3-qiyofa
Siz tanlagan yo‘l har doim ham yaxshi bo‘lavermaydi. Bizga yoqqan narsa aslida bizga zarar berishini bazida sezmaymiz. Yo‘limizdan qaytarishga urungan har kim ham bizga hasad qilavermaydi oqibatini o‘ylab ham aytgan bo‘lishi mumkin. Ammo siz buni tushunib yetganingizda ancha kech bo‘lgan bo‘ladi.
Jimin:bu qiz va anavi 2ta yigit haqida barcha ma‘lumotlarni yig‘ib kechkacha qo‘limga topshir. Men u yaramaslar haqida hamma narsani bilishni istayman ayniqsa u qiz haqida.
Jimin shuncha harakat qilib u qutqarishga urungan qiz boshqa yigit bilan ketgani uni jahlini chiqarardi.
Hyun shik: vanihoyat qutuldik taehyung ahvoling yaxshimi boshingdan ko‘p qon oqyapti.
Taehyung:men yaxshiman endi menga hech nima qiziq emas sababi singlim yonimda. Boshimdagi esa shunchaki kichik jarohat holos.
Aera:aka balki shifoxonaga borarmiz ikkalaningizni ham ahvolingiz yaxshi emas. Bunga men sababchiman meni kechiringlar meni qutqaraman deb ikkingiz ham jarohatlandingiz sizga katta rahmat agar olib ketmaganingizda balki bugun otam meni o‘ldirgan bo‘larmidilar.
Taehyung:tshsh jim bo‘l aslo bunday dema seni zarracha ham aybing yoq seni ancha qidirdim boshidayoq seni tashlab ketmasligim kerak edi. O‘z qiziga jarohat yetkazmaydi deb o‘ylab qattiq yanglishgan ekanman. Xullas bu haqida o‘ylashni bas qil endi men bilan yashaysan o‘tmishni unut hopmi seni eng baxtli qizga aylantiraman hopmi faqat boshqa yig‘lama
Aera:hop aka nima desayiz shu
Hyun shik: balki shifoxonaga borarmiz ahvoling chindan yomonga o‘xshaydi.
Taehyung:men yaxshiman dedimku
Aera:qaysarlik qilmang aka iltimos shifoxonaga haydang janob
Hyun shik:meni janob emas. Oppa deb chaqirishing mumkin. Akangni do‘stiman uni koreaga men olib keldim o‘zi kelmoqchi emasdi.
Taehyung:yaa hyun shik sendan do‘st chiqmas ekan qachon bormayman deb aytdim
Hyun shik:singlingni oldiga o‘zingni yaxshi ko‘rsatishga urunma o‘zing ketaver men koreaga ketmayman degan sen emasmiding
Aera:ikkingiz ham bas qilinglar
Hyun shik: yetib keldik tushinglar taehyung o‘zing yura olasanmi yo ko‘tarib olaymi?
Taehyung:mazah qilishni zo‘r vaqtini topdingda o‘zim yura olaman yordaming shart emas.
Ular shifonaga kirgach aerani qaysarligi bilan taehyung bilan hyun shik shifokorga ko‘rinishdi.
Taehyung:endi navbat senga aera biz seni aytganingni qilib kirdik endi seni galing
Aera:aka shu shartmikan
Taehyung:shartda hoziroq kir men uchun seni sog‘liging birinchi o‘rinda
Aera:yaxshi
Hyun shik:menimcha otang aerani kaltaklagan
Taehyung:bu bilan nima demoqchisan
Hyun shik:men uni oyog‘ida bazi bir ko‘karishlarni payqadim bular oddiy yiqilgandan paydo bo‘lmaydi.
Shifokor:Kim aerani yaqinlari bormi?
Taehyung:men men uni akasiman
Shifokor:meni xonamga kiring aera sen eshik tashqarisida kutib tur
Aera:yaxshi
Taehyung:hyun shikni oldidan bir qadam ham jilma
Aera: hop aka
Taehyung:menga nima demoqchi edingiz
Shifokor:ho‘sh gapni qisqa qilaman uni tanasida anchagina yara va chandiqlar ko‘karishlar mavjud. Bu kamardan qolgan izlarga o‘xshayapti. Singlingizga qo‘l ko‘tardingizmi ?
