Today

Twin Jeon

TWIN JEON
8-qism
Zavod ichida jimlik cho‘kdi.
Faqat yerga yiqilgan odamlarning ingrashi eshitilardi.
Minjaening qurolli odamlari ham hayratda qolgandi.
Chunki Jungkook—
yo‘q.
Hyunwoo.
insondek emas harakatlangandi.
Juda tez.
Juda aniq.
Junwoo akasining qo‘liga yopishib oldi.
Qo‘rqib titrardi.
— H-Hyung…
Jungkook unga qaradi.
Va bir soniya…
ko‘zlari yana yumshadi.
— Qo‘rqma.
Taehyung esa qimirlamay turardi.
Ichida ikkita hissiyot urishardi.
“U tirik.”
Va—
“U endi avvalgidek emas.”
Minjae sekin qarsak chaldi.
CLAP. CLAP.
— Mukammal.
— Subject 08 nihoyat uyg‘ondi.
Jungkookning yuzi qoraydi.
— Meni bunday chaqirma.
Minjae kuldi.
— Lekin bu sening haqiqiy kimliging.
Birdan Jungkookning boshida yana og‘riq urdi.
FLASH.
Kichkina Junwoo kasalxona krovatida yig‘layapti.
Doktor:
“Only one twin survived.”
FLASH.
Kimdir hujjatga muhr bosmoqda:
“Subject 08 deceased.”
FLASH.
Taehyung qichqiryapti:
“HYUNWOO!”
Jungkook birdan nafasini ushladi.
— Men… o‘lganman…?
Taehyung darhol unga yaqinlashdi.
— Jungkook, menga qara.
Jungkook asta unga qaradi.
Ko‘zlari titrardi.
— Men kimman o‘zi…?
Bu savol Taehyungning yuragini ezdi.
Chunki u ham javobni bilmasdi.
Minjae esa juda xotirjam edi.
— Sen tajriba mahsulisan.
— Ammo eng kuchlisi.
Taehyung birdan jahli chiqib Minjaega qurol qaratdi.
— Bas qil!
Minjae jilmaydi.
— Nega?
— Haqiqat og‘riq qiladimi?
Birdan zavoddagi katta ekranlar yoqildi.
Qora videolar.
Laboratoriya yozuvlari.
Va ekranda—
ikkita kichkina bola.
Egizaklar.
Jungkook va Hyunwoo.
Junwoo hayrat bilan qaradi.
— Bu… senmi hyung?
Videodagi kichkina Jungkook yig‘layotgandi.
Boshqa bola esa uning qo‘lidan ushlab:
“Qo‘rqma. Men seni himoya qilaman.”
Taehyungning nafasi tiqildi.
Chunki himoya qilayotgan bola—
Hyunwoo edi.
Va videodagi yig‘layotgan bola—
Jungkook.
Minjae sekin dedi:
— Endi tushunyapsanmi?
— Aslida Subject 08 Hyunwoo edi.
— Lekin tajribadan keyin…
— sizning xotiralaringiz aralashtirib yuborildi.
Jungkookning ko‘zlari kengaydi.
— Yo‘q…
Minjae davom etdi:
— Sen Jungkook deb yashading.
— Chunki haqiqiy Jungkook yo‘qolgan.
Jimlik.
Og‘ir.
Junwoo qo‘rqib ortga chekindi.
— Nima…?
Taehyung darhol:
— Yolg‘on gapiryapti!
Lekin Minjae kuldi.
— Unda nega uning reflekslari oddiy odamnikidek emas?
— Nega xotiralari qaytyapti?
Jungkookning qo‘llari titrardi.
Boshidagi ovozlar kuchayardi.
“Protect the twin.”
“Kill.”
“Return.”
Birdan u boshini ushladi.
— TO‘XTANG!!
Va shu soniyada—
zavod chiroqlari portlab ketdi.
BOOM!
Qorong‘ilik.
Alarm.
Qizil emergency chiroqlar yonib ketdi.
Minjae kuldi.
— Juda kech.
Birdan temir eshiklar yopila boshladi.
LOCKDOWN ACTIVATED.
Taehyung darhol Jungkook va Junwoo oldiga yugurdi.
— Bu yerdan chiqishimiz kerak!
Lekin Jungkook qimirlamadi.
Ko‘zlari bo‘shashib ketgandi.
Go‘yo ichida boshqa odam uyg‘onayotgandek.
Taehyung qo‘lidan ushladi.
— Jungkook!
Jungkook asta unga qaradi.
Va past ovozda dedi:
— Agar men haqiqatan Hyunwoo bo‘lsam…
— unda Jungkook qayerda?
Shu payt—
qorong‘ilik ichidan bolaning ovozi eshitildi.
“Hyung… yordam ber…”
Junwoo emas.
Boshqa bola.
Va Jungkookning qoni muzlab ketdi.
Chunki u o‘sha ovozni tanirdi.
8-qism tugadi.