,, Black Day "
Mening ovozim hatto o‘zimga ham eshitilmas, juda past ohangda Jungkookni chaqirardim. U yetib kelsayu meni qutqarib olsa. Inson vafotidan avval so‘ngi 7 daqiqa o‘z hayotining eng yaxshi vaqtlari ko‘z o‘ngida o‘tadi yeshishadi. Amma bu holat menda kechikardi.
Bu vaqtda Jungkook aqldan ozgandi. Barqa bo'lgan voqealarni qo'ng'iroq orqali eshitgach. Uyidan o'qdek otilib chiqib mashinani bor tezligi bilan avto halokat bo'lgan joyga oshiqardi.
JK - Faqat bugun emas, faqat bugun emas. Nimaga.? Nimaga aynan sen bo'lishing kerak SoFi.
Uning ovozida umid so'nar. Ko'zlariga beixtiyor ko'zyosh oralagandi. U o'zini ishontirishga urunardi. Buni kim qilganini bilishni istardi. Bu orada Jungkook Hoseokga qo'ng'iroq qildi.
JK - Seok, Seok eshityapsanmi.?
Jungkookning havotirli va tartibsiz ovozini eshotgan Hoseok ham shock holatiga tushdi.
H - Qulog'im senga Jungkook nima bo'ldi. Yaxshimisan.
JK - SoFi uni bugun ketishiga ruhsat bergandi. Hatto haydovchi ham. Ammo ular manzilga oz qolganda kimdir hujum qildi. Hozir ular avto hatolakga uchrashdi. Men o'sha yerga ketyapman.
Lanat bo'lsin, lanat, meni eshityapsanmi.? Top, ularni top, menga bunday qilganlarni top...
Jungkook har qanday vaziyatda Hoseokka ishonish mumkinligini bilardi. Shu sabab ikkilanishlarsiz u Hoseokka bo'lgan voqeani aytgandi.
Qaqnus ( Feniks) — uzoq umr ko'radigan, olovda yonib, o'lib ketadigan va keyin yana o'z kulidan tirilib chiqadigan yagona qush. Afsonaga ko'ra, Qaqnus har bir 500-1000 yilda bir marta o'zini yoqib yuborib, yong'in ichida halok bo'ladi va uning kulidan yangi, yosh Qaqnus chiqadi. Bu doimiy yangilanish va o'limdan keyin tiklanishning ramzi hisoblanadi. Feniks oliy jismoniy va ruhiy tiklanish, yangilanishni o‘ziga sinaydigan yagona qushdir.
Hozir SoFining hayoti ham aynan jismoniy va ruhiy tishlanish davrida turibdi.
SoFi pov:
Ko‘zlarim ochilarkan honadan o‘tkir gullarning hidi anqib turardi. Hona shiftigacha oq rang, katta va keng endi. Honaga chamisi 12-13 yoshli bolacha kirib keldi. U meni o‘tirgan holarda ko‘rgach sekin oyoq uchida yurib yonimga o‘tirdi. Qo‘llarini qo‘limga uzata so‘z boshladi.
B - Opa kechiring men bunday bo‘ladi deb o‘ylamagandim. Otamiz va onamizga men sabab siz daraxtdan yiqilganingizni aytmang. Iltimos men jazo olishni istamayman, siz kattasizku. Men onamga Sunam daraxtga ilingan bog‘ichini olayotib yiqildi dedim. Meni tarafimni olasiza opa.
Men bu gaplardan karaxt bo‘lib qoldim. Axir men daraxtdan emas, mashinada avto halokatga uchra.... To‘xta nimaga Sunam men SoFiannamanku shoshma men hozir qayerdaman.
Men shosha-pisha o‘rnimdan turdim. Avval oynadan nazar tashladi. Ken hovli gulzor ha bor. Bog‘ o‘rtasida, bog‘ o‘rtasida hovuz ham bor go‘yo tanish, ammo umuman begona joy.
SoFi - Hoy bu yerda telefon bormi.?
B - Telefon diganingiz nimasi, ha siz uyalioliqa vositasini aytyapsizmi.? U pastda borku. Menda pleyer bor.
Men eshit tomon yugurdim, chiqanimda esa men hashamatli saroydek joyda edim, hayrat va qiziqish bilan pastga tushib telefonni qidira boshladim. Shoshgancha Jungkookning raqamini terib chaqiruv tugmasini bosdim. Uzoq gudokdan so‘ng javob Parklar honadoni eshitaman.
SoFi - Menga Janob Jungkook kerek, eshityapsizmi Jungkook kerak.
X - G‘alatimisan senga Parklar honadoni dib turibmanku.
Aqldan ozganmi diman.
