"LEVEL" aksiyasini o‘tkazish shartlari
Aksiya shartlarida ko‘rsatilgan mahsulotlarni (nominal qiymati 1000 va undan yuqori) xarid qilib, Siz aksiya ishtirokchisiga aylanasiz. Belgilangan chegaradan o‘tganda, Siz navbatdagi sovrin (tanlov asosida yoki komplekt)ni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Bunda har bir nominal uchun faqat ko'rsatilgan sovg'alar beriladi, ularni boshqasiga yoki bir nechta kichik nominaldagi sovg'alarga almashtirsh mumkin emas;
— Aksiya 2025-yil 1-aprel sanasidan 2025-yil 31-may sanasiga qadar davom etadi.
— Aksiyada "Akfa Lighting" hamda "Lucem" brendlarining ma’lum bir guruh mahsulotlari ishtirok etadi. Ishtirok etuvchi mahsulotlar ro‘yxati ilova qilinadi;
— Sotib olingan mahsulotlar uchun to‘lovning so'nggi kuni aksiyaning rasman yakuniy sanasi hisoblanadi. To'lov amalga oshirilmagan taqdirda, sotib olingan mahsulotlar aksiya natijasiga kiritilmaydi;
— Aksiyaning yakuniy natijalarini hisoblashda navbatdagi nominalga yetmay qolgan miqdor hisobga olinmaydi;
— Aksiya davrida sotib olingan tovarlar (nuqsonli tovarlar bundan mustasno) qaytarib olinmaydi;
— Aksiya g'oliblari yakuniy natijalar va hisob-kitoblar yakunlangandan so'ng e'lon qilinadi;
— Aksiya ishtirokchilarining xohish-istagiga ko‘ra, oy so‘ngida, ushbu muddatgacha sotib olingan tovarlar uchun to‘langan mablag‘lar hisoblab chiqilishi va to‘langan mablag‘larga mos keluvchi sovrinlar o‘z egasiga yetkazilishi mumkin, bunda sovg‘a berilgandan keyin yig‘ilgan nominal ball nolga tenglashtiriladi;
— Aksiyaning yakuniy natijalarini hisoblash uchun har bir diler doimiy ravishda “Smart Up” tizimini o‘rnatishi va undan foydalanishi kerak. Dilerning “Smart Up” tizimi aksiya davomida kontragentlarning barcha operatsiyalari va to‘lovlari tarixining manbasi bo‘lib xizmat qiladi. Agar kontragentning savdo tarixi diler tomonidan yuritiladigan “Smart Up” tizimida ko'rsatilmagan bo‘lsa yoki “Smart Up” tizimi umuman yuritilmagan bo‘lsa, kontragentning ma'lumotlari hisobga olinmaydi va aksiyada ishtirok etilmagan deb hisoblanadi;
— Aksiya boshlanishidan oldin kontragentning dilerda oldindan to‘lov sifatida yig‘ilib qolgan pul mablag‘lari mavjud bo‘lsa hamda bu mablag‘lar Aksiya davrida “Akfa Lighting” hamda "Lucem" brendi mahsulotlarini sotib olishga sarflanadigan bo‘lsa, u holda Aksiya uchun hisobga olinadi;
— Sovrinning narxi, modeli, rangi, shuningdek, boshqa parametrlari va xarakteristikalari Tashkilotchining ixtiyoriga ko‘ra belgilanadi va G‘olib kutgan parametrlarga mos kelmasligi mumkin. Sovrinlarning haqiqiy ko'rinishi reklama materiallarida taqdim etilganidan farq qilishi mumkin;
— Tashkilotchi istalgan vaqtda ushbu qoidalarni to‘ldirish va/yoki o‘zgartirish, aksiyani tugatish, bekor qilish va/yoki aksiya natijalarini, shu jumladan, oraliq natijalarni ishtirokchilarni xabardor qilgan holda to‘liq yoki qisman bekor qilishga haqli;
— Aksiyaga oid savollar bo‘yicha hududiy rasmiy dilerlarimizga murojaat qiling.
Aksiyada ishtirok etuvchi mahsulotlar ro'yxati: