May 17, 2025

3-qiyofa

Insonlar bazida shu qadar qattiq sevadiki hatto unga buni aytishdan qo'rqadi u tashlab ketmasligi uchun:)

Jimin aerani uyigacha kuzatib bordi. U uyiga kirib ketganidan keyingina ortiga qaytdi.
Taehyung aeraga xat qoldirib ketgandi. Aera xatni o'qigach akasi kech qaytishini bildi va o‘zi ovqat tayyorlay boshladi. U ovqat tayyorlayotgan paytida qo'shiq aytadigan odati bor edi.
Jimin aera haqida akasi bilan gaplashib olish uchun aeranikiga kelgandi. Aera uy ichida kaltaroq va oddiyroq kiyim kiygandi sababi uyda undan boshqa hech kim yo'q edi. U eshikni taqillatdi va eshikni aera ochdi.
Jimin:sen nega bunday kiyimda yuribsan ahir men senga bugun nima degandim akang qani u bilan gaplashib olishim kerak.
Aera:akamni muhim uchrashuvi bor ekan men shunga shuni kiygandim ahir uyda boshqa hech kim yo'q bunga meni ayblay olmaysiz akam bilan boshqa kuni gaplashasiz endi esa bu yerdan keting.
Jimin:nega endi yo'q men akang qaytmagunicha shu yerda qolaman.
Jiminni ko‘zlari aerani tanasida edi u pastki labini tashlab turardi.
Aera:shunday turaverasizmi keling men ramyon tayyorlagan edim.
Jimin:nima sen meni ramyon yeyishga taklif qildingmi hozir
Aera:ha nima qipti ahir buni yomon tarafi yoqku
Jimin:qiz yoki yigit birgalikda ramyon yeyishga taklif qilishi nimani anglatishini bilmaysanmi?
Aera: biz shunchaki ovqatlanamiz xolos
Jimin:men esa yana boshqa narsani ham istayman. Ramyonga keladigan bo'lsak birgalikda ramyon yeyish bu uchrashib yuraylik degan ma'noni anglatadi azizam sen shuni istayotgan ekansan bajonidil men buni bajaraman.
Aera: yo'q yo'q qani o'rningizdan turing va bu yerdan jo‘nang hayolingiz buzuq ekanku sizni
Jimin:yaa aera meni uyingdan haydayapsanmi?
Aera:ha shunday qani keta qoling akam kelsa men yana gap eshitaman bo‘ldi tezroq ketsangizchi
Jimin:hop hop mana ketyapman lekin och yurma sog‘ligingga e‘tiborli bo‘l va bunaqa kiyimda aslo ko‘chaga chiqma oqibati nima bo'lishini bilasan a
Aera:ha bilaman endi jo‘nang
Jimin:ketyapman biror nima bo‘lsa yo qo‘rqsang yoki nimadir kerak bo‘lsa menga qo'ng'iroq qil hopmi?
Aera:yaxshi keta qolsangizchi xayr.

Taehyung bilan yoona vaqtlarini juda ajoyib o'tkazishdi ular ovqatlanib birga sayr qilishdi ammo tae hali ham nima deyishni bilmasdi.
Yoona: bugungi ajoyib kun uchun sizdan judayam minnatdorman tae sizni shunday atasam maylimi
Taehyung:ha albatta bemalol sizga ham rahmat bugun uchun qorong‘u ham tushib qolibdi qarshi bo‘lmasangiz uyingizgacha sizni kuzatib qo‘ysam
Yoona:mayli men qarshi emasman
Taehyung:menda bir savol bor edi hohlasangiz javob bermasligingiz mumkin.
Yoona:qanday savol ekan.
Seo joon:hoy qara bu taehyungku
Hyun shik:salom taehyung salom xonim taehyung bilan do‘stmisizlar men sizni oldin ko'rmagan ekanman
Yoona: ha shunday siz taeni do‘stlarimisiz u siz haqingizda aytgandi endi men keta qolay sizlarga halaqit bermay xayrli tun ko'rishguncha tae
Taehyung:ko'rishguncha.
Seo joon:oo tae demak sen tae ekansanda aa
Taehyung:chakagingni o‘chir axmoq endi unga uchrashib yuraylik demoqchiydim kelib beliga tepding yaramaslar
Hyun shik:ha u juda chiroyli qiz ekan
Seo joon: bo‘ldi kettik soju ichamiz men yolg‘iz ichishni yoqtirmayman.
Taehyung: yo'q mensiz ketaveringlar uyda singlim yolg‘iz uyga qaytishim zarur u bir o‘zi qo'rqadi.
Hyun shik:u yosh bola emas kap-katta qiz bo‘lsa nimadan ham qo'rqardi. Gapni ko‘paytirma qani ketdik.
Taehyung: uff ha mayli ketdik.

