April 25, 2025

,, Remember Me 🫀 ʼʼ

Ep: 4

-Janob Kim menga mos keladi deb oʻylamayman axir u akamdan ha katta. Ular nimalarni oʻyladi, ertaga qayerga olib bormoqchi oʻzi.

:Yana bir tong kiyinib akamning xonasiga kirdim Yoongi kamlik qilardi halos. Allaqachon akamni sogʻindim. Hatto qoʻngʻiroq ham qilmagani meni havotirlantirar edim. Uydan chiqib darvoza oldiga bordim. Akamning yordamchisi men kutib oldi.

H - Kichik xonim sizni maktabga olib borib qoʻyishim menga buyurilgan edi.

:Ha bu Yoongi oʻzi ketgan boʻlsa ham men haqimda oʻylaydi.

:Maktabga kelgach haydovchiga meni kutmasligini, men har doimgidem oʻzim borishimni aytdim.

:Men maktabga kirarkanman meni koʻzlarimni kimdir yumdi:.

- Meni topsang sen shirinlik bilan mexmon qilaman, topolmasan men mexmon qilasan !

- Felix! Seni ovozing har doim seni oshkor qilib qoʻyadi.

- Sen men topding demak darsdan soʻng sen bilan shirinlik yeyish uchun boramiz.

- Hop mayli... Yaxshi bu safar boraman.

- Ajoyib sen juda koʻp marotaba takliflarimni rad etar eding. Lekin bugun rozi boʻlganing chindan ham xursand qildi.

- Men baribir uyda yolgʻizman akam ishi yuzasidan safarda shuning uchun rozi boʼldim.

- Bu yaxshi hech boʻlmasa sen bilan shirinlik yiyaolarkanman.

:Dars yakunlandi. Felix bilan qanday shirinlik tanlashimiz haqida suxbatlashib ketar ekanmiz  kimdir sumkamdan tortdi. Kimligini bilish uchun toʻxtab ortiga oʻgrildim...

- Qizaloq notoʻgʻri yoʻldasan.

:Men uni maktab darvozasi yaqinida deyarli 2 soat kutdim. Ammo bu  qiz boshqa bir yigit bilan.  Asablarim taranglashdi meni jaxlim chiqgandi.

- Janob Kim Teahyung siz...

:Voy men axmoq axir Janob Kim menga kecha xabar yuborgan ediku meni esa hayolimdan koʻtarilibdi.

- Ha men nimadir yodingdan koʻtarilmadimi. Kecha senga xabar yuborgan edim ..?

- Ha men Afsusdaman bu chindan ham esimdan chiqibti...

:Men bir oz xijolatdaman Felix deyarli 3-4 oydan buyon koʻchaga chiqish haqida gapiradi. Ammo Janob Kim  kecha menga xabar yuborgan edi. Endi men nima qilaman bir vaqtda ikki inson menga qarab turibdi.

- Nima boʻldi nega toʻxtab qolding qani boʻlaqol  shirinliklar qolmaydi boʻlmasa.

- Shirinlik? Sizlar shirinlik yeyish uchun ketyabsizlarmi?

- Ha Janob Kim shunday, meni yodimdan koʻtarilgani uchun  bir oz xijolatdaman.

- Bu inson kim? Nimadir boʻldimi?

- Ha shunaqa desa ham boʻladi! Men Kim Teahyung man.

- Lee Felix tanishganidan xursandman.

-Men nima deyishni bilmay qoldim.

:Ularni tanishtirishga ulgurmasimdan ular tanishib boʻlishdi. Oʻrtadagi sovuq nigohlar esa aniq bilinib turibdi.

- Lee Felix, Lee Mia sizlar aka singilmisiz?  Mia bu seni akangmi ?

- Yoq biz aka singil emasmiz bizni familiyalariniz bir hil halos.

- Uni akasi....

