Twin Jeon
TWIN JEON
7-qism
Zavod ichidagi havo muzlab qolgandek edi.
“Jeon Hyunwoo.”
Bu ism devorlarga urilib qaytgandek eshitildi.
Taehyung qimirlay olmay qoldi.
Ko‘zlari Jungkookda.
Yo‘q…
Hyunwooda.
Minjae esa mamnun kulardi.
— Nihoyat.
— Men seni juda sog‘indim, Subject 08.
Junwoo qo‘rqib akasiga qaradi.
— Hyung…?
Lekin Jungkookning yuzi sovuq edi.
Begona.
U asta Minjaega yaqinlashdi.
Taehyung darhol yo‘lini to‘sdi.
— Yetadi.
Jungkook unga qaradi.
Nigohi o‘tkir edi.
— Yo‘limdan chiqing.
Taehyungning yuragi siqildi.
Chunki bu qarash…
aniq Hyunwooniki edi.
O‘n ikki yil oldingi.
Minjae kuldi.
— Ko‘ryapsanmi, Taehyung?
— Sen saqlab qolaman deb o‘ylagan bola aslida hech qachon yo‘qolmagan.
Taehyung jahli bilan:
— Sen uning miyasini buzgan ekansan!
Minjae yelka qisdi.
— Men uni mukammal qilganman.
Jungkook birdan boshini ushladi.
FLASH.
Qorong‘i laboratoriya.
Qo‘lida qurol ushlab turgan kichkina bola.
Yonida boshqa bola yig‘layapti.
“Hyunwoo… qo‘rqyapman…”
FLASH.
Oq xalatli odamlar.
“Subject 08 reaction excellent.”
FLASH.
Portlash.
Qon.
Taehyungning qichqirig‘i:
“JUNGKOOK!”
Jungkook birdan tiz cho‘kdi.
— AAHH!
Taehyung darhol yoniga yugurdi.
— Jungkook!
Jungkook nafasi titrab unga qaradi.
Va bir soniya…
ko‘zlari yana eski holiga qaytdi.
— …Taehyung?
Taehyungning yuragi yumshadi.
— Ha, men shu yerdaman.
Lekin bu uzoq davom etmadi.
Minjae birdan qurolni Junwoo tomon qaratdi.
— Dramani tugatamizmi?
Jungkookning ko‘zlari yana qoraydi.
— TEGMANG UNGA.
Minjae jilmaydi.
— Unda yonimga kel.
Taehyung darhol Jungkookning oldiga o‘tdi.
— Sen hech qayerga bormaysan.
Jungkookning ovozi past chiqdi.
— Men majburman.
— Yo‘q!
Taehyung birinchi marta baqirdi.
— Men seni o‘n ikki yil oldin yo‘qotganman!
Jimlik.
Jungkook qotib qoldi.
Taehyungning ko‘zlari titrardi.
— Men seni o‘lgan deb o‘ylaganman…
— Endi yana ko‘z oldimda olib ketishlariga qarab turmayman.
Minjae zerikib xo‘rsindi.
— Juda zerikarli.
Va birdan—
BANG!
O‘q ovozi zavodni larzaga soldi.
Junwoo qichqirdi.
Taehyung darhol Jungkookni pastga tortdi.
O‘q temir ustunga tegdi.
Minjae esa kulardi.
— Vaqt tugadi.
Birdan atrofdagi qorong‘ilikdan qurolli odamlar chiqib kela boshladi.
O‘nlab.
Ular qurshab olishgandi.
Taehyung past ovozda so‘kindi.
— Tuzoq…
Minjae qo‘llarini yoydi.
— Hyunwoo uyga qaytadi.
Jungkookning nafasi tezlashdi.
Boshidagi ovozlar kuchayardi.
“Qayt.”
“Subject 08.”
“Kill mode.”
U boshini mahkam ushladi.
— To‘xtang…
Taehyung xavotir bilan unga qaradi.
— Jungkook, menga qara.
Lekin Jungkook titrardi.
Minjae esa past ovozda buyruq berdi:
“Activate Subject 08.”
Birdan Jungkookning ko‘zlari kengaydi.
FLASH.
Laboratoriya.
Qon.
Qichqiriq.
Va bitta buyruq:
“Protect the twin.”
Jungkook birdan boshini ko‘tardi.
Nigohi Junwooga tushdi.
Keyingi soniyada—
u harakatlandi.
Juda tez.
Taehyung ham ulgurmay qoldi.
BANG!
BANG!
Ikki qurolli odam yerga quladi.
Minjae hayrat bilan kuldi.
— Mana shu mening masterpiece’im.
Jungkook Junwooni qo‘liga tortib oldi.
Va sovuq ovozda dedi:
— Hech kim ukamga tegmaydi.
7-qism tugadi.