Twin Jeon
TWIN JEON
4-qism
Mashina qorong‘i ko‘chalar orasida uchayotgandek ketardi.
Jungkookning nafasi titrardi.
Qo‘llari muzdek.
Faqat bitta fikr:
“Junwoo.”
— Tezroq! — dedi u deyarli baqirib.
Taehyung gazni bosdi.
Ko‘zlari yo‘lda edi, lekin miyasi boshqa joyda.
Jeon Hyunwoo.
O‘n ikki yil oldin o‘lgan bola.
Va hozir uning yuzi yon o‘rindiqda o‘tirardi.
Imkonsiz.
Lekin ayni paytda—
juda haqiqiy.
Kvartira oldi.
Mashina keskin to‘xtadi.
Jungkook darhol yugurib chiqdi.
— JUNWOO!
Yo‘lak qorong‘i edi.
Kvartira eshigi yarim ochiq.
Bu Jungkookning yuragini battar siqdi.
Taehyung ham ichkariga kirdi.
Bir qarashdayoq nimadir noto‘g‘ri ekanini sezdi.
Juda jim.
Juda xavfli jimlik.
Jungkook eshikni itarib ochdi.
— JUNWOO?!
Xona tartibsiz edi.
Stol ag‘darilgan.
Dorilar yerda.
Deraza ochiq.
Lekin—
ukasi yo‘q.
Jungkookning nafasi to‘xtadi.
— …yo‘q.
U butun kvartirani yugurib qidira boshladi.
— JUNWOO!!
Hammasi bo‘sh.
Birdan Taehyung yerda nimanidir ko‘rdi.
Kichkina qon izi.
Va yonida—
oq tabletka qutisi.
Junwooning dorisi.
Taehyungning yuzi jiddiylashdi.
Jungkook buni ko‘rib qotib qoldi.
— Yo‘q…
Uning oyoqlari bo‘shashib ketdi.
Taehyung tez ushlab qoldi.
— O‘zingni bos.
Jungkook uni itarib yubordi.
— MEN QANDAY BOSAMAN?!
Ko‘zlari qizarib ketgandi.
— UKAM YO‘QOLIBDI!
Taehyung indamadi.
Chunki u Jungkookning qo‘rquvini tushunardi.
Juda yaxshi.
Birdan—
telefon vibratsiya qildi.
Taehyungniki.
Noma’lum xabar.
Faqat bitta manzil.
Va pastida yozuv:
“Twinni olib kel.”
Taehyungning ko‘zlari qoraydi.
Jungkook darhol:
— Bu nima?!
Taehyung sekin dedi:
— Ular seni chaqiryapti.
— Men boraman.
— YO‘Q! — Jungkook darhol baqirdi.
— Ukamni ular olib ketgan bo‘lsa, men ham boraman!
Taehyung unga tikildi.
— Bu odamlar oddiy emas.
— Sen ularni bilmaysan.
Jungkookning ovozi sinib chiqdi:
— Lekin Junwoo mendan boshqa hech kimga ega emas…
Jimlik.
Bu gap Taehyungni bir lahza to‘xtatdi.
Chunki u ham bir vaqtlar aynan shunday his qilgan edi.
Keyin u asta dedi:
— Unda yonimdan uzoqlashma.
Tashlandiq zavod.
Shahar chekkasi.
Yomg‘ir tomdan tomchilardi.
Qora mashina sekin to‘xtadi.
Taehyung atrofga qaradi.
— Juda sokin…
Jungkook yuragi qattiq urayotganini sezdi.
— Junwoo shu yerda deb o‘ylaysizmi?
Taehyung javob bermadi.
Faqat qurolini tekshirdi.
Keyin birdan—
tepada ovoz eshitildi.
CLAP. CLAP. CLAP.
Kimdir qarsak chalardi.
Ikkalasi ham yuqoriga qaradi.
Temir platformada bir odam turardi.
Qora palto.
Qo‘lida tayoq.
Va yuzida kulgi.
— Nihoyat.
U Jungkookga qaradi.
Ko‘zlari qorong‘i edi.
— Xush kelibsan… Jeon Hyunwoo.
Jungkook darhol:
— Men Jungkookman!
Erkak kuldi.
— Hali ham eski ismingni eslolmaysanmi?
Taehyungning ko‘zlari sovuqlashdi.
— Kang Minjae…
Minjae yengil bosh egdi.
— Kim Taehyung.
— Oradan ancha vaqt o‘tibdi.
Jungkook hayron:
— Sizlar bir-biringizni taniysizlarmi?
Jimlik.
Va Taehyungning keyingi gapi hammasini o‘zgartirdi.
— U… Hyunwooning o‘limiga sababchi odam.
Jungkook muzlab qoldi.
Minjae esa kuldi.
— Yo‘q.
U sekin pastga tushdi.
Va Jungkookning ko‘zlariga tikilib dedi:
— Men uni o‘ldirmaganman.
— Men uni yaratganman.
4-qism tugadi.