February 9

To'g'ri loyiha tanlash uchun "FILTR"

Kirish

Marketingda 9 yillik tajribam davomida 100 ga yaqin loyihalar bilan ishlab, bitta muhim qoidani tushunib yetdim. Barcha loyihalarda ham birdek natija qilish qiyin yoki mijoz bilan ishlash sizni kuchli stressga solib qo'yadi. Shularni inobatga olib, ushbu gaydda loyiha tanlashdagi muhim kriteriyalarni, real keyslar bilan ochib beraman.

Nega aynan meni gaydimga amal qilishingiz kerak?

Akbarjon Botiraliev

  • 9 yillik marketingdagi tajriba
  • Foyda marketing asoschisi (15 ta yirik loyihalar: Crafers, N'medov, Turon unlari, Enoc moylari, Adnur Group, Protools, UPGrade, Bito ERP....)
  • Artel, Crafers, N'medov, BTS express, Elmakon - kompaniyalarida rahbarlik lavozimidagi tajriba
  • 100+ loyihalar tajribasi
  • $5.000.000+ marketing byudjeti boshqaruvi
  • 100+ marketingdagi shogirdlar

To'g'ri loyiha tanlash nega muhim?

Turon unlari brendi bilan ishni boshlagan vaqtizmiz, digital orqali savdosini oshirishni niyyat qilgan edik va shu bo'yicha ular bilan kelishuvga erishdik. CustDev (mijoz tahlili) ni o'tkazgach, un bozorida b2b segment ya'ni nonvoylar, 95% savdoni olib keladi. Ammo bizda yangi muammo tug'ildi, deyarli 80% nonvoylar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishmaydi. 2 oylik mehnat bekor bo'ldi, barini boshidan boshlaga to'g'ri keldi. Yaxshiyamki, N'medov va Crafersdagi tajribam bu holatdan Direct marketing yo'li bilan chiqib ketishga yordam berdi

Yaqinda yana bir Shaxsiy brend yuritish bo'yicha mutaxasis bilan kelishuvga erishib ishni boshlagan edik. Hammasi reja bo'yicha ketayotgan edi va 1-oyni o'zida kutilgan natijaga ham erishdik. Lekin shaxsiy brend qurayotgan mutaxasisda moliyaviy mammolari bo'lgani va bizning xizmat uchun to'lov qila olmaganlari uchun ishni to'xtatdik.

Bu keyslar loyiha tanlashdagi xatolar tufayli paydo bo'ldi va biz chuqur tahlil qilib, kerakli kriteriyalarni tanlab chiqdik.

Muhim kriteriyalar

1. Target qilish osonmi?

Siz ishlamoqchi bo'lgan loyiha mijozlarini topish oson bo'lishi kerak. Target deganda faqat Facebook Ads emas, balki ushbu mijozlarga boshqa reklama instrumentlari bilan borish osonmi degan savolga javob olish kerak. Foyda marketing keysida, nonvoylarga target qilish deyarli ilojsiz. Ular ijtimoiy tarmoqda o'tirmaydi, 24/7 non yopadi- shuning uchun xattoki ko'chaga ham chiqishmaydi. Aksariyati hali ham knopkali telefon ishlatishadi. Faqat yagona kommunikatisya qilish yo'li Direct marketing ya'ni ularni oldiga o'zingiz borishingizdir.

Yana qaysi turdagi bizneslarga target qilish qiyin?

  1. Traditsion bizneslar - un biznes, beton biznesi, qishloq ho'jaligi mahsulotlari
  2. b2b nisha bizneslar - iishlab chiqarish ehtiyot qismlari, og'ir texnikalar, xom ashyo va kimyoviy moddalar
  3. Qimmatbaho (Luxury) mahsulotlar - qimmat uy, xususiy yaxta
  4. Mahalliy bizneslar - faqat bitta filiali bo'lgan bizneslar

