June 16, 2025

,, Black Day "

Ep: 3


SoFi:
Qochsam-chi.? U holda onam yoki ukamni jinoiy javobgarlikka tortishadi, ularni bu qarzni to‘lashga majburlaydi.
Men o‘zimni bu qamoqdan qutqara olmasligimni anglab, asta darvozadan qaytdim.
Shu vaqt oynadan Jungkook bariga guvoh boʻlganini sezdim. Yuzida gʻazab va qaxr bilan qarab turardi.
Ichimda o‘zimni o‘ldirib qo‘yayotgan iztiroblar,  qorong‘ulik tomon boshlardi.

Men xonamga kirganimda ortimdan qaxr bilan kirgan Jungkook meni qoʻrqitib yuborgandi.

Uning qadam tovushlari polni jaranglatib yuborar, xonada taranglik va vahima to‘lqinlanib yuborgandi

Men endi nafas olishga ham qo‘rqib, qadam tovushlarini eshitib, orqasiga o‘girilib qaradi. Ammo Jungkook hech qanday gap-so‘zsiz  shartta qo‘limdan tortib, qattiq itardi. Men zar bilan devorga urilib ketdim.

Jungkookning ko‘zlarida nafas olishga ham qo‘rqadigan bir vahshiylik, ayovsiz qahr bor edi. U hech narsa demasdan, meni yuzimga yan shapaloq tushirdi. Shu vaqt hushimdan ketay dedim, og‘zidan qon chiqib, lablarim qaltirardi.

JK- Sen kim bo‘libsan qochin ketishga urunadigan. Men seni bu yerda xohlaganimcha obqolaman, xohlaganimcha boshqaraman!

Men yerga yiqilib tushganimcha, boshimni ko‘tarishga ham jur’at eta olmadim. Qo‘llarim qaltirab, ko‘zlarim yoshga to‘ldi. Qalbim butunlay chil-parchin bo‘lib ketgandi.

O‘sha paytda eshik qattiq ochilib, Hoseok shoshilib ichkariga kirib keldi. U Mening holatimni ko‘rib, bir lahza o‘zini yo‘qotdi.

H - Bu nima qilayotganing, Jungkook? Nega uni bunchalik qiynaysan.? 
Hoseok qattiq ovozda, ko‘zlari g‘azab bilan chaqnab turardi.

Jungkook kulimsirab, yana o‘sha sovuq nigoh bilan Hoseok tomon qaradi.
JK - Bu mening ishim, sen aralashma.
Qo‘llarini cho‘ntaklariga tiqib, mazah ohangida gapirardi.

Boseok esa Mening yonimga cho‘kib, yuzimdagi qon izlarini ohista artdi. Men esa jim yig‘lab, ko‘zlarini yumib oldi.

H -  Yetar, Men uning barcha qarzlarini to‘lab beraman. Endi uni tinch qo‘y.! U men bilan ketadi.

JK - Hamma narsani pul bilan hal qilolaman deb o‘ylayapsanmi. U hali ham mening xizmatkorim.

H - Agar u xohlasa, men  unga yordam beraman,  SoFi, sen bu zulmdan qutulishing kerak. Men senga yoningda bo‘lishga va seni himoya qilishga tayyorman.

Men yerga qaragancha, ikki yigitning so‘zlarini eshitib, ichimda alam va savollar girdobida qoldim.
Jungkook esa kulimsiragancha.

JK - Ko‘ryapsanmi, sen xizmatkor bo‘lsang ham seni talashmoqda. Lekin esingda bo‘lsin, qanchalik qochishga harakat qilsang ham, sen baribir menga qarzdorsan.

Mening chinqirib yubormoqchi bo‘ldim, lekin ovozi chiqmadi. Yuragim ezilib, nafas olishi qiyinlashib ketdi.
-  Bu zulmdan qachon qutulaman.?  degan savol yana miyalarini kemirib o‘tib ketdi.