:Felix meni akam haqida kimgadir gapirishi bu yaxshi emas, Felix akamni ismi yoki familiyasini aytmasidan unda jim boʻl deganday ishora qildim va u soʻzini tugatmay jim boʻldi

- Nima uni akasi ?

:Savol nigohi bilan Felixga qaradim.

- Hech nima shunchaki uni akasi bizdan farqli, ancha katta yoshda.

- Ha toʻgʻri huddi shunday.

- Mayli bu muxim emas xoʻsh endi nima boʻladi Mia?

:Men Ularni aka singil deb oʻyladim lekin unday emas,  Mia begona yigit bilan Shirinlik yegani yetyapti. Bu meni aqldan ozdirmoqda. Qanday qilib meni esdan chiqaradi.

- Balki biz bilan borarsiz ?
Felix sen bunga qarshi emasmisan?

:Menda boshqa chora yoq. Men ikkalasidan birini tanlaydigan axvolda emasman .

- Men... Men roziman.
:Men hozir rad etolmayman va  Mia bu inson bilan ketishini ham istamayman.

- Yaxshi sizlar bilan man.

:Yoq deyolmayman, Felix bu yigit menga unchalik yoqmadi, rat etsam Mia u bilan ketishi mumkin, Miaga esa zoʻravonlik qilishni istamayman.

- Ooo bu zoʻr hech boʻlmaganda siz xisob toʻlaysiz.

- Xisob?

- Ha xisob! Mia oʻyinda yutqazdi shu sabab u xisob toʻlashi kerak edi. Lekin endi siz borsiz.

- Oʻyin yana qanaqa oʻyin ?

- Ha bu shunchaki maktab xazili holos.

- Bu unchalik yaxshiga oʻxshamayapti.

:Men Miani oʻng tomonida man Felix esa chap tomonda. Qay darajada asabiylashib qay darajada jaxlim chiqqanini oʻzim bilaman lekin boshqa ilojim yoq, endigina oʻrganayotkan insonimni choʻchitgim yoʻq. Miani qulogʻi yaqiniga borib extiyotkorlik bilan

-Mushukcha seni yigitingmi u deya soʻradim.

- .....
:Janob Kim meni quloqlarim ostiga yaqin kelib ,,Seni yigitingmi Uʼʼ deb soʻraganida ichim negadir gʻalati boʻlib ketdi. Men nima deyishni bilmay qoldim.

- Nima baland ovozda takrorlaymi.

- Yoq, yoq unday emas. Bu siz oʻylagan narsa emas.

:Men sekin uning oʻzi eshita oladiganday qilib unga aytdim. Janob Kim bir oz asabiydek edi.

- Yigitlardan uzoqroq yur boʻlmasa.

:Men uni javobidan bir oz yengil tortdim lekin bu kam chunki Mia Felix bilan kulib gaplashardi.

- Hoy sen qanday mevali shirinlik hohlaysan. Qulupnay yoki Mandarin.?

- Men Ikkalasidan ham yeb koʻrmoqchiman. Janob Kim sizchi?

- Men shirinlik yemayma ...
:Qulupnay va Mandarin demak unga shu mevalar yoqadi.

- Nima uchun siz taʼtib koʻrishingiz kerak xech boʻlmaganda.

- Janob Kimga shirinlik yoqmasligi yuzidan malum.

- Sen juda sezgir san.
:Ey Xudoyim men unga musht tushirmasligim uchun oʻzi sabr ber.

- Nimaga unday deysan Felix balki ular sen kabi Shokoladligidan yeb koʻrar.

- Bilmadim oʻzilari aniq gapirmagandan kegin...

:Yonimda ketayotgan ikki erkak tortishar ekan men aqldan ozayotkan edim.

Nihoyat biz keldik men oʻzim uchun Qulupnay va Mandarinli shirinlik oldim, Felix Shokolad va Vanil oldi. Janob Kim esa Qulupnayli tatib koʻrishni tanladi . Nazarimda Janob Kimga bu yoqgan edi.

