May 1, 2025

Mening telbam

6-qism

Shifoxonada vaqt sekin harakatlanayotgandek tuyulardi. Xonadagi jimjitlik go‘yo har bir devorga singib, havoga qorong‘u soya kabi singib ketgan. Ammo bu sukunat uzoqqa cho‘zilmadi.

Ibura o‘ziga kelayotgandi, lekin birdan boshi qattiq aylana boshladi, yuragi gupillab urdi. Nafasi qisila boshladi. Nigohlari xira tortdi, oyoq-qo‘llari qaltirab, tanasi o‘ziga bo‘ysunmay qoldi. Nafas oralab chiqqan tovushlar shivirlay boshladi. O‘zini yo‘qotayotgandek his qilayotgan Ibura yostiqqa boshini bosib, titray boshladi
bu... u tanigan qora dorining yana bir xuruji edi.

Tana asta tortishib bordi, lablari orasidan tushunarsiz so‘zlar chiqib, so‘ng butkul jim qoldi. Signalizatsiya ovozi yashin tezligida tarqaldi.

Ichkariga bir nechta shifokor yugurib kirdi. Ammo ularning ortidan bo‘rondek Taehyung. Nigohida aqldan ozgancha vahshiylik, yuzida telba bir g‘azab. U shifokorlardan birining yoqasidan oldi.

Taehyung:NIMA BO‘LDI?! U NIMA UCHUN QAYTA QALTIS HOLATGA TUSHDI?! QANAQA DORI BERDINGLAR?! U NIMA UCHUN QALTIRAYAPTI?
dedi baqirgancha

Shifokorlar sarosimada. Holatni nazorat qilishga urinishardi. Iburaga tinchlantiruvchi ukol qilisharkan, uning tanasi asta-sekin bo‘shashdi. Nafasi sekinlashdi. Ammo Taehyung hali tinchlanmagandi

Dastlabki tekshiruv natijalari qora dorining qoldiqlarini ko‘rsatdi. Bu shubhasiz, og‘ir xatar edi. Qonun bo‘yicha ular politsiyaga xabar berishlari kerak, biroq... hech kim og‘iz ochmadi.

Hech kim jur’at eta olmadi.

Chunki Ibura oddiy bemor emasdi.
Taehyungning bir nigohi barchani jim qilardi. Uning telbaligi sukut keltirar, zo‘ravonliksiz ham hukm surardi.

Shunday qilib, qora dori holati xuddi hech qachon bo‘lmagandek yopildi. Ibura esa, yana jim yotardi. Yana o‘sha telbaning soyasida, yana qochib qutulib bo‘lmaydigan tuzoqda...

Ibura tinchlantiruvchi dori ta’sirida chuqur uyquda yotarkan, Uning lablari oqarib, nafasi sekin va tekis eshitilardi. Tanasi hali to‘liq sog‘aymagan bo‘lsa-da, tashqi tomondan osoyishta ko‘rinardi.

Tonggi soat 05:47. Shifoxona hali to‘liq uyg‘onmagan, koridorlarda faqat tungi navbatchilar qadam tovushlari eshitilardi. Xona eshigi ochildi. Taehyung ohista ichkariga kirdi. Yonida ikki shifokor va bosh hamshira bor edi.

Hamshira:Hamma hujjatlarni tayyor qildik, janob

Taehyung bosh irg‘ab, yon cho‘ntagidan yupqa, qora charm qo‘lqoplarini chiqardi. Ko‘zi Ibura yotgan joyga ilindi. Shifokorlar xonadagi apparatlarni ehtiyotkorlik bilan uzib chiqishdi. Yurak urish apparati, kislorod trubkasi, tomchilatuvchi tizimlar ketma-ket o‘chirildi.

Taehyungning shaxsiy haydovchisi maxsus tibbiy furvon bilan shifoxona orqa darvozasida kutayotgandi. Hamma narsa oldindan rejalashtirilgan, Palataga yangi, g‘amgin chehrali, oq libosli yosh hamshira kirib keldi bu Ibura uchun yollangan maxsus shaxsiy hamshira edi.

Yumshoq g‘ilofli, ko‘k rangli tibbiy nosilka Iburaning karavoti yoniga olib kelindi. Uni ohista, sezilmaydigan harakatlar bilan ko‘tarib, nosilkaga yotqizishdi. Qo‘llari ikki tomonlama yengil belbog‘lar bilan mahkamlandi ehtiyot shart.

Yo‘lakda hech kim yo‘q. Koridorni faqat g‘ildiraklar g‘ichirisi va qadam tovushlari to‘ldirardi. Orqa darvozadan chiqilgach, Ibura yuk mashinasining ichidagi tibbiy yotoqqa joylashtirildi. Yoniga hamshirasi ham chiqdi.

Taehyung orqa o‘rindiqda sukutda o‘tirdi. Haydovchi avtomobilni sekin harakatlantirdi. Shifoxona orqada qolib ketdi.
Endi Ibura Taehyungning uyida yana qaytayotgandi.

Tibbiy furqon qora darvoza oldida to‘xtadi. Avtomatik eshik shivirlab ochildi. Uy tashqi ko‘rinishda oddiy villa ko‘rinsa-da, ichki tomoni sirli sukunat va qat’iy nazorat bilan qoplangandi.

Taehyung birinchi bo‘lib mashinadan tushdi. Eshik ochildi. Ikki xususiy xavfsizlik xodimi darhol nosilkani chiqarishga yordam berdi. Ibura hali ham chuqur uyquda, ko‘z qovoqlari qimirlamas, yuzida hech qanday ifoda yo‘q edi.

Uy ichida harorat 23 daraja issiqlikda ushlab turilgan. Hamma derazalarda qalin, qorong‘i pardalar osilgan. Xonalar ichkariga tovush o‘tmasligi uchun maxsus material bilan qoplangan. Hamma narsa oldindan tayyor edi.

Ibura maxsus shaxsiy xona ichiga joylashtirildi. Xona oddiy xonaga o‘xshardi, lekin sezilar-sezilmas farqlari bor. Oyna yo‘q, faqat pastga qaragan kichik shamollatgich oynachasi. Devorlari yengil bejoviy rangda, shipda esa kichik yoritkichlar yumshoq fonus edi.

Xonaning o‘rtasida tibbiy karavot joylashgan. Uning ikkala yonida kislorod, zaxira dori vositalari, va IV tizimlar o‘rnatilgan. To‘shak yumshoq, ammo ustida nazorat kameralari ko‘rinmaydigan burchaklarga joylashtirilgandi.

Hamshira Iburaning holatini tekshirib chiqdi. Puls, nafas, tana harorati barchasi me’yorda edi. U hushiga kelishiga yana 6–7 soat bor.

Taehyung xona yonidagi kuzatuv monitorlari turuvchi zalga o‘tib, derazasi yo‘q ekranga qaradi. Unda Iburaning harakatlari jonli ko‘rinardi. U asta kursiga cho‘kdi. Uning qo‘lida Iburaning tibbiy kartasi. So‘ng asta so‘zsiz turib, xona eshigini qulfladi.

U endi Ibura bilan yolg‘iz qolgandi...

Shu yerigacha o'qigan bo'lsangiz Reaktsiya va fikringizni kutib qolaman
#IburaHellsing