Menga qarab turgan Jungkook va Hoseokka qarab, ko‘zlarimni yumidim. Chunki baribir hech narsa o‘zgarmasdek tuyulardi…

Orandan bir oz vaqt o‘tgach Jungkook Hoseokni olib cgiqib ketdi. Shu tariqa 2 kun men xonamdan qamalib yotdim. So‘ngra bosh yordamchi kelib eshikni ochib, chiqib ketdi.

O‘sha kunlarni eslasam, yuragim yirtilib ketgudek bo‘ladi.

Jungkookning shafqatsiz zulmi ostida xizmatkor kabi yashab kelar ekanman, Hoseok oramizga kirib keldi. U hamon menga mehr bilan qarar, ko‘zlarida ezgulik chaqnardi. Bugun yana Hoseok keldi. Ular suhbatlashish uchun ayvonga chiqishdi. Aynan nima haqida suhbatlashishlari men uchun juda qiziq edi.

H - Mana bu naqt pullar bari dollorda, 1 limon buni o‘zin bilasan. SoFi ketishiga ruhsat ber.

JK - Buni kulgili xisoblagan edim. Ammo sen jiddiysan. Hoseok meni u bilan oldi berdimiz Bir millon dollordan katta. Bu limonlaringni o‘zing bilan olib ket.

H - Jungkook ahir u ham inson. Unga insondek munosabatda bo‘lmayapsan. Yoki o‘zgar yoki men barini o‘zgartiraman.

Ko‘p vaqt o‘tmay Hoseok hech narsa demasdan ketdi. Lekin shu tunda honam eshigi ovozsiz ochilib  Hoseok kirib keldi. Avvaliga bu meni vahimaga soldi. Hoseok menga sekin pichirladi.

H - SoFi, men seni bu do‘zaxdan olib chiqmoqchiman. Jungkook bilan gaplashib, qarzlaringni to‘lab berishga kelishaman. Istasang bir necha kundan so‘ng bu yerdan ketamiz.!

Yuragim bir lahzaga bo‘shashgandek bo‘ldi. Balki qutularman, balki bu qafasdan chiqib ketarman… lekin ichimda o‘sha qo‘rquv baribir yashar edi.

Hoseok oradan bir necha kun o‘tib, oxiri Jungkook bilan yuzma-yuz gaplashishga yana jur’at qildi. U ikkalasi yo‘lakda tik turganlarida men pastdan ularning ovozlarini eshitib turardim.

H- Jungkook, men SoFining qarzlarini hammasini to‘layman, pulga ko‘nmasang boshqa yo‘l bilan bo‘lsaham. Sen uni endi qiynama, iltimos. Men uni o‘zim bilan olib ketaman.

JK - Pul yo nima.? Hamma narsani pul va omborlaring bilan hal qilib bo‘lmaydi, Hoseok. U hali ham menga tegishli.

Hoseok esa bu gapga chiday olmay, unga qattiq tikildi.
H - Jin ursin, Jungkook. Sen odamni bunchalar ezib, tutqunga aylantirishni qayerdan o‘rganding.?

Men ichimda tilovat qilib, o‘zimga. "Hoseok meni qutqarib qolarmikan?" deb umid qilardim. Ular yana kelisha olmagandek nazarimga. Jungkook xonasiga kirib ketarkan, Hoseok pastga tushdiyu ortga bir nazar solib orqa darvoza tomon qo‘limdan ushlab yetaklay boshladi.

Meni mashinasiga mindirdi, ortimizga o‘girilib qaramasdan ketdik. Orqa o‘rindiqda beixtiyor yig‘lab yubordim. Hoseok qo‘limni ushlab, menga tasalli berardi.
H - Hammasi yaxshi bo‘ladi. Sen endi o‘zing uchun yashaysan.

- Biz deyarli kelib qoldik SoFi.

Ammo orqadan mashina chiroqlari yaltirab, quvib kelayotganini sezdim. U mashina juda tezlik bilan ortimizdan kelib urdi. Qonim sovib ketdi.

