April 27, 2022

Musiqa fanida avtofokus metodi orqali dars o‘tish

Sinfdagi zerikarli dars muhitining birinchi sabablaridan biri bu - o‘quvchilarning diqqati pastligi, darsga befarqligi va dangasaligidir. Bunday vaziyatda asosiy mas’uliyat o‘qituvchining bo‘ynida bo‘ladi.

Bugungi Avtofokus metodi orqali o‘quvchilarda ushbu muammolarni osonlikcha hal qila olasiz. Ushbu metod o‘quvchilarning ixtiyoriy darsga e’tibor qaratishlarini ta’minlaydi.

Avtofokus metodining asosiy mazmuni

Ushbu metodni qo'llashda sizga skripka kaliti va bass kaliti kartochka kerak bo'ladi. Sinfdagi o'quvchilarning har biriga ushbu kartochkalarni tarqatib chiqasiz. Albatta, buni dars boshida amalga oshirasiz.

So‘ngra dars mobaynida to‘satdan savol berib qolasiz, demak savollar quyidagicha:

skripka kaliti yozilgan kartochkasi borlar o‘rnidan tursin va mavzu yuzasidan biror savolni turgan o‘quvchilardan istalgan biriga berasiz. Javob topa olishsa, ushbu kartochkasi bor guruhga bir ball qo‘shib qo‘yasiz.

Keyin yana to'satdan bass kaliti yozilgan kartochkasi borlar o‘rnidan tursin deysiz va yuqoridagi kabi, bass kaliti yozilgan kartochkasi bor o'quvchilarga mavzu yuzasidan savol berasiz. Shu daraja darsning so'ngigacha bir necha marta shunday usulni qo'llaysiz.

Natijada dars mobaynida barcha o‘quvchilar hushyorlikda bo‘lishadi. Bu usul o‘quvchilarni harakatga keltirish ya’ni o‘rinlaridan turish jarayonida darsga bo‘lgan qiziqish signallarini orttiradi.

Qolaversa, istalgan o‘quvchiga beriluvchi savollar barchani mavzu yuzasidan diqqat bilan eshitishga majbur qiladi. Bu jarayonda bellashuv ham ketmoqda! O‘quvchilar o‘zaro bellashish orqali ixtiyoriy darsga diqqatlarini qaratishadi. Ya’ni siz o‘quvchilarda Avtofokus muhitini yaratgan bo‘lasiz.

__________

Yuqoridagi usullarni albatta qo‘llab ko‘ring! Samarali o'qituvchi bo'lish juda qiyin, chunki har bir o‘quvchi o'ziga xosdir, ammo o'qitish strategiyasidan foydalangan holda o'z sinfingizni o‘quvchilar uchun dinamik va motivatsion muhitga aylantirishingiz mumkin!