Давлат рамзларига ҳурматсизлик қилганлик учун жиноий жавобгарлик мавжуд
❗️Qonunchilikka ko‘ra, davlat ramzlari tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o‘tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas.
✅ Davlat bayrog‘i, gerbi yoxud madhiyasi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish:
➖ fuqarolarga BHMning 3 baravarigacha (900 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga 3 baravaridan 7 baravarigacha (900 ming so‘mdan 2,1 mln so‘mgacha) miqdorda;
🔹Takroran sodir etiladigan bo‘lsa:
➖ fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (900 ming so‘mdan 1,5 mln so‘mgacha), mansabdor shaxslarga 7 baravaridan 10 baravarigacha (2,1 mln so‘mdan 3 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
☑️ Shuningdek, Davlat bayrog‘i, gerbi yoxud madhiyasiga hurmatsizlik qilish:
➖BHMning 25 baravarigacha (7,5 mln so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.