Birdan mashina to‘xtab, oynadan Jungkookning vahshiy nigohi ko‘rinib qoldi. U mashinani shunday haydab keldiki, bizning yo‘limizni tor yo‘l bo‘lishiga qaramay to‘sib oldi.

Hoseok mashinani to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Yuragim shunchalar tez urardiki, nafas olishga qiynaldim. Jungkook mashinadan tushdi. Uning ko‘zida olov chaqnardi, yuzida qahr va kulimsirash aralashib ketgandi.

JK - Hech qayoqqa qochib qutula olmaysan, SoFi.!

U shunday ohangda, go‘yoki dunyoning hukmdori o‘zi edi.

Hoseok mashinadan tushib, uni to‘xtatmoqchi bo‘ldi.

H - Jungkook! Bas qil, uni qiynama, men hamma qarzlarini to‘layman dedim-ku!

Ammo Jungkook kulib yubordi.
JK - Hamma narsani pul bilan sotib olish mumkin emas, Hoseok. Uning ruhi, uning taqdiri… ular meniki.

Jungkook mashina tomon yaqin kelganda Hoseok uni to‘xtatishga urundi. Ammo Jungkook unga zarba berdi. Ular bor biri bilan urushishardi, oxir oqibat Hoseok yerga yiqildi. Jungkook esa mashina eshinigi ochdi.
U qo‘limdan mahkam tortib, meni mashinasiga sudrab olib o‘tdi. Yig‘lab, titrab, o‘zimni mudrab qarshilik qilmoqchi bo‘ldim. Lekin kuchim yetmasdi.

U meni orqaga itarib, eshikni qattiq yopdi. Hoseokning ko‘zlaridagi ayanch, men uchun qilgan barcha kurashi o‘sha paytda shunchaki changga aylandi.

Jungkookning qo‘li esa bo‘ynimni qattiq siqib.

JK - Sen menga tegoshlisan, mening tutqunimsan. Buni unutma.!

Yana o‘sha qorong‘u qafasga, yana o‘sha do‘zaxga qaytdim… Va men o‘sha paytda ichimdan o‘zimga.
“Qutulolmayman, hech qachon…” deb shivirladim.

Mening bo‘g‘zimga tiqilgan ovoz, oxiri yorib chiqdi.

- Meni qadrlamas ekansiz, e‘tibor tugul axamiyat bermas ekansiz qo‘yib yuboring.! Men Hoseok bilan ketishimga izim bering.

O‘zimni har yoqa ura baqirar ekanman. Tezlik bilan to‘xtagan mashina orqa o‘rindig‘iga kuch bilan uruldim. Jungkook rulga mushtlagancha o‘zini bir oz tinchlantirganday bo‘lib so‘z boshladi.

JK - Men har doim ham beshavqat inson emasdim. Aslida bunga sabab seni otang.! Bungan 14 yil avvar otamming vafotidan so‘ng onam o‘zgarib qoldi. Buni sababi otam erta vafoti dib bilardim. Ammo oradan 2 yil o‘tgach asl sababini tushunib yetdim. Otang oyimning bosh qo‘riqchilaridan edi.
Men maktabdan shoshib onamning xonasiga kirganimda...seni...otang va onam ... ular birga edilar. Men bu bo‘lgan voqeadan so‘ng juda ko‘p harakat qildim ularni ajratish uchun,  oxir oqibat onam noma‘lum banda tomonidan otib o‘ldirildi. Bu voqeadan so‘ng 10 yil o‘tgach men otangdan qasd olish maqsadida oldiga bordim. Otajoning esa badal to‘lashdan qochib o‘z joniga qasd qildi. Men shunda bu badalni sen to‘lashingni hohladim. Ammo...ammo men seni yoqtirib qoldim.