Taehyung: nima aqldan ozganmisiz nega o‘z singlimni urishim kerak ekan. Keyin men bugun amerikadan uchib keldim. U shu paytgacha dadam bilan yashagan.
Shifokor: men sizni shaxsiy ishingizga aralashishni istamaymankuya ammo bu oddiy jarohatlar emas qonunga ko‘ra men politsiyaga xabar berishim kerak. Ammo singlingiz bunga qarshilik qildi. Shunday qilib siz bundan buyog‘iga singlizni sog‘ligiga e‘tiborli bo‘ling. Sizga bir nechta dorilar yozib beraman. Vaqtida ichib yursin. Aytkancha sizga bir maslahatim agar ko‘nsa uni bir psixologga olib boring harakatlaridan haliyam juda qattiq qo‘rquvda ekanligi sezilib turdi.
Taehyung:yaxshi janob maslahatingizga amal qilaman. Kuningiz xayrli o‘tsin.
Hyun shik: vanihoyat chiqdingmi ?
Taehyung: balki biror joyga ovqatlangani borarmiz
Aera:yaxshi bo‘lardi men judayam och qoldim
Hyun shik: men sizlarni toppoki pishiradigan zo‘r restaranga olib boraman.qani kettik taehyung sen anchadan beri koreys ovqatlarini yemagandirsan a
Taehyung:ha ancha bo‘ldi. U yerni ovqatlari qandaydir ta‘msiz bemaza
Ular shifoxonadan chiqib restaranga kelishdi.
Aera:vahh hididan judayam mazaliga o‘xshaydi. Keling yaxshisi deraza oldida o‘tiramiz.
Hyun shik:sizlar boraveringlar men buyurtma qilaman
...
X:marhamat buyurtmangiz yoqimli ishtaha
Hyun shik:minnatdorman
Aera:akam bilan anchadan beri yaqinmisiz
Hyun shik: ha tahminan 17 yildan beri ammo bu yaramas amerikaga ketgach deyarli meni unutib yubordi.
Taehyung:yaa do‘stim haliyam arazingni qo‘ymadingmi?
Hyun shik: yoq men seni haliyam kechirganim yoq.
Taehyung:aera sekinroq yesangchi tiqilib qolasan
Aera:hop aka (u birdaniga tiqilib qolib yo‘talishni boshladi.)
Taehyung:ana men nima dedim ehh aera huddi yosh bolaga o‘xshaysan
Aera:kim yosh bola men yosh bola emasman shunchaki biroz och qoldim holos.
Taehyung:sen huddi baliqqa o‘xshab ovqatlanyabsan bu judayam kulgili
Aera:ustimdan kulishni bas qiling ana yuzingizga narsa tegibdi.
Aka singil bir birlarini ustidan mazza qilib kulishardi. Ular ana endi o‘zlarini baxtlidek his qilisha boshlashdi. Ularning baxtli kunlari boshlandi desa ham bo‘ladi. Ammo bu uzoqqa bormaydi...
Kotib Son: mana janob siz so‘ragan hujjatlar
Jimin:yaxshi stol ustiga qo‘yib chiqishing mumkin.
Jimin stol ustidagi papkani ochib ichidagi ma‘lumotlarini o‘qiy boshladi.ularni orasida aera va taehyungni bugun ovqatlanib turgan paytlaridagi surat ham bor edi.
Jimin: u kulgan payti judayam ochilib ketar ekan (u shunday deb hayolga berilib ketib eshik taqillaganini sezmadi.)
X:janob mehmonlar keldi
Jimin:kim ekan
X:ular o‘zlarini Choi yeonjun va Hueningkai deb tanishtirishibdi.
Jimin:ha yaxshi hozir tushaman meni pastda kutib turishsin.
X:hop janob.
Xizmatchi eshikni yopib chiqib ketgach jimin aerani suratiga yana bir bor qaradida suratni cho‘ntagiga solib o‘zi pastga tushib ketdi.
Jimin:xush kelibsiz qanday shamollar uchirdi biz tarafga
Yeonjun:salom janob park ahvolingiz yaxshimi?
