Black Card
Kimdir boy bo‘lsam baxtli yashayman deb o‘ylaydi yana kimdir esa oilam doim yonimda bo‘lsa baxtli bo‘laman deb hisoblaydi.
Har kim dunyoni o‘z qarichi bilan o‘lchaydi.
Bugungi bellashuvda kim g‘olib bo‘lishi hammani qiziqtiryapti. Vanihoyat nakaut qizil burchakdagi yigit yerga yiqildi va finalga chiqadigan bokschi ma‘lum bo‘ldi. Bu ko‘k burchak ostidagi yarim final g‘olibi Jeon Jungkook edi.
Jeon Jungkook 19 yoshda bokschi va oddiy oila farzandi.
Murabbiy: ha bu aniq edi. Sen barcha dushmanlaringni yengga olding. Lekin hursand bo‘lishga shoshilma so‘nggi jang qoldi.
Jungkook hansiragancha zo‘rg‘a suv ichayotgan edi. Murabbiy esa tinmay gaplari bilan jungkookni ruxlantirib turardi. 10 daqiqalik tanaffusdan keyin yana jang boshlandi. Bu asosiy final jangi edi. Jang maydonida ikkita bokschi va hakam bor edi. Hakamlar hay'ati nima bilan tugashini taxmin qilishga urunishardi. Raqiblar bir-biriga tikilib turishardi.
Jang boshlandi. Ikkala tomon ham yaxshi jang qilishardi. Ammo bu jangda kimdir g‘olib bo‘lishi shart edi. Hakamlar hay'ati ularni munosib baholash uchun ulardan ko‘z uzishmasdi. 2 raunddan so‘ng qizil burchak ostidagi bokschi holdan toyib yerga yiqildi. O‘z- o‘zidan malum bo‘ldi bu jangda ham jungkook g‘olib bo‘ldi. G‘olibga o‘z sovg‘asini taqdim etishdi. Bir dasta gul va vada qilingan pul miqdori taqdim etildi. Bu paytda esa onaizor o‘g‘lini g‘olib bo‘lishini televizordan ko‘z uzmastan kutardi.
Jeon xonim jungkookning onasi. Ularning o‘z restarani bor edi.
Jeon Xonim: mana ko‘ryapsizlarmi bu meni o‘glim. Meni o‘g‘lim g‘olib u chempion bo‘ldi. Millat chempioni. Ana o‘zi qo‘ng‘iroq qilyapti. Alo o‘g‘lim
Jk: salom oyi bugungi jangni ko‘rdingizmi?
Jeon Xonim: ha albatta ko‘rdim. Hozir ahvoling yaxshimi judayam zo‘r jang qilding ancha charchagandirsana o‘glim
Jk: ha judayam charchadim oyi tez orada uyga yetib boraman.
Jeon Xonim: hop o‘glim seni kutaman. Yo‘lda ehtiyot bo‘l.
Jk:hop oyi xayr sizam o‘zingizni ehtiyot qiling tezda boraman.
Jungkook sport zalidan chiqib ketayotkanida so‘nggi raqibini ko‘rib qoldi.
Jk: hoy salom ahvoling qalay? Qattiq og‘rimayaptimi?
X: hammasi joyida men bilan gaplashma.
Jk: nega sen bilan gaplashish taqiqlanganmi?
X: biz tanish emasmiz
Jk: ha to‘g‘ri lekin begona ham emasmiz. Hoy shoshma sen bugun judayam yaxshu jang qilding. Balki birga ovqatlanarmiz.
X: yo‘q rahmat qornim to‘q
Jk:yo‘q bunaqasi ketmaydi. Birga ovqatlanamiz. Aytkancha o‘zi isming nima edi?
X: ismim Kim Taehyung. Seni uslubing juda ham antiqa. Sen hamma jang qilgan raqiblaring bilan birga ovqatlanasanmi?
Kim Taehyung 21 yoshda. Boks uning sevimli mashg‘uloti. Aslida qanday inson ekanligini keyinroq bilib olasizlar.
Jk: yo‘q albatta sen meni e‘tiborimni tortding. Yo‘q dema endi qani ketdik. Oyimni restaranlari bor. Oyimni qo‘llari judayam shirin.
Th: ha yo‘g‘e unda mayli boraman.
Jk: bu boshqa gap kettik.
Yarim soatda ular jkning onasini restaraniga yetib kelishdi.
Jk: omma men keldim
Jeon Xonim: xush kelibsan o‘glim. Oo do‘stingni ham olib kelibsanda judayam yaxshi qani o‘tiringlar.
Jk: omma bu sizga
Jeon xonim: ey qo‘ysangchi bularni senga berishgan.
Jk: yo‘q omma siz bular sizniki axir har doim meni qo‘llab quvbatlaysiz. Gulni va sovg‘ani o‘zizga olib qoling. Pulni esa singlimni davolanishiga ishlating. Albatta u ham tez orada oldimizda bo‘ladi.
Bu chiroyli manzarani taehyung uzoqdan kuzatib turar edi. Taehyung jungkookga judayam havas qilardi. Ammo taehyung juda ham boy edi. Boy bo‘lsada hayotdan hursand emasdi. Bir payt unga telefon bo‘ldi. Kim qilayotkanini ko‘rgacha yuzi dokadek oqarib ketdi.
Th: kechirasizlar ammo men ketishim kerak uzur