August 1

𝗡𝗔𝗥𝗞𝗢𝗠𝗔𝗡 || 𝗝𝗝𝗞 & 𝗜𝗕𝗨𝗥𝗔 #2𝗕𝗢𝗕

𝑈𝑛𝑖𝑛𝑔 𝑘𝑜'z𝑙𝑎𝑟𝑖𝑑𝑎 𝑓𝑎𝑞𝑎𝑡𝑔𝑖𝑛𝑎 𝑧𝑢𝑙𝑚𝑎𝑡 𝑏𝑜𝑟, 𝑚𝑒𝑛 𝑒𝑠𝑎 𝑘𝑜'𝑟-𝑘𝑜'𝑟𝑜𝑛𝑎 𝑠ℎ𝑢 𝑄𝑜𝑟𝑎𝑘𝑜'𝑧𝑙𝑎𝑟𝑔𝑎 𝑞𝑎𝑟𝑎𝑚𝑚𝑎𝑛.

Jungkookning ko‘zlari beixtiyor qarshisida turgan qizga qadaldi.

Yo Xudo...Nahotki inson ham shunchalar mukammal yaratilgan bo‘lsa...

Ibura taxminan bir metr yetmish santimetr bo‘yli, nozik va nafis qomatli qiz edi. Uning ingichka beli, shamolda mayin tebranayotgan uzun qora ko‘ylagi ostida yanada latofatli ko‘rinardi. Qaddi go‘yo rassom mo‘yqalami bilan chizilgandek mutanosib, har bir harakati esa vazmin va nazokatli edi.

Belidan ham pastga tushadigan tim qora sochlari bir o‘rim qilib o‘rilgan bo‘lsada, shamol ayrim tolalarini yuziga sochib yuborgandi. O‘sha sochlar quyosh nuri tushganda qora ipakdek tovlanar, qo‘l tekkizishga ham odamning ko‘ngli cho‘chirdi.
Ammo yigitni eng ko‘p mahliyo qilgani uning ko‘zlari edi.Go‘yo tun bag‘riga yashiringan cheksiz osmon, yulduzsiz qorong‘i koinot o‘sha nigohlarga jo bo‘lgandek edi. Bir qarasang tubiga yetolmaysan, yana qarasang nigohingni uzolmay qolasan.
Iburaning oppoq yuzi go‘yo sutdek tiniq, shamolda yonoqlariga mayin qizillik yugurgandi. Uzun va qalin kipriklari har pirpiraganda ko‘zlari yanada jozibali tus olar, ingichka qora qoshlari esa yuziga o‘zgacha salobat bag‘ishlardi.
Qip-qizil, mayin lablari xuddi hech qachon lab bo‘yog‘i tegmagandek tabiiy rangda edi. Gapirmasa ham, o‘sha lablarga boqib odamning xayoli chalg‘irdi.
Yigit umrida go‘zal ayollarni ko‘p ko‘rgan. Boylarning qizlari, mashhur modellar, san’atkorlar... Ammo ularning hech biri qarshisida turgan qizning tabiiy husniga tenglasha olmasdi.
Bu husn pardozning emas, Yaratganning mo‘jizasi edi.
Yigit beixtiyor yutindi.

— Sohibjamol...-xayolidan utkazdi u.

— Isming nima? — dedi yigit sokinlik bilan .

Ibura javob berishga shoshilmadi. Avval Bo‘ronning bo‘ynini siladi, so‘ng egilib tuyoqlarini birma-bir tekshirib chiqdi. Otining sog‘-omon ekaniga ishonch hosil qilgachgina boshini ko‘tardi.

— Qorako‘z.

Yigit kulimsiradi.

— Otingni emas, o‘zingning ismingni so‘radim.

Ibura unga sovuq nigoh tashladi.

— Qorako‘z dedim. Eshitmadingmi... dovdir?

U egarning tasmasini qayta tortib mahkamladida, yengil harakat bilan ot ustiga mindi. Bu ishni shu qadar mohirona bajardiki, yigit qizning ancha yildan beri ot minishini bittada bildi.

— Meniki Jungkook... Jeon Jungkook Sir bo‘lmasa, odam oyog‘i deyarli tegmaydigan bu yerlarda nima qilib yuribsan?

Jungkookning ko‘zlari atrofdagi tog‘yonbag‘irlarini sinchiklab kezdi. U bu hududning oddiy joy emasligini, bu yerlarda ko‘pchilik bilmaydigan qora dori ekilishini yaxshi bilardi.
Ibura jilovni mahkam ushlagancha javob berdi.

— Otamning yerlarida yurish uchun ham endi birovdan ruxsat so‘raydigan bo‘libmanmi?

Jungkook bosh chayqadi.

— Afsuski... bu endi otangning yerlari emas.

U bir necha qadam oldinga yurib, qizning ko‘zlariga tikildi.

— Otangning yerlaridan allaqachon chiqib bo‘lgansan, qizaloq. Hozir turgan joying... mening yerlarim.