Ular bir kafega kirishgandi odam juda gavjum chunki bugun futbol terma jamoalari o'rtasida musobaqa bo‘lib o'tayotgandi.
Shu paytda yomg‘ir yog'ishni boshladi aera yana qo'rqib akasiga telefon qildi ammo u javob bermadi chunki taehyungni telefoni quvvati tugab o‘chib qolgandi. Chaqmoq chaqishni boshladi aera esa yana qo‘rqayotgandi. Kafedagi shovqindan chaqmoq ovozlari eshitilmasdi. Tae va uning do‘stlari o'ying ancha berilib ketishgandi. Ular allaqachon 4 shisha sojuni tugatishgandi.

Aera:aka qayerda qolib ketdingiz men qo'rqyapman iltimos tezroq qayting
Yana bitta chaqiruv ammo yana javobsiz qoldi. Aera juda qattiq qo‘rqardi va u bugun jimin aytgan gaplarni eslab unga qo'ng'iroq qildi.
Aera:alo ji.jimin ho.hozir bo‘sh va.vaqtingiz bormidi
Jimin:ha hozir uyda edim nega ovozing bunaqa tinchlikmi ahvoling yaxshimi
Aera:jimin m.men ju.juda qo‘r.qo‘rqyapman akam ham h.hali qaytmadi iltimos m.meni ol.oldimga kela olasizmi juda qattiq qo'rqyapman
Jimin:bo‘ldi hozir oldinga yetib boraman
Jimin mashinasiga o‘tirib katta tezlikda aerani uyiga yetib keldi. U endi eshikni ochmoqchi bo‘lganida eshik ochiqligini payqadi va sekin ichkariga kirdi.
Aera:iltimos bas qiling bas qilinglar yetar men qo'rqyapman bas qiling iltimos
Aera qo'rqanidan tinmay yig'lardi har safar chaqmoq chaqganida u onasini o'limini eslardi. Jimin to‘g‘ri aerani xonasiga bordi va u ichkarida quloqlarini yopib tinmay yig'lab o'tirgan qizni ko'rdi.
Jimin:aera bo‘ldi tinchlan men keldim men yoningdaman qo‘rqma men yoningdaman
Aera:ayting bas qilishsin men judayam qo'rqyapman
Har chaqmoq chaqganida aera yanada balandroq baqirib yig‘lardi va u tinmay qaltirardi. Jimin aerani mahkam quchoqlab olgandi.
Jimin:hammasi joyida men yoningdaman bo‘ldi azizam yig'lama men shu yerdaman tinchlan men yoningdaman

Biroz vaqt o‘tkach yomg‘ir tindi va aera yig‘lashdan to'xtab jiminni quchog'ida uhlab qolgandi. Bu judayam ajoyib holat ammo jimin hozir ketmasa aeraga nimadir qilishidan qo'rqib aerani sekin joyiga yotqizdida xonasidan chiqdi. U endi eshik tomon borayotganida devorning orqa tomonida yashirinib turgan odam sharpasini payqadi. U usha tomon borayotganida aerani birdaniga qichqirib yuborganini eshitdi

Aera: aaaaa yordam beringg
Jimin tezda aerani xonasiga kirganida u yerda bir niqobli yigit aerani bo'yniga pichoq tirab turganini ko'rdi.
Jimin:kel yaxshilikcha kelishib olamiz. Senga qancha va'da qilishdi men undan 2 baravar ko‘proq beraman va shaxsingizni ham sir saqlashga va'da beraman. Faqat pichoqni tashla so‘z beraman vadamda turaman.
Orqadan uning sherigi kelib jiminni boshiga zarb bilan urdi. Aera esa qo'rqib baqirib yubordi.
Jimin:la‘.na.tilarr
Aera:jimin yaxshimisiz turing jimin jimin ko‘zingizni yummang
Ular aerani og‘zi hamda qo‘llarini bog‘lashdi va ularni mashinaga yuklashdi. Jimin allaqachon hushidan ketgan aera qo'rquvdan tinmay qaltirardi. Tahminan 20 daqiqalik masofadan so'ng jimin o'ziga keldi jiminni qo‘llari bog'lanmagan edi sababi ular jimin bu qadar tez hushiga kelishini kutishmagan edi.
Jimin cho'ntagidan pichoqni chiqarib haydovchining bo'yniga tiradi.
Jimin:hoziroq mashinani to'xtat va ikkalang ham chiq (jimin boshqa qo'liga qurolini olib sherigini peshonasiga tiradi.
Ular sekinlik bilan mashinadan tushishi bilan jimin ikkalasini ham oyog'iga o‘q uzdi ular baqirib jimindan ularni o‘ldirmasligini yolvorib so‘rashardi.
Aera:bu nimani ovozi siz siz ni.nima qi.qilib qo'ydingiz
Jimin:ular seni o‘ldirmoqchi bo'lishdi shunday ekan meni ishlarimga aralashma aslida ularni allaqachon o'ldirib yuborishim kerak edi ammo buni kim buyurganini bilishim shart.
Aera:siz ularni o‘ldirmaysiza axir siz qotil emassizku
Jimin:aera sen tinchlanib ol hammasi joyida men yoningda ekanman aslo qo‘rqma hopmi

