September 30, 2025

Oʻzbekiston Respublikasiga Jahon savdo tashkiloti kerakmi yoki Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqimi qanday iqtisodiy, siyosiy masalalar bor?

Insoniyatning iqtisodiy siyosiy aloqalari globalizatsiya bilan tobora chuqurlashmoqda.Hozirgi kunda har bir davlat uchun xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga qoʼshilish-bu strategik tanlovdir.Oʼzbekiston ham bugungi kunda Jahon Savdo Tashkilotiga qoʼshilishga harakat qilmoqda ,shu bilan birgalikda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga ham qiziqish bildiryapti.Lekin har ikki yoʻnalishda ham ijobiy salbiy jihatlar bor.Quyida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Jahon Savdo Tashkilotiga qoʼshilishning ijobiy va salbiy tomonlarini koʼrsatishga harakat qilaman.

Oʻzbekiston Jahon Savdo Tashkilotiga qoʼshilishga 1994 yil ariza bergan ammo 2005 yilda "oʻz-oʻzini taminlash" siyosati sababli bu toʼxtatilgan edi.Lekin 2018 yildan boshlab Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida iqtisodiy islohotlar boshlandi va Jahon Savdo Tashkilotiga qoʼshilish harakati qaytadan boshlandi.Ayni vaqtda Oʻzbekistonda muhim islohotlar amalga oshirilmoqda va bu islohotlar Jahon Savdo Tashkiloti shartlariga muvofiqdir.Agar Oʻzbekiston Jahon Savdo Tashkilotiga aʼzo boʼlsa Oʻzbekiston eksportchilari uchun boshqa davlat bozorlariga erkin yul ochadi.Bundan tashqari ,bojxona toʻsiqlari kamayganda chetdan kelayotgan import mahsulotlar hajmi ortadi va Oʻzbekistonlik fermerlar, tadbirkorlar mahsulot sifatini oshirishga harakat qiladi .Bu uzoq muddatda iqtisodiy diversifikatsiyani ragʻbatlantiradi.Eng muhimlaridan biri bu isteʼmolchilarga sifatli va arzon mahsulot tanlashga yordam beradi.

Ammo Jahon Savdo Tashkilotiga qoʼshilsa bir qancha salbiy tomonlari ham bor.Masalan bojxona va boshqa himoyachilik vositalarining kamayishi natijasida Oʻzbekiston ichki sanot sektorlari kichik ziyon koʼrishi mumkin.Yana Jahon Savdo Tashkilotiga qoʼshilsa Oʻzbekiston davlat subsidiya siyosati cheklanadi,eksport kontingent subsidiyalari bekor qilinadi.Bu ayrim strategik tarmoqlarga xavf tugʻdiradi.Yanam Oʻzbekiston bojxona kodeksini standartlashtirish , intellektual mulk, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarni moslashtirishi kerak,bu esa katta qonuniy va institutsional yuk boʼlishi mumkin.

Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi - iqtisodiy integratsiya tashkiloti boʼlib, maqsadi tovar , xizmat, kapital va mehnat harakatining erkinligi, birgalik siyosatlar va iqtisodiy hamkorliklardir.Yevroosiyo Iqtisod Ittifoqi suveren davlatlar oʻrtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishni maqsad qilgan.Oʼzbekiston hozirda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo emas, biroq kuzatuvchi davlat hisoblanadi.Agar Oʻzbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo boʼlsa Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqida tovarlar va xizmatlar uchun taʼriflar past yoki yoʻq ,yaʼni ichki bozor erkin, bu Oʻzbekiston tovarlarini oson olib kirishga imkoniyat yaratadi.Yanam sanoat va infratuzilma loyihalarida hamkorlik rivojlanadi , investitsion oqimlar rivojlanadi.Bundan tashqari tranzit va yuk tashish harajatlari keskin kamayadi.

Biroq buni ham bir qancha kamchiliklari bor.Masalan Oʻzbekiston oʼzi bojxona siyosati , savdo siyosati, taʼrif siyosatida mustaqil qaror qabul qilish qisman cheklanadi.Ayrim ichki sanoatlar Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi standartlariga javob bermaydi va qisman baʼzi sektorlarga zarar yetishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda , Oʻzbekiston uchun Jahon Savdo Tashkilotiga qoʼshilish , global integratsiya , savdo- liberalizatsiyasi, investitsiyalarni jalb etadi .Biroq bu yoʻlda ichki islohotlar , huquqiy moslashuv,sektoral himoyalar zarur boʼladi.Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi esa geografik yaqinlik, transport samaradorligi, bozor kirish imkoniyatlari oshadi Lekin suverenitet, raqobat bosimi va siyosiy xavflarini ham keltirib chiqaradi.