Twin Jeon
TWIN JEON
5-qism
Yomg‘ir tomchilari temir polga urilardi.
Zavod ichi sovuq edi.
Jungkook esa qimirlay olmay qolgandi.
“Men uni yaratganman.”
Bu gap quloqlarida aylanishda davom etdi.
— Nima deganing bu…?
Minjae sekin kuldi.
— Hali ham hech narsani eslolmayapsan.
Taehyung birdan qurolini unga qaratdi.
— Og‘zingni yop.
Minjae unga qarab bosh egdi.
— Hali ham uni himoya qilyapsanmi?
— Xuddi o‘sha kundagidek.
Taehyungning jag‘i taranglashdi.
Jungkook esa ikkalasiga qarardi.
— Kimdir menga tushuntiradimi o‘zi?!
Jimlik.
Keyin Minjae asta platformadan tushdi.
— 12 yil oldin…
— “Twin Project” degan tajriba bo‘lgan.
Jungkookning yuragi tez urdi.
Minjae davom etdi:
— Egizak bolalar ustida.
— Xotira, refleks, jang qobiliyati…
— insonni qurolga aylantirish uchun.
Taehyung sovuq ovozda:
— Bas qil.
Lekin Minjae kuldi.
— Eng muvaffaqiyatli subyekt esa…
U Jungkookga yaqinlashdi.
— Jeon twins edi.
Jungkook orqaga chekindi.
— Yolg‘on…
Minjae cho‘ntagidan eski fayl chiqardi.
Namlangan hujjat.
Unda ikkita bola rasmi.
SUBJECT 07 — JEON JUNGKOOK
SUBJECT 08 — JEON HYUNWOO
Jungkookning nafasi tiqildi.
Bu uning bolalik rasmi edi.
Taehyung birdan faylni tortib oldi.
— Yetadi.
Minjae unga tikildi.
— Hali ham aytolmadingmi?
Jungkook darhol qaradi.
— Nimani?!
Taehyung jim qoldi.
Bu esa Jungkookni battar qo‘rqitdi.
— Taehyung…
— Mendan nimani yashiryapsiz?
Taehyung ko‘zlarini yumdi.
Go‘yo yillar davomida yashirgan yuk yana qaytgandek.
Va juda past ovozda dedi:
— Men seni oldin taniganman.
Jungkook qotib qoldi.
— …nima?
Taehyung unga qaradi.
Ko‘zlarida og‘riq bor edi.
— Men va Hyunwoo birga ulg‘ayganmiz.
— Sen ham.
Birdan Jungkookning boshida kuchli og‘riq urdi.
FLASH.
Yomg‘ir.
Kichkina bola kulayotgandi.
“Hyung! Tezroq!”
FLASH.
Katta uy.
Qon.
Qichqiriq.
FLASH.
Kimdir uning qo‘lidan tortayotgandi.
“Qoch, Jungkook!”
Jungkook boshini ushlab qoldi.
— AAH!
Taehyung darhol uni ushladi.
— Jungkook!
Minjae esa mamnun kuldi.
— Demak xotiralar qaytyapti.
Jungkook nafasi titrab:
— Bu… nima edi…?
Minjae javob berdi.
— Sen unutishga majbur qilingan haqiqat.
Birdan—
zavod ichida yo‘tal ovozi eshitildi.
Jungkook darhol boshini ko‘tardi.
— JUNWOO?!
Qorong‘ilik ichidan kichkina figura chiqdi.
Junwoo.
Qo‘llari bog‘langan.
Yuzi oqarib ketgan.
— Hyung…
Jungkook darhol yugurmoqchi bo‘ldi.
Lekin—
CLICK.
O‘q ovozi emas.
Qurolning safety ovozi.
Minjae Junwooning boshiga qurol tiradi.
— Bir qadam ham tashlama.
Jungkook muzlab qoldi.
— Tegmang unga…
Junwoo zo‘rg‘a turardi.
— Hyung… ket…
Taehyung qurolini ko‘tardi.
Lekin Minjae kuldi.
— Kim Taehyung.
— Sen yaxshi bilasan.
— Men otishdan qo‘rqmayman.
Jimlik.
Og‘ir.
Minjae asta dedi:
— Endi tanlov qilamiz.
U Jungkookga qaradi.
— Ukang yashashini xohlaysanmi?
Jungkookning ko‘zlari titradi.
— Ha…
Minjae kuldi.
— Unda menga qayt.
Taehyung darhol:
— YO‘Q!
Minjae unga qaramadi ham.
— Hyunwoo bo‘lish vaqting keldi.
Jungkookning yuragi muzlab ketdi.
Va shu payt—
Junwoo birdan qattiq yo‘talib qon tupurdi.
— JUNWOO!!
Minjae esa sovuq jilmaydi.
— Tezroq qaror qil.
— Chunki ukangning vaqti tugayapti.
5-qism tugadi.