Twin Jeon
TWIN JEON
2-qism
Klub bir lahzaga jimib qoldi.
Singan qadah bo‘laklari pol ustida yaltirardi.
Taehyung esa qimirlamay turardi.
Nigohi faqat bitta odamda.
Jungkook.
Manager darhol yugurib keldi.
— Boss, yaxshimisiz?!
Taehyung javob bermadi.
Go‘yo atrofdagi hamma ovoz yo‘qolgandek.
Faqat o‘sha yuz.
O‘sha ko‘zlar.
Imkonsiz darajada tanish.
Jungkook noqulay bo‘lib qoldi.
— Men… nimadir noto‘g‘ri qildimmi?
Manager jahli chiqib:
— Sen! Pastga qara!
Lekin Taehyung birdan qo‘lini ko‘tardi.
— Tegmang unga.
Hamma jimib qoldi.
Manager ham hayron.
— Boss…?
Taehyung asta dedi:
— Uni VIP qavatga olib chiq.
Jungkookning yuragi tez ura boshladi.
Ichida yomon hissiyot.
Lekin ish kerak edi.
Pul kerak edi.
Junwoo uchun.
VIP qavat.
Qorong‘i xona.
Faqat shahar chiroqlari derazadan tushib turardi.
Jungkook ehtiyotkor kirib keldi.
Taehyung deraza oldida turardi.
Orqasi bilan.
Bir necha soniya jimlik.
Keyin:
— Isming nima?
— Jeon Jungkook.
Taehyungning qo‘llari sekin musht bo‘ldi.
Jeon.
Xuddi o‘sha familiya.
U asta ortiga burildi.
Ko‘zlari hali ham ishonmasdi.
— Yoshing nechida?
Jungkook hayron bo‘ldi.
— 22.
Yana jimlik.
Taehyung juda sekin yaqinlashdi.
Jungkook noqulay orqaga chekindi.
— Kechirasiz… nimadir bo‘ldimi?
Taehyung uning yuziga tikildi.
Har bir chiziq.
Har bir qarash.
Va yuragi tobora notinch bo‘lib borardi.
Chunki Jungkook…
kimnidir eslatardi.
Yo‘q.
“Eslatmasdi.”
U aynan o‘sha odamning o‘zi edi.
Faqat yoshroq.
Taehyung birdan pichirladi:
— Bu mumkin emas…
Jungkook tushunmadi.
— Nima?
Taehyung javob bermadi.
Birdan eshik ochildi.
Qora kostyumli odam kirib keldi.
— Boss, meeting boshlanyapti.
Taehyung ko‘zini Jungkookdan uzmadi.
Keyin sovuq ovozda:
— Chiqib tur.
Odam ketdi.
Jungkook asta dedi:
— Agar meni ishdan bo‘shatmoqchi bo‘lsangiz—
— Jim.
Taehyungning ovozi past, lekin qattiq edi.
Jungkook jim bo‘ldi.
Taehyung bir necha soniya unga qarab turdi.
Keyin sekin so‘radi:
— Oilang bormi?
Bu savol Jungkookning yuragini siqdi.
— Faqat ukam.
— Ota-onangchi?
Jimlik.
— Vafot etgan.
Taehyungning ko‘zlari qoraydi.
— Qachon?
— 12 yil oldin.
Va shu soniyada…
hamma narsa joyiga tushayotgandek bo‘ldi.
Taehyung ichida muzdek hissiyot yugurdi.
12 yil oldin.
Avtohalokat.
Yo‘qolgan bola.
Impossible.
Jungkook ehtiyotkor qaradi.
— Nega bularni so‘rayapsiz?
Taehyung javob bermoqchi edi.
Lekin birdan—
telefon jiringladi.
U displeyga qaradi.
Va yuzidagi rang o‘zgardi.
CALLER ID: UNKNOWN
Taehyung javob berdi.
Jimlik.
Keyin telefondan past, buzilgan ovoz eshitildi:
“Uni topdingmi?”
Taehyungning nigohi darhol Jungkookga qaytdi.
— …
Ovoz davom etdi:
“Jeon Jungkook tirikligini bilishsa… hammasi boshlanadi.”
CLICK.
Qo‘ng‘iroq uzildi.
Xona ichidagi havo og‘irlashdi.
Jungkook asta dedi:
— Nima bo‘lyapti o‘zi?
Taehyung juda sekin unga qaradi.
Va birinchi marta…
qo‘rquv sezildi.
— Sen hozir ketishing kerak.
Jungkook hayron:
— Nima?
Taehyung birdan qattiq ovozda:
— HOZIR!
Shu payt—
pastki qavatdan qichqiriq eshitildi.
BANG!
Otishma ovozi.
Klub birdan vahimaga to‘ldi.
Managerning ovozi quloqchin orqali baqirdi:
— BOSS! QUROLLI ODAMLAR ICHKARIDA!
Jungkook qotib qoldi.
Taehyung esa darhol qurolini chiqardi.
Va sovuq ovozda dedi:
— Ular seni topib bo‘lishdi.
2-qism tugadi.