Ibura qoshlari bilinar-bilinmas chimirildi.
Shundagina u atrofga razm soldi.
Xayollari bilan onasini eslab yurgani uchun qachon chegaradan o‘tib ketganini o‘zi ham sezmay qolgandi.
Ammo begona erkak bilan ortiqcha bahslashishni istamadi.

— Bo‘ron...

Tulpor egasining ovozini kutib turgandek quloqlarini ding qildi. Ibura jilovni yengil tortdi.

— Yugur.

Bo‘ron oldingi oyoqlari bilan yerni bir tepib oldida, keyingi lahzada haqiqiy bo‘rondek oldinga otilib ketdi. Ot tuyoqlaridan ko‘tarilgan chang bir necha soniya ichida Jungkookni o‘rab oldi. Jungkook esa qimir etmay ortidan qarab qoldi.

Qora libosdagi, uzun sochlari shamolda hilpirab uzoqlashayotgan haddan ortiq o‘jar va Sohibjamol qiz tog‘lar bag‘riga singib borardi.

Jungkook yigirma yetti yoshli, kelishgan tashqi ko‘rinishga ega erkak edi. Baland bo‘yi, keng yelkalari va doimo sovuqqon ko‘rinadigan nigohlari uni bir qarashdayoq boshqalardan ajratib turardi.

Butun davlatda turli hududlarida uning gektarlab yerlari, qator-qator uchastkalari, hashamatli uylari va sanog‘iga yetib bo‘lmaydigan mashinalari bor edi. Tashqaridan qaraganda Jungkook muvaffaqiyatli tadbirkordek ko‘rinar, ammo bu boylikning ortida hamma ham tilga olishga jur’at eta olmaydigan qorong‘i sirlar yashirinardi.

Uning asosiy daromadi noqonuniy tarmoqlar orqali ko‘knori savdosidan kelardi. Ko‘pchilik bu haqda eshitgan, ba’zilar esa aniq bilardi. Ammo Jungkookning oilasi yillar davomida hokimiyat, pul va ta’sir bilan chambarchas bog‘lanib ketgani sabab odamlar bu mavzuda ortiqcha gapirishdan tiyilardi. Kimdir qo‘rqardi, kimdir esa gapirmaslikni afzal bilardi.

Jungkook boy oilada tug‘ilgan, Otasining ham, onasining ham urug‘-aymoqlari viloyatdagi eng qudratli insonlar bilan tutashib ketgan. Shu sabab u bolaligidan pulning qadrini emas, uning kuchini ko‘rib ulg‘aygandi.

Ammo Yigitning hayotida faqat boylik va qudrat emas, oila ham bor edi. Undan uch yosh kichik ayoli yigirma besh yoshli Liana unga to‘rt yil avval qiz farzand dunyoga keltirgan. Ona bo‘lganiga qaramay, Liana hanuz o‘zidan ancha yosh qizlarning ko‘pini husn va latofatda ortda qoldirardi. Oqartob chehrasi, muloyim tabassumi va vazmin fe’li uni ko‘rgan odamda beixtiyor iliq taassurot qoldirardi. Shunga qaramay Jungkook bunday go‘zal ayolga uncha etibor bermas uyga faqat qizi Leylani ko‘rish uchun kamdan kam kelardi.

Jungkookning o‘z orzulari va maqsadlari bor edi uylanish qochib ketmas sevib sevilib uylanaman dedi, ammo qayda otasi bir oyoqda turib oldi "Liana oilamizga mos, qolaversa go‘zal va muloyim ham shu qizga uylanmasang "OQ"san uqtingmi bola" Jungkook bunday qistovlardan so‘ng majbur uylandi ammo ayoliga ko‘ngil qo‘ya olmadi. Otasi Farzand ko‘rsa sho‘hliklari bosilib ketar deya o‘ylardi, ammo aksincha bo‘lib qaytanga qizi tug‘ilgandan so‘ng Jungkook kayfu safoga berilib uyga kelmaydigan odat chiqardi...

Shahar markazidagi hashamatli tungi klubning ikkinchi qavatidagi yopiq xonada Jungkook do‘stlari bilan ayshu ishrat qilib o‘tirardi. Stol ustiga qimmat ichimliklar qo‘yilgan, burchakda esa kalyan tutuni asta-sekin havoga qorishib borardi.

Taehyung odatdagidek tinmay gapirar, bir voqeani aytsa o‘zi hammadan oldin kulardi. Yoongi esa kresloga yonboshlagancha telefonda kim bilandir yozishib o‘tirgan, Jin esa deraza ortidagi tungi shahar chiroqlariga tikilib qolgandi.
Faqat Jungkookning kayfiyati boshqacha edi.
U qo‘lidagi kalyandan sekin tortdi. Tutunni chiqararkan, ko‘zlari bir nuqtaga qadalib qoldi.