Qo‘ng‘iroq o‘chirildi. Men hech narsani tushinmayapman. Shu vaqt yonimga bir ayol keldi. Meni boshqan oyoq paypaslab tekshirib axvolimni so‘rardi. Men esa bu vaqt mutlaqo hech narsani tushunman qotib qolgandi. Go‘yo muzlab qolgandekman. Og‘zimning bir chetidan pichirlagan ovozda
- Hozir nechinchi yil .? Savolini ayta oldim.
B - Opa esingizni yedingizmi hozir 1994 yil. Meni bu darajada axmoq qilmang. Nima hali ismim nima yoshim nechada dirsizam.
SoFi - Aslida haq san meni ismim nima, yoshim nechada, men o‘zi qayerdaman.?
Nimaga biringiz opa, siz esa qizim deyapsiz. Meni haqiqiy onam va ukam siz emasizlarku. Meni qareyga olib kelib qo‘ydindiz.
B - Axx sotqin, axmoq, sizga ishonch yoqligini bilardim. Yaras qiz siz.
Oyisi - O‘zi nima bo‘ldi. Nima sabab Sunam bunday bo‘lib qoldi. Sen nima qilding opanga.
- Sunam qizim meni esloy olyapsanmi.? Men...men oyingman sen meni qizimsan. Isming Sunam, sen 18 yoshga to‘lasan. Bu esa quloqsiz va doim bir baloni boshlab yuradigan ukan Suho ...
Meni esa bidan boshim biroz aylanib hushimni yo‘qotdim.
Ko‘zlarim ochilarkan men shifoxonada, atrofimda chindan menga tanish, ammo mutlaqo tanimagam insonlarim bor edi. Ko‘p o‘tmay shifokorkeldi.
Shif. - Kang honim qizingizda bir oz bosh chayqalishini aniqladik. Bu daraxtdan yiqilganidagi asorat bo‘lsa kerak. Shu sabab ortiqcha asabiylashmasligi va ko‘p harakatlarni vaqtincha cheklayman.
SoFi pov:
Menga bu sharf tanish Kang Sunam, men hozirgina barini tushunib yetgandekman.
Oyimning bizga aytgan ertaklarida.
Mo‘jaz bog‘, gulzor va o‘rtada mo‘jaz hovuz, bog‘ chetida katta daraxt...
Ha...ha to‘g‘ri bari tanish. Ammo umuman notanish insonlar. Men oyimning yosh vaqtiga qaytib qoldimmi yo vaqt aro tushib qoldimmi. Lekin nimaga men kelajakda o‘ldimi yo o‘tmishni o‘zgarishi uchunmi.
Men yana tushunishim kerak bo‘lgan narsalar juda ko‘p. Biz mashinada uyga qaytar ekanmiz. Oyim yo‘q aslida Buvim mengahavotirli qarar
men esa oyimning hayotida yashayotgan o‘zga inson edim.
Uyda esa oyimning ukasi kutardi. Men eslay olmadim. Biror marotaba oyim bizga tog‘am haqoda gapirib berganini va yana oyim boy oilaning qizi bo‘lsa, nima sababdan ular kelajakda unday ahvolda emas. Meni qizoqtirgan va bilishni hohlagan narsalar yana ko‘paydi.
Suho - Nima bo‘libdi - bu yolg‘on kasali ekanmi. Ha albatta yolg‘on opam uchun cho‘t emas.
Oyisi - Suho bas qil.! Sunam daraxtdan yiqilganda boshi bir oz lat yegan, shu sabab qizqa hotira yo‘qolishi yuzaga kelgan. Shifokor bosh chayqalishi deb aytdi.
Suho - Hop. Hop tushundim oyijon.
SoFi - Men dal olmoqchiman. Xonamda bo‘laman.
Oyimning honasini eshigini yopishim bilan hayollarim yana allanechuk uzoqlashdi. Agar men chindan o‘tmishda bo‘lsam. Barini tushatish yo‘li hali mavjud. Men otamning hatosini tuzata olaman. Agar otam oyimga hiyonat qilmasa, Jungkookning oyisi bilan tanishmasa hammasi o‘zgaradi. Men balki aynan shu sabab o‘tmishga tushgandurman. Endi yaxshilab o‘ylab ish qilishim zarur.
~~Ko‘p o‘tmay o‘y hayollar bilan uhlab qolgan SoFi. Aslida o‘tmishda nima bo‘lganini hali mutlaqo bilmasdi. Aynan shu vaqt uning honasini oynasini kuchli shamol uchirib ochdi. Oynadan go‘yo Qaqnus qush uchib kirdi-yu, pastlab sekin qonarkan. U asta inson qiyofasiga kidi.
Bu vaqtda SoFi chin yoki ro‘yoni ajrata olmay qolgandi. Qaqnus insonga aylanib nurtaratib turarkan. SoFi buni bir lag‘za tush deya hayol qilardi.
