga borishi kerak ekanligini tushundi hozir vaziyat erkalik qilishga izn bermasdi...
— Hoy janob meni eshitayapsizmi?
—dedi politsiyachi Taehyung aytgan gaplarni birma bir qog'ozga yozarkan.
—Hozir kichik singlingiz shifoxonada demak shundaymi
—Unda men hozir rasmiy yozma hujjat tayyorlab olgunimcha tashqarida kutib turing ishni avval shifoxonadan boshlaymiz akangiz uning oldiga borgan bo'lishi mumkin.
—dedi Taehyung ovozi chiqar chiqmas sekingina.
— Hozir qiz reanimatsiyada. Ahvoli og‘ir, lekin barqarorlashtirishga harakat qilyapmiz.
Shu payt koridor oxirida politsiya xodimlarining qadamlari eshitildi. Jungkook ko‘zlarini yumib, chuqur nafas oldi.
Jungkook Yoongining yo'qolganligini eshitib tanasi ustidan muzday suv quyib yuborganday bo'ldi...
Oradan uch kun o‘tar-o‘tmas Ibura o‘ziga kelib bo‘lgandi. Tanasi sog'lom bo'lsada , lekin ruhi butunlay boshqa joyda qolib ketgandi.
Jismonan hali to‘liq sog‘lom emas, Ammo eng og‘iri bu emasdi.
Yoongining bedarak yo‘qolgani va Jiminning o‘lgani haqidagi haqiqatni u hazm qila olmayotgandi.
Bu xabarlar uni ich-ichidan yemirib tashlagandi.
O‘rnidan turishga urinardi, lekin oyoqlari bo‘ysunmasdi. Go‘yo tanasi emas, ruhi sinib ketgandi. Hamshiralar ovqat olib kelishar, ammo Ibura boshini chetga burardi.
Ishtaha yo‘q... Ovqat hidining o‘zi ko‘nglini aynitardi.
Hozir uning uchun ovqat faqat tomchi-dori orqali tanasiga majburan kiritilayotgan nimadir edi, xolos.
Ko‘zlari shiftga tikilgancha, ichida bitta savol aylanardi:
—Nima uchun?
Va javobsizlik har qanday haqiqatdan ham ogirroq...
Qizni Jungkook bilan Taehyung bir lahza ham yolg‘iz qoldirmasdi. Ammo bugun ovqatlanish uchun qisqa vaqtga chiqib ketishga majbur bo‘lishdi.
Jungkook eshik oynasi ortidan Iburaga yana bir bor qarab oldi. Qiz yotoq ustida qimirlamay yotardi. Miyyasida nimadir aylanar, lekin Taehyungga ergashib, pastki qavatga tushlik qilish uchun tushdi.
Xonaga hamshira kirganida Ibura hamon yotoqda, shiftga tikilib yotardi.
— Ibura, sizni so‘rab kelishdi…
Qizdan javob bo‘lmadi.
Hamshira sekin yaqinlashdi. Uni ehtiyotkorlik bilan o‘rnidan turg‘izib, nogironlar aravachasiga o‘tkazdi.
Ibura qarshilik ham qilmadi.
Bir necha daqiqadan so‘ng hamshira qizni aravachada shifoxonaning zaliga olib chiqdi.
Hamshira Iburaning aravachasini sekin surib, balkon tomon olib bordi. U yerda bir yigit kutib turardi.
— dedi yigit past, zo‘rg‘a eshitiladigan ovozda.
Hamshira ketishi bilan u aravacha qarshisiga o‘tdi. Ibura boshini ham ko‘tarmas, ko‘zlari hech narsani ko‘rmasdi. Go‘yo umidi na odamdan, na hayotdan qolmagandek edi.
Yigit sekin pastga cho‘kkaladi.
Ibura shu zahoti qaltirab ketdi. Ko‘zlariga yosh qalqidi. Nihoyat, boshini ko‘tardi.
Bo‘g‘zidan zo‘rg‘a chiqqan bu ism bilan birga ko‘z yoshlar ham oqib tushdi. Bu manzara Yoongining ich-etini teshib o‘tgandek bo‘ldi.
Yuz-ko‘zi ko‘kargan yigit qizning tizzalari ustida osilib turgan qo‘llarini sekin kaftlari orasiga oldi. Ohista, ehtiyotkorlik bilan o‘pdi, yuzlarini barmoqlari bilan silab ichidan Xudoga rahmat aytti. So‘ng qizning yuzidagi yoshlarni artib, peshonasini uning tizzasiga qo‘ydi.
Yoongining ahvoli ayanchli edi. Ust-boshi yangi, lekin yuz-ko‘zi tanib bo‘lmas darajada ko‘kargan. Oyoqlari oqsardi, har bir harakati og‘riq bilan chiqar ammo u buni bildirmasdi.
Hozir u uchun bitta narsa muhim edi.
Yoongi yuzini ko'targancha qizning pushti rangi qochgan yuziga lablarini bosdi.
Ibura qo'llari bilan birozgina Yoongini o'zidan itarib uzun yenglari orasiga kaftlarini yashirib boshini yana yerga egib oldi.
Haqiqatdan ham sho'x shaddod qiz butunlay o'chib qolgandi.
Qiz gapirishga urinarkan yig'lab yubordi.
Nima sabab qiz nogironlar aravachasida?
Narkotikdan so'ng o'ziga 24soat ichida kelishi kerak ediku?
Jungkook Qizga biron nima qildimi?
Nima sababdan Yoongi J hope ning qo'liga tushib qoldi?
Jiminning tanasi hozir qayerda?