- Sen xujjatlarni boʻldirmaganingni koʻrdim. Ularni qachon bermoqchisan.?

- Men hali oʻylab koʻrmoqchiman shu sabab bir oz ikkilanyapman.

- Nima sen rassomchilik sohasida davom etmaysanmi?

- Men ... Men bir oz oʻylayapman.

- Sen ikkilanyotgan boʻlsan yuraging buyurgan ishni qil.

- Bu bir oz gʻalati emasmi sen 5 yil dan buyon rasm chizasan. Shundoq ham seni isteʼdodingda yetarlicha foydalanmayapsa.

- Felix Bu sen oʻylaganchalik on son emas.

- Sen kim boʻlishni xoxlaysan kelajakda. Seni qaysi kasb yoki hunar qiziqtiradi.

- Men Chilson bandasining Boshligʻi boʻlishni istayman. ( Kularkanman Janob Kim xayratomus qaratdi).

- Bu hazilmi sen bandalar haqida qayerdan bilasan ?
:Bu men uchun yangilik bu qiz bandalar toʻgʻrisida maʼlumotga ega. Chilson bandasi esa Jeon Jongkookga tegishli bu esa meni asabimni yana buzyapti.

- Bu shunchaki xazil ku. Bandalar haqida esa hamma biladi. Faqat uni kim boshqarishi momalum.

- Sen jiddiy xazil qilasan. Men ishona yozdim.

- Bu xazil degin .....
:Men buni amalga oshira olaman
Faqat Chilson emas. DaMuKim bandasining Boshligʻi boʻlishingnitaminlay olaman.

Eslama:
1. InChaYoon-Kim boshqarishi moʼmalum
2. DaMuKim - Kim Teahyung
3. Chilson - Jeon Jongkook
4. Seulsan-Min Yoongi.

Biz shirinlik yeb boʻlgach u yerdan chiqdik. Felix qoʻshimcha darslar borligi uchun ketdi.

- Seni doʻsting u b-n yaqinmisiz?

- Bizni bolaligimiz birga oʻtkan, meni qiz bola dugonam boʻlmagan, shuning uchun biz yaxshi doʻstmiz.

- Qiz bola va oʻgʻilbola doʻst boʻla olmaydi.

- Bu eskilik sarqiti. Oʻgʻilbola qizboladan yaxshi doʻst boʻladi.

- Demak faqat doʻstsiz, oʻrtangizda sevgi muhabbat tushunchalari yoʻq?

Mia (bir oz kulib) Sevgi? Felix ni sevgani bor faqat u men emasman.

- Uni sevgani bormi ?
:Bu yaxshi ularning oʻrtasida sevgi yoq, lekin Mia men uni qizgʻonyapman.

- Xa ular yuqori sinfdan beri birga faqat u qiz biz b-n bir maktabda oʻqimaydi.

- Seni sevganing bormi.?

- ..... Yoq men buni oʻylab koʻrmaganman.
:Bir oz gʻalati u faqat men haqimda soʻrab qiziqishi.

- Bunga sabab bor boʻlsa kerak.

:Biz allaqachon koʻp vaqt oʻtkazdik men ketishim kerak edi. Shuning uchun men yana taxsida uyga kettim.

Shu bilan 2 kundan soʻng Yoongi keldi. U biroz charchagan koʻrinardi. Biz akam bilan koʻp gaplasha olmadik. Yoongi ishiga doim shoshardi.
Men esa maktabga borishda davom etdim.
Maktabdan soʻng Janob Kim Teahyung bilan uchrashish menga allaqachon odat boʻlib qolgandi.

2 oydan soʻng.....

Episode: 4 tugadi eʼtiboringiz uchun tashakkur, xato va kamchiliklar uchun avvaldan UZUR....🤗

Reaksiya va fikrlar kutaman.😘

#song_sea