Today

Twin Jeon

TWIN JEON
3-qism
Klub ichida vahima boshlangandi.
Odamlar qichqirib yugurardi.
Musiqa to‘xtagan.
Faqat otishma ovozlari.
BANG! BANG!
Jungkook qotib qolgandi.
— Meni… topishdi degani nima?!
Taehyung javob bermadi.
U deraza yonidan chekinib, qurolni tekshirdi.
Ko‘zlari sovuq edi.
Professional.
Go‘yo bunaqa holat unga odatiydek.
— Eshikdan uzoqlash.
Jungkook yuragi tez urayotganini sezdi.
— Men hech narsani tushunmayapman!
BANG!
VIP xonaning eshigiga o‘q tegdi.
Taehyung darhol Jungkookni devor tomonga tortdi.
— Pastga egil!
Keyingi soniya—
eshik tepib ochildi.
Qora niqobli odamlar bostirib kirishdi.
Qurolli.
— TARGETNI OLING!
Taehyung birinchi bo‘lib o‘q uzdi.
BANG!
Bir odam yiqildi.
Jungkook hayratdan qotib qolgandi.
“Bu… rostdan bo‘lyaptimi?”
Taehyung qichqirdi:
— JUNGKOOK!
U hushiga keldi.
O‘q devorga tegib parchalar sochildi.
Taehyung uning qo‘lidan ushlab yashirin yo‘lak tomonga tortdi.
— Yur!
Koridor bo‘ylab yugurishdi.
Alarm chiroqlari qizil yonardi.
Jungkook nafasini rostlay olmay:
— KIMSIZ SIZ O‘ZI?!
Taehyung oldinga qarab javob berdi:
— Hozir savol beradigan vaqt emas!
Orqadan oyoq tovushlari.
Quvishayotgan edi.
Jungkook birdan to‘xtadi.
— Junwoo…
Taehyung keskin ortiga qaradi.
— Nima?
— Ukam uyda yolg‘iz!
Taehyungning yuzi jiddiylashdi.
— Ular sening ukang borligini bilishadimi?
Jungkookning rangi oqarib ketdi.
— …bilmayman.
Taehyung birdan yo‘nalishni o‘zgartirdi.
— Unda tezlashamiz.
Shahar ko‘chalari.
Yomg‘ir kuchaygandi.
Qora mashina katta tezlikda ketardi.
Jungkook yon o‘rindiqda hanuz shokda edi.
Qo‘llari titrar edi.
Taehyung rulda.
Sovuq.
Jim.
Birdan Jungkook qattiq dedi:
— To‘xtating mashinani.
Taehyung qaradi.
— Nima?
— Men sizni tanimayman.
— Orqamdan qurolli odamlar yuribdi.
— Siz esa “tezlashamiz” deyapsiz?!
Taehyung indamadi.
Jungkook davom etdi:
— Menga tushuntirish bering!
Mashina birdan keskin to‘xtadi.
Shinalar sirg‘aldi.
Taehyung unga qaradi.
Ko‘zlari qorong‘i edi.
— Chunki seni o‘ldirishmoqchi.
Jungkookning nafasi tiqildi.
— …nega?
Jimlik.
Yomg‘ir oynaga urilardi.
Taehyung juda sekin dedi:
— Chunki sen o‘lishing kerak bo‘lgan bolasan.
Jungkook qotib qoldi.
— Nima?!
Taehyung cho‘ntagidan eski surat chiqardi.
Yirtilgan.
Eski.
Unda ikki bola bor edi.
Biri—
kichkina Taehyung.
Ikkinchisi esa…
Jungkookning o‘zi.
Yoki unga juda o‘xshagan bola.
Jungkookning qo‘llari titradi.
— Bu… kim?
Taehyung past ovozda:
— Jeon Hyunwoo.
— Sening egizaging.
Jimlik.
Mutlaq jimlik.
Jungkook kulishga urindi.
— Egizak? Mening egizagim yo‘q.
Taehyungning nigohi og‘irlashdi.
— Chunki ular seni shunday o‘ylashga majbur qilishgan.
Jungkookning yuragi tez urardi.
— Siz aqldan ozgansiz…
Taehyung birdan yaqinlashdi.
— Men Hyunwooni o‘z ko‘zim bilan ko‘mganman.
Jungkook muzlab qoldi.
Taehyungning ovozi titradi.
— Lekin sen… aynan unga o‘xshaysan.
Birdan—
telefon jiringladi.
Jungkook displeyga qaradi.
“Junwoo ❤️”
Darhol javob berdi.
— JUNWOO?!
Lekin telefondan ukasining ovozi emas…
boshqa odamning kulgisi eshitildi.
“Qiziq…”
Jungkookning qoni muzladi.
“Demak yo‘qolgan twin haqiqatan ham tirik ekan.”
Jungkook qichqirdi:
— SEN KIMSAN?!
Ovoz kuldi.
“Uyingga kech qolding.”
CALL ENDED.
Jungkookning qo‘lidan telefon tushib ketdi.
Taehyung darhol mashinani qayta yurgizdi.
— Ular ukangga yetib borishdi.
Jungkookning ko‘zlari qoraydi.
— YO‘Q…
Va mashina yomg‘irli tun ichida katta tezlikda yo‘qolib ketdi.
3-qism tugadi.