Twin Jeon
TWIN JEON
9-qism
Qorong‘i zavod ichida bolaning ovozi yana eshitildi.
“Hyung…”
Jungkook qotib qoldi.
Ko‘zlari qorong‘ilikka tikildi.
Yo‘q.
Bu mumkin emasdi.
Chunki bu ovoz—
uning o‘z ovoziga o‘xshardi.
Junwoo qo‘rqib Taehyung ortiga yashirindi.
— Kim bu…?
Taehyung ham atrofga qaradi.
Emergency chiroqlar qizil miltillardi.
Minjae esa jim kulardi.
Go‘yo aynan shuni kutgandek.
“Yordam ber…”
Ovoz yana eshitildi.
Bu safar yaqinroq.
Jungkookning yuragi qattiq urdi.
FLASH.
Qorong‘i xona.
Kichkina bola oynaning narigi tomonida musht urmoqda.
“HYUNWOO!”
FLASH.
Doktorning ovozi:
“Subject separation successful.”
FLASH.
Qon.
Qichqiriq.
Jungkook birdan devordan ushlab qoldi.
— AAH—
Taehyung darhol uni ushladi.
— Jungkook!
Minjae sekin oldinga yurdi.
— Nihoyat eslayapsan.
Jungkook nafasi titrab:
— …u tirikmi?
Minjae kuldi.
— Kim?
— Jungkookmi?
Jimlik.
Va keyingi gap hammani muzlatdi.
— Ha.
Junwoo hayrat bilan:
— Nima?!
Taehyungning ko‘zlari qoraydi.
— Sen aqldan ozgansan.
Lekin Minjae juda xotirjam edi.
— Men sizlarga yolg‘on gapirmadim.
U Jungkookga qaradi.
— Sen Hyunwoosan.
— Va haqiqiy Jungkook hali ham tirik.
Jungkookning oyoqlari bo‘shashib ketdi.
Butun hayoti…
ismi…
xotiralari…
hammasi yolg‘onmi?
Junwoo sekin ortga chekindi.
Ko‘zlari yoshlanib ketgandi.
— Unda… siz mening akam emasmisiz…?
Bu gap Jungkookning yuragini teshib yubordi.
— Junwoo…
Lekin Junwoo qo‘rqib qarardi.
Go‘yo qarshisidagi odamni tanimayotgandek.
Taehyung darhol Junwoo oldiga o‘tdi.
— Hey, u baribir sening akang.
Minjae kuldi.
— Qiziq.
— Qon muhimmi yoki xotiralar?
Jungkook birdan qichqirdi:
— JIM BO‘L!!
Zavod ichi aks-sado berdi.
Hamma jimib qoldi.
Jungkookning ko‘zlari qizarib ketgandi.
— Men kim bo‘lishimdan qat’i nazar…
U Junwooga qaradi.
Ko‘zlari titradi.
— Uni tashlab ketmayman.
Bir soniya.
Junwooning ko‘zlariga yosh to‘ldi.
Lekin shu payt—
BANG!
Tomdagi oynalar sinib tushdi.
Qora kiyimli odamlar arqon bilan ichkariga tushishardi.
Taehyung darhol qurolini ko‘tardi.
— Yana kim bular?!
Minjae jilmaydi.
— Cleanup team.
Qurolli odamlar atrofni qurshab oldi.
Va ularning orasidan bir ayol chiqdi.
Qora kostyum.
Uzun palto.
Sovuq ko‘zlar.
U Jungkookga qarab to‘xtadi.
Keyin juda sekin dedi:
— Subject 08 tasdiqlandi.
Jungkookning nafasi tiqildi.
Ayol davom etdi:
— Buyruq bering.
Minjae kuldi.
— Uni tirik olib ketamiz.
Taehyung darhol Jungkook oldiga o‘tdi.
— Hech kim uni olib ketmaydi.
Ayolning nigohi Taehyungga o‘tdi.
Va bir soniya…
ko‘zlari o‘zgardi.
Hayrat.
Og‘riq.
Go‘yo uni tanigandek.
Taehyung ham qotib qoldi.
— …sen?
Ayol darhol hissiyotini yashirdi.
Lekin juda kech edi.
Jungkook asta pichirladi:
— Sizlar… bir-biringizni taniysizlarmi?
Jimlik.
Va ayol past ovozda dedi:
— Kim Taehyung hali ham tirik ekan…
Minjae jilmaydi.
— Demak eski hikoya qaytyapti.
Taehyungning yuzi oqarib ketdi.
Chunki u bu ayolni tanirdi.
O‘n yil oldin o‘lgan deb o‘ylagan odamni.
— …Kang Yuna.
9-qism tugadi.