Jimin:ha hammasi joyida xo‘sh gapni cho‘zmay maqsadga o‘tinglar
Yeonjun:yangi mollar kelgani haqida eshitdik menga yangi qurollar kerak.
Jimin:yaqinda katta partiyani hammasini olib ketgandingku senga buncha qurol nega kerak.
Yeonjun:uzumini yegin u bog‘ini surishtirma degan maqol bor. Buyog‘i meni ishim sizga taaluqli emas Janob parkga pulni ber.
Hueningkai yeonjunni yordamchisi pul to‘ldirilgan chamadonni jiminga uzatib yana joyiga o‘tirdi.
Jimin:hmm yaxshi ertaga kechki payt shimoldagi omborxonaga kelinglar usha yerdan olishingiz mumkin qurollarni
Yeonjun:minnatdorman janob park siz bilan ishlashdan mamnunman
Jimin:yaxshi xayrli kech janoblar (asabni buzadi lanati)
Ular ketishgach jimin sevimli klubiga yo‘l oldi. U odatda usha yerda yarim tungacha qoladi.
Jimin:u klubga yetib kelgach tansoqchilar uni hurmat qilib kutib olishdi. Shahardagi deyarli hamma klublarda uni nomi mashxur bo‘lgan edi.Ammo bu safar negadir atrof muhit unga g‘alati tuyula boshladi. Atrofdagi pulni sevuvchi bitchlar va ular bilan uynashib bo‘kib ichgan har hil odamlarga endi e‘tibor bergandi.
Jimin:bu yer oldin ham shu qadar jirkanch edimi
X:nimani nazarda tutyapsiz janob
Jimin:atrofdagilarda qizlar shu qadar orsizmi ularni ustidagi narsani hatto kiyim deb ham bo‘lmaydi.
X:bu yer har doim shunday bo‘lgan klublar ham ana shunday bitchlarsiz klub bo‘lmay qoladi. Aksariyat yigitlar ular uchun kelishadi. Nima bularni shuncha vaqtdan beri endi payqadingizmi?
Jimin: meni bu yerda ortiq qololmayman
X:janob yana kelib turing.
Jimin:menimcha boshqa qaytmayman.
Jimin klubdan chiqgach dengiz oldiga bordi. U cho‘ntagi aerani rasmini olib uzoq tikilib turdi.
Jimin:seni uchratkanimdan beri butun dunyo ko‘zimga jirkanch bo‘lib ko‘rinyapti sen meni nima qilding a doimo ortimdan qizlar yurardi hamma qizlar meni etiborimni jalb qilish uchun har qanday ishlarni qilishardi ammo men birortasida senga qaraganimda sezganimdek hislarni sezmaganman menimcha seni sevib qoldim shekilli. Ko‘zlaring juda ham chiroyli qancha qarasam ham to‘ymayapman va bugun shu ko‘zlar yig‘idan shishib ketganini eslasam qonim qaynaydi. Bu uchun otang albatta javob beradi har bir senga qilgan ishi uchun juda katta badal to‘laydi. Men bu uchun so‘z beraman.
Hyun shik:balki ketarmiz a men juda charchadim tahminan 3soatdan beri ko‘chalarni aylanib yuribmiz
Aera: ha men ham biroz charchadim ammo biz qayerga boramiz aka uyga yani otamni uyiga qaytamizmi
Hyun shik:aqldan ozdingmi o‘zi zo‘rg‘a qutulding u yerdan mana bu uy sizlarga yani senga aera mendan sovg‘a uyerda bemalol yashashingiz mumkin.
Taehyung:nima hazillashyapsanmi
Hyun shik:men hazillashmadim bu rostan sovg‘a
Taehyung: haya men seni eng oldi kampaniyalarning direktorini vorisi ekaningni unutibmanku bu sen uchun hech nima emasku to‘g‘rimi
Hyun shik:aynan shunday do‘stim
Aera:sizga katta rahmat janob ey yog‘e oppa demoqchiydim sizdan minnatdorman bizga ko‘p yaxshiliklar qildingiz
Hyun shik:uyingingizga borib dam oling ertaga ko‘rishamiz yaxshi qolinglar aytkancha mana bu kalit men ketdim xayrli tun