— Hoy... — Taehyung kulib unga qaradi. — Nima bo‘ldi senga? Bugun gapning ichingdan chiqmayaptiku.
Jungkookning Ko‘z oldiga yana o‘sha tog‘yo‘li keldi.

Otning kishnashi...
Shamolning izg‘ishi...
Va yerga yiqilgan qiz...

Yigirma yetti yil umrida husni ko‘kka yetarli ayollarni ko‘rgandi. Atrofida doim chiroyli qizlar bo‘lardi. Ularning ayrimlari uning puli uchun, ayrimlari ism-sharifi uchun, yana boshqalari qudratiga suyanish uchun yonida yurardi.
Ammo bu qiz...
U mutlaqo boshqacha edi.
Uning husni ko‘zni qamashtirardi, lekin Jungkookni o‘ziga tortgan narsa bu emasdi.
Qizning kibor fe’li edi.
Yiqilib tushganiga qaramay, yordam so‘ramadi.
Cho‘zilgan qo‘lini tatuirovkani ko‘rishi bilan tortib oldi.
Keyin esa...

—...dovdir.

Jungkook beixtiyor kulib yubordi.

— Ana, kuldi! — Taehyung qadahini stolga qo‘yib unga qaradi. — Bir soatdan beri devorga qarab o‘tirganding. Kim ekan o‘zi?

— Kim?

— Xayolingni o‘g‘irlagan qiz.

Jungkook boshini quyi soldi.

— Bilmayman.

— Ismini bo‘lsa bilarsan?

Jungkook qadahni qo‘liga oldiyu, yana stolga qo‘ydi.

— Qorako‘z.

Xonadagilar bir-biriga qarab kulishdi.

— Demak, gap shunda ekan.

Jungkook ularning haziliga qo‘shilmadi.
Nimasi bilan bunchalik xayoliga o‘rnashib qolganini o‘zi ham tushunmasdi.
Balki o‘sha tim qora ko‘zlar...
Balki bir og‘iz ham xushomad qilmagani...
Yoki umuman tanimagan odamga tik qarab, zarracha cho‘chimay gapirgani...
Jungkook ichida g‘alati bezovtalikni his qildi.
U umrida ilk marta bir qizning ortidan ismidan boshqa hech narsani bilmay turib o‘ylab qolayotgandi.

Jungkook kalyanni stol chetiga surib qo‘ydi, qo‘lidagi qadahni aylantirarkan, xuddi oddiy gapni aytayotgandek xotirjam ohangda dedi:

— Uylanmoqchiman.

Xonadagi uchala yigit ham unga birvarakayiga qaradi.
Taehyung kulib yubordi.

— Bo‘ldi, ichishni bas qil. Oshib ketibdi, chamamda.

Jungkook indamadi.

— Men jiddiy gapiryapman.

Taehyungning kulgisi bir zumda so‘ndi.

— Esing joyidami o‘zi? Xotining bor. Mayli, shuni ham qo‘ya turaylik... qizing borku, Jungkook .

Yoongi boshini quyi solib bir necha soniya o‘yladi.

— Taehyung to‘g‘ri aytyapti, — dedi u vazminlik bilan. — Bir lahzalik havas bilan umringni aralashtirma. Sen aytayotgan qiz umuman boshqa muhitda ulg‘aygan. Balki seni ko‘rishga ham toqati yo‘qdir. Eng muhimi... u bunga rozi bo‘ladimi-yo‘qmi, buni ham bilmaysan.

— Rozi qilaman.

Yoongi yengil xo‘rsindi.

— Hamma narsani pul bilan hal qilib bo‘lmaydi.

Jin kulimsirab qadahini stolga qo‘ydida, Jungkookning yelkasiga qo‘l tashladi.

— Sen "uylanaman" desang, senga tegishga rozi bo‘ladigan qiz topilmaydi, deb o‘ylamayman. Bunga navbatga turadiganlari ham topiladi.

U kulgisini bosolmay davom etdi:

— Lekin bu safar gap boshqacha shekilli. O‘sha qiz seni tinch qo‘ymayapti, a?

Uning ko‘z o‘ngida yana tog‘lar bag‘rida shamol bilan poygalashayotgan tim qora tulpor va uning ustidagi qiz gavdalandi.

Taehyung bosh chayqadi.

—Bir marta ko‘rdim xolos, qo‘shni yerlardagi Namjoon yakkayu-yagona qizi ekan, ko‘rsang edi do‘stim bir qoshiq suv bilan yutib yuboray deysan.

— Bir marta uchratgan qizingni deb oilangni xavf ostiga qo‘yma, do‘stim. Ba’zi qarorlar keyin juda qimmatga tushadi.

— Men hammasini o‘ylab bo‘ldim menga tegsa borim uniki, tegmasa o‘zimniki qilib bo‘lsa ham uylanaman...

Virella 19:00da tawamoqchi edim ulgurmay qoldim hozirgina ishlarimni tugatib tahrirlab chiqdim xato bo'lsa koz yumasila degan umiddaman