June 16, 2025

,,Remember Me"

Ep: 1

Sadecoosh:
Ep:1

Bazi koʻngillar boʻlarkan barbot,
Bazi koʻngillar boʻlar guliston.
Bazi qalblarda inson yashaydi,
Bazi qalblar esa juda zimiston...

Juda ham kuchli qoʻrquv va depressiya tufayli Mia bir necha yillar mobaynida har doim tongni quyosh chiqmasidan qarshi olar edi. Hozir u 18 yoshda. Hayol surib oynaga tikilarkan uning oʻylari har doimgidek mavxum va qorongʻu edi. Vaqt allaqachon 07:00 dan oʻtayotkan edi. Shu vaqt xona eshik taqiladi va ichkariga akasi Yoongi kirdi.

Yoongi - Nur sen quyoshdan ham avval olamga nur taratasan.

Mia - Raxmat Akajon, siz ham quyoshdek Nur taratyapsiz. Menda ishingiz bormidi.

Yoongi — Yoq shunchaki nonushta qilish uchun seni chaqirgani kirdim. Yuraqol nonushta qilamiz seni maktabga tashlab qoʻyaman.
Jilmaygancha Miaga qarar ekan uni yuragi bir oz singlisidan havotirda edi.

Mia -Hop, men maktab kiyimimni kiyib pastga tushaman aka. ( Kulgim kelmasa ham kularkanman akamni ortiq qiynashni istamas edim.)

Yoongi - Yaxshi men seni pastda kutaman Nurim.
Mia: Eshik yopildi va men yana bir oʻzim yolgʻizman. Har doimgidek. Yoongi meni Nur deya chaqirganida goʻyo qororongʻu soyadan chiqayotgan insondek oʻzimni his qilaman. Yoongi menga juda mexribon men suyana oladigan yagona inson faqatgina U.

Yoongi - Kelaqol Nur sen uchun quymoqlar tayyor xuddi sen xoxlaganing dek
Mia - Raxmat aka siz juda eʼtiborli va mexribonsiz yaxshiyam borzis.

Yoongi: Men yana xato qila olmayman... Shu soʻzlarni oʻziga uqtirar ekan hayollari oʻtmishga yuzlandi.

6 yil avval....
Qoʻrgʻondan juda ham kuchli qichqiriq ovozi eshitilardi. Uyda Janob Min Chihol va begona qiz bor edi halos. Uydagi qichqiriq esa shu qizniki edi. Maktabdan Miani olgan Yoongi uyga u bilan oʻynab kirar ekan, bu ovozlarni eshitdiyu singlisini xonasiga chiqardi va pastga nima boʻlganda ham tushmasligini aytdi. Yoongi jon jaxti bilan otasining patki qavatdagi xonasi tomon yurarka kiyimining orqa tomoniga joylangan toʻpponchani otishga shayladi.
Yoongi - Bu endi ortiqcha.
Min Chihol ning xona eshigini tepib ichkariga kirdi. Bor ovozi boricha baqira, otasini koʻzlari bilan izlar ekan.

-,, Men sizni juda koʻp ogohlantirdim uyga siz bilan yuradigan Foxshalaringizni olib kelmang degan man".

Min - Yoongi bu sen oʻylagandek emas. Men hammasini tushuntiraman.

Yoongi - ............S....s..s..Suzi

Uning ogʻzidan shu ism chiqdiyu turgan joyida qotdi.

Min - Sen nima taniysanmi???
Yoongining boshiga Dunyo quladi u qotib qoldi. Chunki otasi koʻngil hushlik qilgan qiz Suzi endi. Undan tashqati u Yoongining yaxshi koʻrgan qizi. Nima boʻla yotganini tushunishga urinar Suzi tinimsiz yigʻlar edi xalos. Yoongi tushungan yagona narsa shuki Suzi aynan shu yerda otasi bilan boʻlgani edi.


Yoongi - Siz...siz ota... siz razil insonsiz, siz oʻlimga loyiqsiz, siz oʻlishingiz kerak, menga buni qanday ravo koʻrasiz. Siz bilar edingiz. Siz meni kuzatar edingiz.
Uning ogʻzidan shu soʻzlar chiqdiyu faqatgani otasini qoʻrqitish uchun shaylagan toʻpponchasini olib oʻzini nazorat qila olmay otasiga 5 marotaba oʻq uzdi.

Oʻq tovushlari butun qoʻrgʻon boʻylab yangrar ekan. Uy atrofidagi qoʻriqchilar uyga otilib kirdi. Hatto tepa qavatda oʻynayotgam Mia ham uchib tushgandi. U ham nima boʻlganiga qiziqib xonasidan chiqdi.

Mia pastga tushar ekan qoʻriqchilar otasini xonasi tomon yugura yotganini koʻrdi. Mia ham qiziqish bilan ularni ortidan ergashti.
Hamma jim ammo bu jimlikni Mia buzdi. Bor ovozi bilan ,,Dadaʼʼ deya baqira ekan Yoongi hayollari buzildi. U yugurib Miani quchdi. Mia esa qonga belanib yotgan otasini koʻrdiyu hushidan ketdi.

Bu voqealarni alam bilan eslar ekan Suzi va undan keyingi boʻlgan narsalarni eslashni hohlamadi va jim qotgan holatda edi..

Hozirgi vaqt....
Mia - Hoooooy
Yoongi Hayollari tarqalib eʼtiborini Miaga qaratdi...

