"FOYDANI OSHIR" aksiyasi o‘tkazish qoidalari
1. Umumiy qoidalar
• Aksiya 2026-yilning 1-yanvaridan 30-iyunigacha davom etadi va Akfa Lighting kompaniyasining Akfa Lighting, Lucem va Vesta Electriс brendlari bo‘yicha ushbu davrda xarid qilingan hamda 2026-yil 30-iyungacha to‘liq to‘langan mahsulotlariga taalluqlidir.
• Xarid qilingan mahsulotlar uchun to‘lovning oxirgi sanasi aksiya rasmiy tugash sanasi hisoblanadi. Agar to‘lov to‘liq amalga oshirilmasa, xaridlar aksiya natijalariga kiritilmaydi.
2. Aksiyada ishtirok etish tartibi
• Aksiya shartlarida ko‘rsatilgan mahsulotlarni xarid qilgan har bir kontragent aksiya ishtirokchisiga aylanadi.
• Aksiyada ishtirok etish uchun minimal ishtirok summasi — 2 000 nominallik paket va undan yuqori bo‘lgan xaridlar hisoblanadi.
• Ishtirokchi aksiya davomida amalga oshirilgan va to‘liq to‘langan xaridlar asosida balans yig‘adi.
• Balans aksiya boshlangan kundan aksiyaning rasmiy tugash sanasigacha yig‘ilib boradi, aksiya davomida oyma-oy nolga tushirilmaydi va bonuslar oraliq davrda berilmaydi.
3. Paketlar va “chaqmoq” (⚡) mexanikasi
• Har bir paketga mos ravishda “chaqmoq” (⚡) birliklari belgilanadi.
• Сhaqmoq (⚡) — bu aksiya doirasida qo‘llaniladigan hisobiy foyda birligi hisoblanadi.
• Aksiya yakunida ishtirokchining yakuniy balansi qaysi paket chegarasiga yetgan bo‘lsa, o‘sha paketga mos chaqmoqlar soni asosida bonus miqdori hisoblanadi.
📌 Misol:
Agar ishtirokchi aksiya yakuniga qadar 2 000 nominallik paket darajasiga yetgan bo‘lsa, unga chaqmoq (⚡) biriktiriladi va ushbu chaqmoqlar soniga mos miqdorda bonus hisoblanadi.
4. Bonusni hisoblash tartibi
• Bonus miqdori ishtirokchining yakuniy balansi va unga biriktirilgan chaqmoqlar soni asosida aniqlanadi.
• Hisob-kitob faqat, to‘lov hujjatlari va Smart Up tizimidagi ma’lumotlarga asoslanadi.
5. Bonusni berish shakllari
Aksiya bo‘yicha hisoblangan bonus ishtirokchiga quyidagi shakllardan bittasida taqdim etiladi:
1) Chegirma ko‘rinishida
• Bonus summasi keyingi xaridlarda chegirma sifatida qo‘llanadi;
• Chegirma qo‘llash tartibi Tashkilotchining ichki qoidalariga muvofiq belgilanadi.
2) Qarzdorlikdan yechish (o‘zaro hisob-kitob)
• Mavjud qarzdorlikni kamaytirish uchun yo‘naltiriladi;
• Tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
3) Mahsulot ko‘rinishida (Akfa / Lucem / Vesta Electric)
• Bonus summasiga ekvivalent miqdorda mahsulot beriladi;
• Model, rang va komplektatsiya Tashkilotchi tomonidan belgilanadi;
• Mahsulot ko‘rinishidagi bonus pulga almashtirilmaydi.
6. Bonusdan foydalanish muddati
• Bonus aksiya tugagan kundan boshlab 3 oy davomida amal qiladi.
• Belgilangan muddat ichida foydalanilmagan bonus bekor qilinishi mumkin.
7. Bonus qo‘llanilmaydigan holatlar
• Bonus aksiya narxidagi yoki maxsus “promo” belgilangan mahsulotlarga qo‘llanilmaydi;
• Shuningdek, Tashkilotchi ayrim tovarlarni (cheklangan partiya, defitsit va boshqalar) alohida istisno qilishi mumkin.
8. Smart Up va rasmiy hisob-kitob
• Aksiyada ishtirok etish uchun Smart Up tizimi majburiy hisoblanadi;
• Smart Up’da aks etmagan savdolar hisobga olinmaydi;
• Aksiya boshlanishidan oldingi rasmiy xaridlar tegishli hujjatlar asosida inobatga olinishi mumkin.
9. Qaytarish va qayta hisoblash
• Aksiya davrida sotib olingan mahsulotlar (nuqsonli tovarlardan tashqari) qaytarilmaydi;
• Nuqsonli mahsulotlar bo‘yicha balans va bonus qayta hisoblanishi mumkin.
10. Yakuniy natijalar
• Yakuniy natijalar aksiya tugaganidan so‘ng 30 kalendar kuni ichida e’lon qilinadi.
11. Tashkilotchining huquqi
• Tashkilotchi aksiya shartlarini o‘zgartirish, to‘ldirish, to‘xtatish yoki bekor qilish huquqiga ega.
📞 Aksiyaga oid savollar bo‘yicha hududiy rasmiy menejerlaringizga murojaat qiling.