"Raqamli iqtisodiyotni ko'raman" ...
Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, mobil texnologiya, mobil telefon.
Raqamli iqtisodiyot - dunyoning iqtisodiy rivojlanishida eng asosiy ulushga ega bo'lib kelayotgan yo'nalishdir. Bu yo'nalish doirasida yuzlab, minglab raqamli texnika va texnologiyalar yaratilmoqda. Kundalik hayotimizning eng mayda detallari ham bevosita raqamli texnologiyalar bilan bog'lanib bormoqda.
Men raqamli iqtisodiyotni uning bir qismi bo'lmish mobil texnologiyalarda ko'raman.
Har birimizning kunimiz mobil texnologiyalar bilan boshlanib, yana mobil texnologiyallar bilan tugayapti. O'quvchi va talabarning o'qish tizimi, ishchi va xodimlarning ishlari, tadbirkorlar, sotuvchilar, haydovchilar, hattoki, ishsizlarning ham kuni aynan mobil texnologiyalarsiz o'tmaydigan bo'lib qoldi. Bunga asosiy sabab esa raqamlashish. To'g'ri, qandaydir qismda ular zarar, lekin ular bilan bizning hayotimiz ancha osonlashdi va mukammallashdi.
O'z hayotimdan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, dastlab, ertalab uyg'onish uchun mobil telefondan foydalanaman. So'ng o'qishga boraman. Bunda bizga o'tilishi kerak bo'lgan dars haqida ma'lumotni ham mobil telefondan olaman. Keyin ishga borishda metrodan foydalanaman. Biz bilgan atto kartalarini ham mobil telefon orqali boshqarsa bo'ladi. Mobil telefondan foydalanib kartaning hisobini to'ldirish, ta'riflar sotib olish, agar atto kartasi yoningizda bo'lmasa, NFC funksiyasi orqali to'lovni ham amalga oshirishingiz mumkin. Ish jarayonida boshliqlar, hamkorlar va ba'zida hamkasblarimiz bilan ham mobil telefon orqali aloqada bo'lamiz.
Mobil telefonlar yaqinlarimiz diydorini oz bo'lsada qumsamaslikka yordam beradi. Ota-onamdan uzoqda yashaganligim sababli men ham ular bilan mobil telefon orqali gaplashib turaman.
Xullas, mobil texnologiyasiz hayotimni tasavvur qilishim ancha qiyin!