Qaqnus - SoFianna o‘tmish shu darajada ayanchli yakun topgan ediki bu seni kelajagingni yo‘q qildi. Men qayta yaralish qushi sifatida senga imkoniyat beraman. Faqat 3 marotaba.
1 - Sen avval ilk Boshlanish hatolarni tuzatasan. Bobang va Buvingnikini. Bu hatolar toki otang va oyingning hayotiga daxl qilmasin.
2 - Kegin esa O‘tish hatolari, ikkinchi avlod hatolarini tuzatasan. Toki otang va oyingning Hatolari, holang va amakingning Hayotiga daxl qilmasin.
3 - Oxirgi Yakun hatolari. Bu davr sen uchun tanish Holang va amaking sabab kelib chiqqan hatolar, Sen va Jungkookning hatolariga sabab bo‘lmasin.
Hozir esa senda 1oy vaqt bor. Sen qo‘ldan kelgancha harakat qil. Bu gul nur socha boshlaganda vaqt tugaydi. Va vaqt ipga aylana barini yakunlaydi. Senda yetarlicha imkoniyat bor. Bari seni qo‘lingda.
SoFi:
Men endi barini tushundim. Hech bir kun menga bekorchi narsalar uchun emas. Balki o‘tmish hatolarini tuzatish uchun berilganini bildim.
Meni oldimga kelgan Qaqnus yana qushga aylandi-yu yana yorug‘ nur taratib, kuchli shamol bilan honamni tark etdi. Men ortidan oynadan qarakanman. Go‘yo meni ko‘rganini aytgan dek quloqda qoladigan navo dek bir ovoz chiqardi-yu ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Hona bo‘ylab u yoqdan bu yoqqa, tez tez qadam tashlab, yurarkanaman men avval shu honadan nimadir qidirib topishga harakat qilardim. Juda uzoq qidiruvlardan kegin dars stoli tortmasidan men oyimning kundaligini topib oldim.
Juda hayajonli. Men hozirgi daqiqalarda oyim qanday hotiralar bilan yashaganini bilish imkoniyatiga egaman. Avvaliga hijolat bo‘ldi va kegin men ilk vaqorlardan boshlab o‘qishni boshladim. Tun yakunlanmas. Men esa ba‘zida kuchli hayajon, ba‘zan qo‘rquv, ba‘zan kulgu va ba'zida esa ko‘zyoshlarim bilan yakunlarkanman.
Men aslida doim kulgu ortida juda kuchli og‘riqlarni berkitib kelgam oyim qanday ekanini bildim. Eng alamlisi esa otam bilan oyim yoshlikchog‘laridan sevishishgan. Otam oyimni 20-21 yosh vaqtlaridan sevgan bo‘lsa hiyonatga nima sabab bo‘lgan. Va yana amakim kim bo‘ldi.
Men yana savollar ichida qoldim.
Oyim doimiy kuchli bosim ostida bo‘lgan. Sababi bobam oyimni o‘zi hohlamagan insoniga erga bermoqchi bo‘lgani. Oyim esa hech bir so‘zsiz jim indamagani. Meni hayratga solgandi. Va men oyimning kundaligidan gitara chalayotib olingan rasmni topib oldim. Bu ajoyim men oyimga chindan o‘xshashimni tushundim.
Bazo‘r hayollar bilan tonga yaqin yana uhladim.
Suho - Hoy Sunam uyda yolg‘iz qoldik tur bog‘ga chiqaylik. Uhlash joningizga tegmadimi. Albatta siz maktabga borishdan ozodsizda.
SoFi - Suho senga savolim bor. Otam ular qanday inson.
Suho - Hoy axmoq esingizni yedingizmi qanaqa otam Janob Kang deng.! Axir bizga ota deya chaqirish taqiqlangan. Nima xotiramni yo‘qottim deya siz bemalol ota deb murojat qilolaman deyapsizmi. Uuuf siz zerikarli bo‘lib qolibsiz men kettim.
Suho honadan chiqib ketti men yana yolg‘izman. Avval yuvunib so‘ng kiyimlarimni o‘zgartirib pastga tushdim. Uyda yordamchilar va Suhodan boshqa hech kim yo‘qligini bilgach. Sekin hamma honalarga kirib-chiqa boshladim. Deyarli 1 yarim soatda barcha honalarni aylanib chiqgach. Oshxonaga tushin ovqatlanmoqchi bo‘ldim. Avvaliga uydagi ishchilar go‘yo jinni insonni ko‘rgandek uzoq tikildi va ulardan biri kelib.
H - Kichik honim sizning bu yerda ovqatlanishingiz. Biz uchun muammo tug‘dirishi mumkin.
