Today

Twin Jeon

TWIN JEON
10-qism
— …Kang Yuna.
Zavod ichidagi havo muzlab qolgandek bo‘ldi.
Ayolning ko‘zlari bir soniya titradi.
Lekin u tezda hissiyotini yashirdi.
— Meni bu ism bilan chaqirmang.
Taehyung qimirlay olmay turardi.
Chunki Kang Yuna—
o‘n yil oldin laboratoriya portlashida o‘lgan deb hisoblangan qiz edi.
Va bir vaqtlar…
uning eng yaqin odami.
Minjae mamnun kuldi.
— Qiziq reunion bo‘lyapti.
Jungkook atrofga qaradi.
— Kimdir menga tushuntiradimi?!
Taehyungning nigohi Yunadan uzilmadi.
— Sen o‘lganding…
Yuna sovuq javob berdi:
— Siz ham shunday o‘ylashingiz kerak edi.
Bu gap Jungkookka tanish tuyuldi.
Xuddi—
u ham shunday yashayotgandek.
Minjae zerikkancha qo‘l silkidi.
— Romantik dramani keyin qilarsizlar.
U qurolli odamlarga qaradi.
— Subject 08ni olib keting.
Qora kiyimlilar oldinga yurdi.
Taehyung darhol Jungkookni orqasiga tortdi.
— YaQINLASHMANG.
Yuna bir soniya Jungkookga qaradi.
Nigohi o‘zgardi.
Hayrat.
Qiziqish.
Va… afsus?
— Demak sen haqiqatan tirik ekansan…
Jungkook asta dedi:
— Men sizni taniymanmi?
Yuna javob bermadi.
Lekin uning ko‘zlarida javob bor edi.
FLASH.
Kichkina qiz laboratoriyada yig‘layotgan bolaga yara bog‘layapti.
“Qo‘rqma, Hyunwoo.”
FLASH END.
Jungkook boshini ushladi.
— AAH—
Taehyung xavotir bilan:
— Jungkook!
Minjae esa mamnun jilmaydi.
— Xotira qaytishi tezlashyapti.
Yuna birdan Minjaega qaradi.
— Bu xavfli.
Minjae kuldi.
— Aynan shuni xohlayman.
Birdan Junwoo qattiq yo‘taldi.
Qon.
Jungkookning rangi oqarib ketdi.
— JUNWOO!
U ukasi tomonga yugurdi.
Junwoo zo‘rg‘a nafas olayotgandi.
— Hyung…
Jungkook uni quchoqlab oldi.
Qo‘llari titrardi.
— Chidab tur… iltimos…
Minjae befarq qaradi.
— Operatsiyasiz uzoqqa bormaydi.
Taehyungning jahli chiqdi.
— Sen kasal odamsan.
Minjae yelka qisdi.
— Men unga yordam bera olaman.
Jungkook darhol boshini ko‘tardi.
— Nima?
Minjae sekin yaqinlashdi.
— Mening klinikam bor.
— Eng yaxshi doktorlar.
— Operatsiya ham bo‘ladi.
Jungkookning ko‘zlarida umid chaqnadi.
Lekin Taehyung darhol:
— YO‘Q.
Minjae kuldi.
— Mana muammo.
— Taehyung doim hissiyotga qarshi chiqadi.
Jungkook asta:
— Evaziga nima xohlaysiz?
Jimlik.
Minjaening kulgisi kengaydi.
— Seni.
Taehyung darhol Jungkook oldiga chiqdi.
— Sen hech qayerga bormaysan.
Jungkookning ovozi sinib chiqdi.
— Unda Junwoo o‘ladi!
Bu gap hammaga og‘ir urildi.
Junwoo esa yig‘lab bosh chayqardi.
— Yo‘q… men sabab bo‘lishni xohlamayman…
Yuna bir necha soniya Jungkookga qarab turdi.
Keyin birdan:
— Men operatsiyani qilaman.
Hamma unga qaradi.
Minjae ham.
— Nima?
Yuna sovuq qaradi.
— Bola aybsiz.
Minjae kuldi.
— Juda yumshabsan.
Yuna indamadi.
Lekin ko‘zlari Junwooda edi.
Taehyung asta dedi:
— Nega yordam beryapsan?
Yuna unga qaradi.
Ko‘zlarida eski og‘riq bor edi.
— Chunki bir vaqtlar hech kim bizga yordam bermagan.
Jimlik.
Og‘ir.
Minjae zerikib xo‘rsindi.
— Mayli.
U Jungkookga qaradi.
— 24 soat.
— Keyin Subject 08 menga qaytadi.
Taehyung sovuq ovozda:
— Qabul qilmaymiz.
Lekin Jungkook birdan:
— Men roziman.
Taehyung keskin unga qaradi.
— JUNGKOOK—
Jungkook ko‘zida yosh bilan:
— Men ukamni yo‘qota olmayman…
Yuna asta boshini pastga tushirdi.
Chunki bu gap…
unga ham juda tanish edi.
10-qism tugadi.