Mia - Nima men sizni tushgacha kutamanmi? Yoki taxsida ketaveraymi sizni esingizdan chiqdim chogʻi Aka.
Yoongi - Yoq albatta Nur shunchaki hayol surib qolibman  boʻlgan boʻlsang ketishimiz mumkun.
Mia - Ha boʻldim. Yuraqoling kech qolaman.

Shu tariqa mashinaga chiqib Mia oʻqiydigan San'at maktabiga ham kelishdi. Mia yoshlik vaqtlaridagi Depressiya tufayli ijtimoiy va chuqurlashtirilgan fanlarni oʻrgana olmagan shu sabab Yoongi uni sanʼat maktabiga joylagan edi...

Mia - Meni chetroqda qoldiring, bilasiz sizning bu qimmat baho mashinangizda maktab ostonasigacha borsam dugonalarim aqldan ozgandek sizni soʻraydi.

Yoongi - Hop sen aytgancha boʻla qolsin. Kulimsirab: Balkim birorta dugonang bilan tanishtiraman.?

Mia - Ha bu kulguli emas Yoongi, undan koʻra oʻziz tengingizni tezroq toping dugonalarim qari cholga erga tegishini istamayman...
Yoongi - Men hali chol boʻldimmi mittivoy.
Yoʻl chetida toʼxtab. Qoshlari chimirilgancha Miaga qaradi .
Mia- Yoq albatta faqat 31 yosh bu bir oz katta yosh. Sizni uylanishingizni men ham hohlayman MinYoon Oppa. Deya mashinadan tushdi.
Yoongi - Meni ismimni toʻgʻri aytish qiyinmi. Janob Min emas yoki Yoongi emas nima sababdan MinYoon??
Mia - Sizni asabingizga tegish balki bir menga yoqar Min Yoon.
Qadamlari tezlashgancha mashinadan uzoqlashdi va qoʻy siltab xayirlashdi.
Yoongi - Mitti yalmogʻizcha darslardan soʻng toʻgʻri uyga boooor.  Hatto soʻzlarimni tugatmasimdan qochdiya.

Oʻziga oʻzi gapirar ekan, mashinani sekin xaydab yoʻlida davom etdi Yoongi toʻgʻri Seulsan Bandasi  tomon yoʻl oldi...

Eslatma:
Seulsan Bandasi bu Seuldagi kattaligi boʻyicha 4 oʻrincha turuvchi jinoyi gurux. Bandalarning asosiy ishi qimorxonalar, Tungi klublar, Tungi barlardan ulush oladi. Ularga narkotik turli psixatrop dorilar yetkazadi va odam, qurol oldi sotdisi bilan shugʻullanadi. Seulsan Bandasi Yoongining otasiga tegishli boʻldan. Otasini oʻzi oʻldirgandan so‘ng
Seulsan Bandasi Yoongining qo‘liga o‘tgan.

Mia maktabga kirar ekan hayollari bir oz oʻzgardi.

Felix - Bugun imtihon sen esa juda sustsan Mia! Nimalar haqida oʻylayabsan.

Felix Mianing yigiti emas ular shunchaki yaqin halos
Mia- Hayirli boʻlsin senga ham Felix...
Felix - Hayirli kun ochigʻi hayollarim oraliq imtihonlari bilan band edi. Xatto salomlashish yodimdan koʻtarilibdi.
Mia - Koʻrinib turibdi.

Buncha tashvishlanmasang bu ham boshqa imtihonlar kabi oʻtadi ketadi. Asabiylashishni keragi yoq

Felix - Sen uchun onson qoʻling boʻyo havoda muallaq qolgandek rasmlaring mukammal chiqadi hatto xatolar siz sen buni uddalay san.
Mia - Mukammalik tarafdori emasman-u ammo hayol bilan chizganim uchun shunday boʻladi. Men faqat oʻz olamimni rasmga joylayman xalos.
Felix - Sen fikringni jamlaysam men esa aynan imtihonlarda faqat asabiylasha man.
Imtihon chamasi 3 soat davom etdi. Imtihon mavzusi esa..

,, Mavzu: Musaffo Osmon va Tiniq Nurʼʼ
Mia asosan toʻq va xira ranglardan foydalangan holatda rasm chizgani uchun bu mavzu u uchun bir oz ogʻir edi. Imtihon tugashi bilan barcha sinf xonasini tark etdi.

Lilia - Mia sen juda sovuqsan huddi suratlarning kabi...

Mia - Felix meni kutubxonada ishim bor buni hozir esladim sen tushlik qilish uchun boraver...

Mia Liliani ham Felixning ham gaplarini eshitdiyu ularga eʼtibor bermasdan, Felix aldab koʻzdan gʻoyib boʻldi.
Mia maktabning orqa tomoniga oʻtib devor yoniga yaqinlashdi va devordan oʻtish uchun tayyorlandi.

Muvaffaqiyatli maktabdan qochish rejasi amalga oshar ekan. Mia allaqachon devor osha yoʻl yuziga tushayotgan edi. Lekin Birdan kimdir kelib Miani belidan ushlab uni ohista yerga qoʻydi....
Mia ey Xudoyim men qoʻlga tushding chogʻi. Men tamoman. Shu gaplarni oʻziga pichirlab aytdiyu  ortiga oʻgirilib qaradi va uning roʻparasida u oʻzi kutmagan inson turar edi.

Mia - ........

Episode: 1 tugadi eʼtiboringiz uchun raxmat . Hato va kamchiliklar uchun uzur soʻrayman......♥️
Reaksiya va fikrlar kutaman ❤️
#song_sea