May 15, 2025

Black Card

Barcha mafia oilalari ham bir-biriga mehribon emas. Bazilar o‘z o‘g‘liga ham rahm qilmaydi.

Taehyung unga kim telefon qilganini ko‘rganidan keyin hatto xayrlashmay kafedan chiqib ketdi. U bor kuchi bilan yugurib uyiga keldi. Uyiga kelishi bilan yana o‘sha qo‘rquv uni qamrab ola boshladi.
X: nega kech qolding.
Taehyung: kechiring dada bu boshqa qaytarilmaydi.
Taehyung bosh egib uzur so‘radi.
-hoziroq xonangga chiq va ruhsat bermagunimcha xonangdan chiqma.
Taehyung:hop dada

Ayni shu kunlarda mamlakatda kovid nomli yuqumli virus keng tarqala boshladi. Juda ko‘p tadbirlar, jamoat ko‘p to‘planadigan joylar yopildi. Butun aholi go‘yo o‘z uyiga qamalib qolgandi. Ayni shu holat qabix bir kimsa uchun ayni muddao edi.

- hoziroq hamma yigitlarni ishsiz uyda o‘tirganlarni oldiga yuboring. O‘z restarani, kafesi yoki klubiga ega bo‘lganlar bo‘lishi kerak. Tushunarlimi?
Yordamchilar: hop janob. Ishga kirishamiz.
Bu to‘da o‘z qabix ishlarini kredit beruvchilar nomi ostida berkitishardi. Yaxshi niyatda odamlarga qarz beradiganlar ham bor albatta. Ammo hozir ko‘pchilik karantin tufayli uyda ishsiz va pulsiz. Shu jumladan jungkookni oilasi ham. Jungkooj kuryerlik qilib bo‘lsada pul ishlab topishga tinmay urunardi. Afsuski jungkookning onasini kafesi ham yopilgandi. Kredit beruvchilar uyma uy yurib, hammaga sizga foizsiz qarz beramiz deb aldab, shartnomaga qo‘l qo‘ydirib chiqishardi. Aslida bu hech qanaqa shartnoma emas u soxta qog‘ozlar edi.

Bundan jungkookni onasi ham chetda qolmadi.

Jk ni Onasi: aytmoqchisizki foizsiz 1 yil muddatga kredit ololamanmi?
X:albatta xonim va mana o‘zingiz ko‘rib chiqing.
Jk ni Onasi: rostdan ham, axir bu juda zo‘rku

X: unda shartnomaga imzo qo‘ying xonim.
Jk ni Onasi: hop.
Jeon xonim biroz o‘ylanib qoldi va imzo qo‘ydi. Uning qarshisidagi odam esa yovuzona kulib qo‘ydi.
X: bu judayam yaxshi qaror bo‘ldi. Endi men keta qolay. Pullarni 2 kun ichida sizga yetkazib berishadi. Biz bilan shartnoma tuzganingiz uchun hursandmiz. Kuningiz xayrli o‘tsin xonim.
Jk ni Onasi: yaxshi boring janob.
Jeon Xonim o‘ylamay nima ish qilib qo‘yganidan hozircha xabari yo‘q edi. Jungkook kechga qadar ishlab charchadi. Bugun erta tugatishga qaror qildi va ohirgi buyurtmani ham egasiga topshirib uyiga qaytdi.

Jk:oyi men uyga keldim.
Jk ni Onasi: yaxshi keldingmi? Bu yerga kel birga ovqatlanamiz.
Jk: singlim qani?
Jk ni Onasi: u uhlayapti. Uni bezovta qilib xonasiga kirib o‘tirma.
Jk: hop. Oyi tinchlikmi bugun judayam hursand ko‘rinasiz.
Jk ni Onasi: hammasi judayam zo‘r. Endi o‘z biznesimizni yana davom ettira olamiz.
Jk: hazillashyapsizmi? Axir hozir karantin bo‘lsa va yana uncha ko‘p pulimiz ham yo‘qku
Jk ni Onasi: men kredit oldim. Judayam yaxshi odamlar ekan foizsiz bo‘lib to‘lashga berishdi.

Jk:oyi nina deyatkanizni bilasizmi hech zamonda foizsiz kredit berisharkanmi qulog‘inggizga lag‘mon ilib ketishibdiku oyii
Jk ni Onasi: hechamda ular juda yaxshi odamlar ekan. Karantinni deb ko‘pchilik ishsiz va ancha qiynalib qolishgan. Ular hamma qiynalyotkanlarga yordam berishayotkan ekan.
Jk: oyi shunchalik ham ishonuvchan bo‘lasizmi? Ularni xuddi xudodek ko‘rishni bas qiling. Qanday qilib surishtirmasdan ularga bunchalik ishonib tarafini olyapsiz. Nima yoki ular sizga bir qog‘oz ko‘rsarib imzo qo‘ying deyishsa darrov qo‘l qo‘yib berdingizmi?
Jk ni Onasi: ha imzo qo‘ydim. Nima bo‘pti ular meni aldashgani yo‘q bari rost. Nimadir bo‘lsa ham menga bo‘ladi. Har xil narsalarni o‘ylab shubxa qilma gumonga borishni bas qil.
Jk: ehh oyijon nimaga aralashganingizni bilmayapsiz.
Jk ni Onasi: nima sen meni bu gaping bilan axmoq demoqchimisan? Hecham unaqa emas aql-hushim joyida men xato ish qilganim yo‘q. Ko‘p gapirmay ovqatingni sovumasdan yeb ol.
Jk: o‘zingizni o‘ylasangizchi axir oyii. Hali ko‘rasiz ular yolg‘onchi bo‘lib chiqishadi.

Ular ovqatlanib bo‘lgach o‘z xonalariga tarqaldilar.
Oradan 3 kun o‘tdi.
Kechgi soat 8 dan oshgandi. Jungkookning ko‘ngli g‘ash bo‘la boshladi. Jungkookni Onasi restaranni tozalayotgan bir paytda o‘zlarini krediterlar deb tanishtirgan bir to‘da mafia a‘zolari yig‘ilib, birma-bir do‘konlaru, restoranlarni sindirib, buzib hamma yerni honavayron qilishayotkan edilar. Endimikda navbat jungkookni onasini restaraniga yetib kelgandi.

2-qism tugadi.