SoFi - Sizlarni ortiqcha ovora garchilik tug‘dirganim uchun uzur.! Men tez bo‘lib ketaman.
Endi esa ovqatni ham yegim kelmay qoldi. Yeganimni yeb bog‘ga yo‘l oldim. Katta daraxt tagida. Suho ko‘lga mayda toshlarni otib o‘zi bilan o‘zi o‘ynab o‘tirardi. Men ham uning yoniga asta o‘tirdim. ,,Suho 13 yoshda menga mexribon va doim ko‘nglimni ko‘taruvchi yagona yaqinim". Bu oyim kundaligiga yozgan so‘zlari edi.
SoFi - Suho men aslida qanday edim va hozir qandayman.?
Suho menga go‘yoki aqldan ozgan insonga qaragandek qaradi va so‘z boshladi.
- Siz mexribonsiz, Aqilli, odobli, kam gap va odam ovi qiz ediz. Hozir esa umuman begonadek ko‘rsatyapsiz. Yana sizga eslatib qo‘yay Park Jimin sizga yaqin kelsa undan ikkilanmasdan uzoqlashing. U axmoqdan ko‘ra anavi ovsar Hyunjin yaxshiroq.!
Kundalikdan.
Park Jimin otasi tomondan majburan unashtirilishi kerak bo‘lgan yigit.
Hvan Hyunjin Sunam sevgan yigit ( SoFi va Jihoning otasi ).
~~Bu iliq suhbatlardan so‘ng SoFi ko‘chaga chiqishni hohladi. U uyiga yaqin ko‘chalarni sayr qilarkan tasodifan qarshisida Hyunjinni yani otasini uchratdi. Avvaliga hayajonli, ammo o‘z o‘tmishida qonli dog‘larga sabab bo‘lgan inson qarshisida edi. U nima deyishni bilmasdi. Bir biriga termulgancha jim edilar.
Hyunjin - Axvoling yaxshimi seni og‘ir axvolda deb eshitdim xavotir oldim.
SoFi - Menda...menda hammasi joyida. Daraxtdan yiqilib tushdim. Shifokor bosh chayqalishi dedi. Va men ba‘zi narsalarni eslay olmayman, lekin siz yodimdasiz.
U jilmaygancha Sunamning qo‘lidan ushlab olib keta boshladi. Biroz yurganidan so‘ng mototsikl yaqiniga kelib to‘xtadilar. Hyunjin Sunamda extiyotlab shlem diydirdi va ko‘tarib uni mototsiklga o‘tirishiga yordam berdi. So‘ngra o‘zi ham shlem kiyib yo‘lga otlanishdi.
Deyarli 20-30 daqiqali yo‘ldan so‘ng ular to‘xtashdi. Hyunjin Sunamni ko‘p qavatli bino ichiga yetaklay boshladi. Ular tepa qavatda joylashgan bir xonadonga kirishdi. Ichkariga kirilarka keng xonalar ularni qarshi olardi. Va Hyunjin uni bir xona eshigi tagida to‘xtarib.
Hyunjin - Marxamat Kang honim.!
Deya mulozamat bilan ichkariga kirgozdi. Avvaliga ko‘zlarida shubha bilan kelga SoFi endi haytar va quvonchdan ko‘ziga yosh kelgandi.
SoFi pov:
Bu hona sehirli dunyoga eshik edi go‘yo. Honaning har bir burchagida o‘ta nafis chizilgan suratlar. Har birida Hyunjin va Sunam bor edi. Men hayratda edim.
Bu vaqt Hyunjin menga ichish uchun suv uzatdi.
Hyunjin - Sen endi nimanidir eslashing shart emas. Qara bu biz har biri, bir hikoya, bir kun, bir nihoyalangan kun. Men ularni barini sen uchun yaratganman Kapalagim.
Men bu so‘zlaedan hursand edim. Otam oyimni shu darajada sevgan bo‘lsa.! Kelajakda iyonat qilinmagani aniq. Bu yer boshqa bir sabab mavjud.
Biz ko‘p u yerda qolmadik. Men Hyunjinni yani otamni uyini ko‘zdan kechirib bo‘lgach u yerni tark etdim.
Uyga kelganimda hamma vahima va hadik bilan meni kitardi.
Oyisi - Qayerda edim. Ha demay Otang keladi. Tez ustingni yangilab tush.!
Men oyim aytganidek uytki kiyimlarimni o‘zgartirib pastga tushdim. Suho ham shu yerda men unga gapirish uchun og‘iz ochdim. Ammo so‘zlarim og‘zimda qoldi. Oradan 2 daqiqa o‘tib Janop Kang kirib keldi.
Hato va kamchiliklar uchun Uzur.