My Black Rose
Bir qarashda juda kelishkan, mashxur aktyorlarni eslatib yuboruvchi bu yigit aslida hamma qatori oddiy bir yigit edi xolos. Aniqrog‘i maktabni tamomlab hech nimaga erishmagan omadsiz yigit.
Ha u kelishkan ammo omadsiz. Uni ko‘p marta mashxur agentliklar taklif qilishgan, ammo uni tezda rad qilishardi. Chunki uni hech qanday qobiliyati yo‘q edi. Yillab davom etgan omadsizlikdan keyin vanihoyat uni bir agentlik staff bo‘lib ishlashiga ruxsat berdi. Endi u ko‘plab mashxurlar bilan ishlayman degan umidda.
X: hoy yigitcha seni bugun qabul qilishgan bo‘lsada, bir idolga seni asosiy staff qilib tayinlashdi. Omadim keldi deyaver, u shunaqayam jononki ammo tili zaxar. Anakondani g‘irt o‘zi. U bilan chiqishish oson bo‘lmaydi. Senga omad tilayman. Anavi sariq sochli qiz bilan ishlaysan. O‘zingiz tanishib olarsizlar. Men ketdim, xayr
Rosie taxallusi bilan mashxur bo‘lgan idol va model
Jk: salom xonim. Men yangi yordamch..
X:ha sen haqingda aytishgandi. Kutganimdan ko‘ra kelishkanroq ekansan. Meni rose xonim deb chaqirasan. Tanishib olgan bo‘lsak, endi borib menga muz solingan amerikano olib kel. Nega qarab turibsan tezlash.
Jk: hop
Jungkook bugun ishga kelgani uchun nima qayerda ekanligini bilmasdi. Shu uchun u kechga qoldi.
Rose: sen kech qolding
Jk:xonim axir
Rose: ortiqcha gapirma muzlariyam erib ketgandir sen kelguningcha. Tteokbokki olib kel. Hoziroq agar yana kech qolsang o‘ldim deyaver, endi yugur.
Jk: xop xonim
X: Rose xonim uni buqadar qiynashingiz shartmi, axir bugun ishga kelganku.
Rose:menga nima qilishni o‘rgatma. Undan ko‘ra makeupimni tezroq tugat asablarim buzulyapti.
X: hop xonim.
Jungkook to ovqatni olib kelgunichs rose allaqachon suratga olish ishlarini boshlab yuborgandi.
Rose: hoy barzangi shu yerda meni kutib tur, joyingdan qimirlama.
Jk: ammo meni ismim jungkook
Rose: isming nima deb so‘radimmi? Men qanday chaqirsam demak seni isming shu tushunarlimi?
Jk: hop xonim
U suratga tushayotganida huddi farishtadek ko‘rinardi. Yoqimtoy va go‘zal qiz. Ammo uning xarakteri haqida bunday deb bo‘lmaydi. Suratga olish ishlari tugagach, rose jungkookning qo‘lidan ovqatni olib axlatga tashlab yubordi va jungkookga qarab: rahmat qornim to‘ydi- deb tirjayib qo‘ydi.
Oradan vaqt o‘tdi.
Rose: mana bularni olib ortimdan yur
Jk:hop xonim.
Rose kuni bilan shou va turli xil onlayn tadbirlarda qatnashib, hammaga o‘zini qanchalik jozibador ekanligini maxtanardi.
Soat 22:39.
Jungkook ancha charchagandi. Chunki buguni bilan rose uni uyoqdan buyoqqa huddi itdek yugurtirdi. Yetmaganiga makeupchi stafflarni yuklarini ham ko‘tarib yurdi.
Rose:sizning yuzlaringizdan hammasini tushundim. Yaxshi bugun ertaroq tugatamiz
Hamma ketishi mumkin ammo sen emas barzangi
Boshqalar: rahmat xayrli kech xonim.
Hamma o‘z ishini tugatib uylariga ketishdi jungkookdan tashqari.
Jk: xonim menda qasdingiz bormi?
Rose: yo‘q albatta ancha kech bo‘ldiki uyga yolg‘iz ketishdan qo‘rqaman.
Jk: tansoqchilarchi?
Rose: ular 2 haftalik dam olishda qolaversa sen ham meni yordamchimsan shu uchun meni uyimgacha kuzatib qo‘y iltimos.
Rose huddi yosh boladek qiliq qilin gapirganidan jungkookni yuragi erib ketdi va rozi bo‘ldi. Ular agentlikdan birga chiqishdi.
Jk: uyingiz yaqinmi?
Rose: yo‘q
Jk: unda nega piyoda yuripmiz ?
Rose: sen mendan mashinam kalitini so‘ramadingku
Jk: nima
Rose: odam degan shunchalik ham axmoq bo‘ladimiye tovba mashinam anavi tarafda mana kalit
Jk: nima men haydaymanmi?
Rose: voy ha nima yordamchimni orqaga o‘tqizib o‘zim rulda o‘tiraymi? Balki yana nimanidir istayotkandirsiz janob
Jk: bo‘ldi uzur so‘rayman xonim. Hozir olib kelaman.
Rose: to‘nka.
Jungkook mashinani oldiga borib tulga o‘tirdi va roseni oldigs haydab kelib to‘xtadi. Ammo rose mashinaga chiqmadi. Jungkook oynani tushurib gapirdi.
Jk: xonim nega mashinaga o‘tirmayapsiz?
Rose: nima senda odob-axloq degan tushuncha yo‘qmi? Qiz bolaga eshikni ochib berish kerakligini bilmaysanmi?
Jk: uzur xonim.
Jungkook tezda tushib Rosega eshikni ochib berdi va yana o‘zi rulga o‘tirdi. Rose yo‘lni tushuntirgach, jk usha manzil tomon mashinani haydadi. Rose hatto yo‘lda ham jim ketmay, jungkookni asabini buzishga harakat qilardi. Jungkook esa bor sabri bilan unga qo‘pol gapirmaslikka harakat qilardi.