January 25, 2023

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi YATTlarga bank kafolati beriladi

2023-yil 1-fevraldan

🔰 Qimmatbaho metallarni tovar-xomashyo birjasi orqali kechiktirib to‘lash sharti bilan sotganda:

🔸 sotib olingan qimmatbaho metallar uchun to‘lov majburiyatlarini "O‘zmilliybank" AJning kafolati bilan bir qatorda boshqa banklarning kafolatlari hamda tegishli tashkilotning kafilligi bilan ham ta’minlashga;

🔸 bank kafolatini zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi YATTlarga ham berishga;

🔸 to‘lov majburiyatlarini ta’minlash maqsadida beriladigan bank kafolati bo‘yicha xizmat haqini taraflarning kelishuviga asosan qat’iy miqdordagi summada belgilashga ruxsat etiladi.

Termiz shahar adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti S.Akramov