Taehyung:bo‘ldi yetarlicha ichdik endi ketamiz aysh boshim Hyun shik allaqachon mast bo‘lib uhlab qolibdiku
Seo joon:uni men uyiga olib boraman sen uyingga boraver singling yolg‘iz balki qo‘rqayotgandir.
Taehyung:hop xayr men kettim.
Jimin kotibiga telefon qilib mashinasini olib kelishini tayinladi. Jiminni yordamchisi yetib kelgach jimin aeraga hujum qilmoqchi bo'lganlarni omborxonaga olib borishini buyurdi va aerani mashinasiga o‘tqazib ortiga qaytib ketdi.
Aera:balki shifoxonaga borarmiz boshingizdan ko‘p qon oqyapti.
Jimin:yo'q rahmat hammasi joyida
Aera:bu bilan mendan qutulib qola olmaysiz hech bo'lmaganda dorixonadan malham sotib olish kerak. Men sizni bu holatda qoldira olmayman. Men uchun sog‘ligingiz muhim
Jimin:bu gaplar menga judayam yoqdi men uchun havotir olganing uchun rahmat
Jimin dorixona yonida to'xtadi aera dorixonadan kerakli narsalarni olgach mashinaga qaytib o‘tirdi.
Aera:egilib tura olasizmi boshingizga bog'lab qo'yish kerak yaralar jiddiy emas 3-4 kunda sog'ayib ketasiz. Biroz achishi mumkin
Jimin:aysh og‘ridi
Aera:mana mana bo‘ldi
Jimin ataylab qilgandi aera malham surtgan joyiga asta uflab qo‘ydi va bog'lab qo‘ydi.
Aera:hammasiga men aybdorman meni kechiring meni deb jarohatlandingiz
Jimin:sen uchun hatto o‘lishga ham tayyorman va sen aybingni yuva olasan
Aera:qanday qilib
Jimin:bo‘sa mendan bo‘sa ol bu seni rahmating deb hisoblayman bu oddiy narsaku. Axir jarohatlanganman bir marta iltimosss

Aera:yo'q bunday qila olmayman jimin ancha kech bo'libdi iltimos uyimga olib borib qo‘ying akam havotir oladilar
Jimin:shu akangni tazirini berishim kerak o‘zi
Aera:jimin bunday qilmaysiz to‘g‘rimi
Jimin:uff yaxshi mana keldik tush.
Aera mashinadan tushdi jimin ham uni orqasidan hayrlashish uchun tushdi
Jimin:hech bo‘lmasa ko‘rishguncha demaysanmi yaramas qiz.
Aera ortiga qayrilib jiminga yaqinlashdida uni labidan kichik bo‘sa oldi.
Aera:siz menga yoqasiz jimin meni qutqarganingiz va telefon qilgan zahotimdayoq yonimga kelganingiz uchun sizdan judayam minnatdorman. Xayrli tun yaxshi dam oling jimin ko‘rishguncha
Aeraning qilgan ishidan karaxt bo‘lib qolgan jimin aeraga termulgancha qotib qolgandi.

Ammo ming afsuski bizning oshiqlarimiz tez kunda bir-birlaridan ayrilishadi.
Deyarli mast ahvolda uyiga zo‘rg‘a ketayotgan taehyungni ko'rgan jimin jahli chiqqan holda uni yoniga yaqinlashib bor kuchi bilan taehyungga musht tushurdi.
Jimin:sen qayerlarda yurganding lanati nega uyga kech kelyapsan vaqtida kelmaganimda aeraga nima bo'lardi ahmoq nega buqadar beg‘amsan bitta qizni eplay olmaysanmi agar unga g‘amxo‘rlik qila olmasang uni uyimga olib ketaman men bilan yashasa ancha behavotir bo‘laman.

Taehyung jiminning zarbasidan keyin kayfi butunlay tarqab ketdi.
Taehyung:aera unga nima qildi u yaxshimi unga hech nima qilmadimi
Jimin:vaqtida yetib kelganim tufayli hech nima qilmadi. Aera chaqmoqdan qo‘rqishini bila turib nega uni uyda yolg‘iz tashlab ketting
Taehyung:men men ni.nima deyishni ham bilmayman men aybdorman singlimni himoyalay olmadim
Jimin:akasidan ayirgan zolim odam bo'lishni istamayman aks holda aerani allaqachon uyimga olib ketgan bo'lardim. Bugundan boshlab unga e'tiborli bo‘lasan bir tola sochiga ham ziyon yetmasin. Unga nimadir bo‘lganini bilib qolsam akasi ekanligingdan qat'iy nazar seni bo'laklarga bo‘lib daryoga oqizaman meni tushundingmi
Taehyung:ha singlim men uchun ham muhim yana bir bor rahmat
Taehyung uyiga kirib ketdi jimin esa mashinasiga o‘tirib omborxonasiga ketdi uyerda uni 2ta odam kutib o'tirgandi.

X:yetarlicha o‘ynadingiz bas qiling janob o‘zi tikishga jonigizdan boshqa nimadir qoldimi
X1:ha bor qizim men qizimni tikaman agar yutqazsam uni olib istagan ishingizni qilishingiz mumkin.
X:nahotki ha mayli menga farqi yoq keyin afsuslanmasangiz bo‘lgani janob kim

9-qism tugadi