2. Biznes qachondan beri mavjud?

Kimyoviy tozalash vositalarini bozorga olib kiradigan biznes bilan ishi boshlaganimizda, barcha hursand va kutuvlar baland edi. Oradan 2 oy o'tgach, biznes foydada chiqmayotgandan shikoyat qildi, vaholanki savdosi stabil 50-60% ga oylik o'sib borayotgan edi. Loyiha bilan ishni to'xtatishga majbur bo'ldik.
6 oy oldin yana bir taksi start-up xizmati, marketing xizmatimizga qizish bildirdi va kelishuvga yaqin edik. Biznes egasidan kompaniya strategiyasini so'raganimda 3 yilda "Yandex Taksi" xizmatidan kattaroq kompaniyaga aylanish kerak dedi. Avalliga hursand bo'ldim, lekin buni qilish uchun moliyaviy reja yo'q edi ya'ni maqsad SMART emasdi. O'zimni tashabbusim bilan 20.000$ lik shartnomani bsohlanishdan oldin, bekor qildim.

Qanday bizneslar bilan natija qilish qiyin?

  • Start-uplar - katta kutuvlar va mavhum ko'rsatkichlar
  • SMART maqsadsizlar - A nuqtasiga nisbatan B nuqtada 2-3 barobar 1-2- oyda o'sishni istaydiganlar
  • A nuqtasi mavhum bizneslar - biznesda raqamlar yo'q va faqat yorqin kelajak haqida o'ylaydigan kompaniyalar

3. Biznes oldin marketolog bilan ishlaganmi?

Ko'pchilik biznes egalari marketologdan juda ko'p kutuvlar qo'yishadi. Ularni hayollarida marketolog kelsa biznes tizimlashib, savdolari ortib ketadi.

Marketing sotuvgacha bo'lgan jarayonni boshqaradi, konversiya bo'lgach yana qayta sotuv haqida o'ylaydi.

Yaqinda Qo'qonga katta bir skuter ishlab chqarish zavodining marketingini boshqarish bo'yicha peregavorga bordik. Zavod oldin marketolog bilan ishlamagan va kutuvlar ham juda noto'gri edi. Birgina savol, ushbu brend bilan ishlash haqida meni o'ynaltirib qo'ydi. Tizimlashtirishga ham yordam berasizlar-a !?

Qanday bizneslar bilan ishlamaslik kerak?

  • Biznes birinchi martta marketolog bilan ishlayotgan bo'lsa - siz yaxshi natija qilsangiz ham uni yaxshiligini tshunishi uchun, sizdan yomonini ko'rishi kerak
  • Juda ko'p marketolog alishtirsa - bunday bizneslarda natijani kutish uchun sabr yetishmaydi
  • Marketolgdan hamma narsani kutsa - sotuv bo'limi ustida ishlamasa

4. Sizga bor-budini investitsiya qilmayaptimi?

Foyda marketing agentligimizga mijoz olayotga MRR - $100.000 oshiq bo'lishi kerak yoki doimiy $10.000 oshiq sof foyda bo'lishi kerak. Agentligizmida o'rtacha chek $3000+ bo'gani uchun, bizni doimiy ishlashimizni ta'minlash va marketingga byudjet ajratish uchun biznesda yetarlicha reservlar bo'lishi kerak.

Bir pista ishlab chiqaruvchi bilan ishlagan vaqtimiz, savdoni 9 barobarga oshirganimizda ham, biznesni moliyaviy qiyinchilik va qarzlari tufayli ishni to'xtatishga majbur bo'lgan edik. Yana bir shaxsiy brend loyihamizda esa biznes egasini faqat bir oylik xizmat uchun to'lovi bo'lgan va bir oyni o'zida 100.000 obunachi bilan boyib ketmoqchi edi.

Qanday bizneslar bilan ishlamaslik kerak?

  • Biznesni sof foydasi, sizga to'laydigan haqni 300% idan kam bo'lsa - ish haqingiz 2000$ - biznes sof foydasi 6000$ bo'lishi kerak
  • Moliyaviy qarz yoki kreditlari bo'lgan bizneslar
  • Mavsumiylik yuqori bo'lgan bizneslar

Xulosa

Loyiha tanlashda bundan ham ko'p kriteriyalar mavjud, lekin qolganlari yuqoridagi 4 ta kriteriyachalik muhim emas. Mana shu kriteriyalar bo'yicha ishlaganimiz uchun ham, hozirgi vaqtda 80% loyihalarimiz biz bilan 7 oydan ortiq muddatdan beri ishlab kelishmoqda.