Today

Twin Jeon

TWIN JEON
6-qism
— JUNWOO!
Jungkook oldinga intildi.
Lekin Minjae qurolni Junwooning boshiga qattiqroq tiradi.
— To‘xta.
Junwoo zo‘rg‘a nafas olayotgandi.
Labidan qon oqardi.
— Hyung… kelma…
Jungkookning ko‘zlari yoshlanib ketdi.
— U kasal… iltimos…
Minjae befarq qaradi.
— Bilaman.
— Shuning uchun u uzoq yashamaydi.
Taehyungning jahli chiqdi.
— Sen iflossan.
Minjae yengil kuldi.
— Yo‘q.
— Men shunchaki odamlarning zaif joyidan foydalanaman.
Jungkookning qo‘llari titrardi.
U ukasiga qaradi.
Keyin Taehyungga.
Va juda past ovozda:
— Agar men ular bilan ketsam…
— Junwooni qo‘yib yuboradimi?
— JUNGKOOK YO‘Q! — Taehyung darhol baqirdi.
Minjae esa mamnun jilmaydi.
— Aqlli bola.
Taehyung Jungkookning qo‘lidan ushladi.
— Unga ishonma!
Jungkookning ovozi sinib chiqdi.
— Unda nima qilay?!
— Ukam o‘lyapti!
Jimlik.
Taehyung javob topolmadi.
Chunki Jungkook haq edi.
Junwoo haqiqatan ham yomon ahvolda edi.
Birdan Junwoo kuchsiz ovozda:
— Hyung…
Jungkook darhol unga qaradi.
Junwoo zo‘rg‘a kulishga urindi.
— Meni deb… o‘zingni berma…
Jungkookning yuragi ezildi.
Minjae zerikkancha xo‘rsindi.
— Juda dramatik.
U qurolni cock qildi.
CLICK.
— 10 soniya.
— Keyin bolani otaman.
Jungkookning nafasi buzildi.
Taehyung qurolini ko‘tardi.
Lekin Minjae darhol:
— Harakat qilsang birinchi ukang o‘ladi.
Jimlik.
Og‘ir.
Va taymer boshlangandek edi.
— 10.
Jungkookning miyasi qotib qolgandi.
— 9.
Junwoo yig‘lashni boshladi.
— Hyung…
— 8.
Taehyung sekin pichirladi:
— Men seni yana yo‘qotolmayman…
Jungkook unga qaradi.
“Yana?”
— 7.
Minjaening kulgisi kengaydi.
— Qaror qil.
— 6.
Jungkook ko‘zlarini yumdi.
Va birdan—
FLASH.
Kichkina Taehyung.
Ikki bola.
Kulgi.
“Biz doim birgamiz!”
FLASH.
Laboratoriya.
Qichqiriq.
Qon.
FLASH.
Kimdir baqiryapti:
“HYUNWOO QOCH!”
Jungkook birdan boshini ushlab qoldi.
— AAHH!!
Taehyung xavotir bilan:
— Jungkook!
Minjae esa hayrat bilan qaradi.
— Demak haqiqatan ham eslay boshlading…
Jungkook asta boshini ko‘tardi.
Ko‘zlari o‘zgargandi.
Qo‘rqinchli darajada sovuq.
Va birinchi marta…
u Minjaega boshqacha qaradi.
Xuddi tanigandek.
Minjaening kulgisi sekin yo‘qoldi.
— …Hyunwoo?
Jimlik.
Jungkook past ovozda dedi:
— Sen hali ham tiriksanmi…
Taehyung qotib qoldi.
Bu ovoz.
Bu ohang.
Bu Jungkook emasdi.
Bu—
Hyunwoo edi.
Minjae birdan kulib yubordi.
— HAHAHA…
— Nihoyat uyg‘onding.
Jungkook asta oldinga yurdi.
Taehyung uning qo‘lidan ushlamoqchi bo‘ldi.
— Jungkook, yo‘q—
Lekin Jungkook qo‘lini tortib oldi.
Ko‘zlari hali ham muzdek edi.
— Menga tegmang.
Bu gap Taehyungning yuragini muzlatdi.
Minjae mamnun qaradi.
— Mana endi haqiqiy subyekt qaytdi.
Junwoo esa qo‘rqib pichirladi:
— …hyung?
Jungkook unga qaradi.
Bir soniya.
Ko‘zlari yumshadi.
Lekin keyin yana sovuq.
Va u Minjaega qarab dedi:
— Ukamni qo‘yib yubor.
Minjae kuldi.
— Avval menga kim ekaningni ayt.
Jimlik.
Taehyungning yuragi qattiq urardi.
Chunki u keyingi javobdan qo‘rqayotgandi.
Va Jungkook juda sekin dedi:
— Jeon Hyunwoo.
6-qism tugadi.