Today

Twin Jeon

Twin Jeon
1 qism
TWIN JEON
1-qism
Yomg‘ir yog‘ardi.
Shahar chiroqlari ho‘l asfalt ustida titrardi.
Kichkina kvartira ichida esa faqat yo‘tal ovozi eshitildi.
Jungkook darhol o‘rnidan turdi.
— Junwoo…
Krovatda yotgan bola zo‘rg‘a nafas olayotgandi.
Lablar oqarib ketgan.
Qo‘llari muzdek.
Jungkook suv olib kelib ukasini ko‘tardi.
— Sekin… dori ichishing kerak.
Junwoo kulishga urindi.
— Men o‘lmayman hali.
Jungkookning yuzi qoraydi.
— Bunaqa gapirma.
Junwoo unga qaradi.
Va odatdagidek kuldi.
— Sen yig‘laydigan odamsanmi o‘zi?
Jungkook indamadi.
Chunki u har kecha yig‘lardi.
Faqat ukasi uxlagandan keyin.
Bir necha yil oldin…
Ularning ota-onasi avtohalokatda vafot etgandi.
Shundan beri ular yolg‘iz.
Faqat bir-biri bor.
Jungkook universitetga kirgan.
Lekin o‘qish, ijara, dorilar…
hammasi pul edi.
Va Junwooning yuragi…
kun sayin yomonlashayotgandi.
Doktorning oxirgi gapi hali ham qulog‘ida jaranglardi:
“Operatsiyasiz uzoq yashamaydi.”
Narx esa—
imkonsiz darajada qimmat.
Shuning uchun Jungkook kechalari yashirincha ishlardi.
Tungi klubda.
SOAT 11:47 PM
“NOIR VELVET” CLUB
Shahardagi eng boy va eng xavfli joy.
Neon chiroqlar.
Qimmat mashinalar.
Qora kostyumli erkaklar.
Va sirlar.
Jungkook qora uniformada ichkariga kirdi.
Bugun uning birinchi kuni edi.
Manager sovuq qaradi.
— Xato qilma.
— Bu yer oddiy klub emas.
Jungkook bosh irg‘adi.
Lekin ichida g‘alati hissiyot bor edi.
Go‘yo bu joy…
xavfli edi.
Juda xavfli.
Klubning VIP qavati.
Qorong‘i xona.
Qimmat viski.
Va deraza yonida turgan odam.
Kim Taehyung
Shahar uni businessman deb bilardi.
Lekin ko‘pchilik undan qo‘rqardi.
Chunki “Noir Velvet” oddiy klub emasdi.
Bu yerda hamma narsa sotilardi.
Ma’lumot.
Kuch.
Odamlar.
Taehyung pastga qarab turardi.
Birdan—
ko‘zlari bitta odamda to‘xtadi.
Yangi официант.
Qora soch.
Tatular.
Yuz tuzilishi.
Taehyungning qo‘lidagi qadah sekin pastga tushdi.
Ko‘zlari kengaydi.
— …yo‘q.
Yonidagi odam hayron:
— Boss?
Taehyung asta oldinga yurdi.
Pastdagi bola kulib mijozga ichimlik uzatayotgandi.
Va aynan o‘sha payt—
u boshini ko‘tardi.
Ko‘zlari uchrashdi.
Jungkook qotib qoldi.
Chunki yuqoridagi odam…
unga juda tanish tuyulgandi.
Taehyung esa pichirladi:
— Bu… imkonsiz.
CHUNK!
Qadah yerga tushib sindi.
Hamma birdan yuqoriga qaradi.
Jungkook ham.
Va birinchi marta…
u Kim Taehyungni ko‘rdi.
Lekin Taehyungning yuzidagi shock…
oddiy emasdi.
Go‘yo arvoh ko‘rgandek.
1-qism tugadi.