Jungkook pov:

Aslida men uni ilk ko‘rgan kunimda yoq yoqtirganman. Uzun sochlar, jim jima qarashlar, qora ko‘zlar. Bari men uchundek ko‘ringan. Rassom o‘z ishini qoyilmaqom qilib chizgandek. Benuqson qiz edi. Hali yosh bo‘lgani sabab 2 yil shunchaki ko‘z ostimda saqladim. Endi uni o‘zimniki qilganimda Hoseok egalik qilishiga jim qarashim bu axmoqlik edi.

<SoFi
Oradan 10 kundan oshiq vaqt o‘tdi. Hammayoq suv quygandek jimlik sokinlik bilan egallangandi. Kechga yaqin Jungkook xonam eshigini qoqib ichkariga kirdi.

U sokin hamma yerga bir bir nazar tashlab yonimga joylashdi.
JK - Istasang ketishing mumkin ortiq tutqun emassan. Seni ortiq tobe qilish niyatim yoq. Qachondir ko‘rish istagi tug‘ilsa uy manzilim senga ayon. Lekin unutma sen menikisan, faqat va faqat meniki. Pastda mashina kutyapti bu narsalar seniki va sen uchun men bilan xayrlashish shart emas.

Bu eshitgan so‘zlarimga,  quloqlarimga ishonolmay qoldim. Avvaliga hazildek ammo Jungkookning jiddiligi buni aksini ko‘rsatardi. U eshit tomon yurarkan men beixtiyor ortidan yugurin borib quchdim.

- Raxmat... raxmat Janob Jeon...

Keyin bo‘lsa faqat o‘zim uchun kerak bo‘lgan narsalarimni oldim va hovliga chiqdim. Chindan mashina kutagotgandi. Men shoshilgancha unga mindim va oynadan uyga nazar tashladim. Junhkook o‘z honasida oynaga yaqin kelgancha kuzatardi. Aval men undan yuzimni burdim. Mashina o‘z joyidan yura boshlagach. Men oynadan qo‘limni chiqarib unga hayr manosida silkib qo‘ydim.

Men endi ozodman. Endi o‘zim uchun yashay olaman. Endi hech narsadan qo‘rqmay, hadiksiramay harakat qila olaman. Biz Seuldan bir oz uzoqlikda yashaganimiz uchunmi yo‘l menga uzoqdek tuyilardi.  Va men axiyri o‘z uyimda uhlayman. Bir oz boshimni o‘rindiqqa suyagancha hayol surardim.

Ko‘p o‘tmay bizni izimizdan 3 ta mashina kelayotgani ma‘lum bo‘ldi.
Haydovchi darvol Jungkookga qo‘ngiroq qildi. Uzoq gudokdan so‘ng Jungkook javob berdi.

JK - Manzilga sog‘ salomat yetkazdingmi.?
X - Janob bizda muammo bor, bizni ortimizdan 3 ta qora raqamlari berkitilgan mashina taqib qilmoqda.
JK - Nima.? Jin ursin. Lanatilar. Hoy meni yaxshilab eshit, joningni o‘rtaga tikib bo‘lsada SoFi sog‘ salomat uyiga borishi lozim.

Men eshitga songi sozlar shu boldi. Ikki moshina ikki tomondan siqib orqa tomondan esa boshqa biri kuchli zarb bilan urardi. Shu tarzda ko‘p o‘tmay. Chapdan biri yo‘l to‘sdi. Ammo haydovchi o‘ng tomon mashina rulini burar ekan orqadan berilgan kuchli zarba oqibatida. Mashinamiz ag‘darilib ketdi.

Men uchun hayot bu darajada shavqatsiz bo‘lishini kutmagan edim.
Bugun erkinlika erishdim bariga yetdim deganimda men endi o‘lishim muqarrar.
Hali o‘chimagan telefondan Jungkookning qichqirig‘i elas elas eshitilar. Haydovchi esa hamma joyi qon bilan belangancha hushsiz edi.

Mening ovozim hatto o‘zimga ham eshitilmas,  juda past ohangda Jungkookni chaqirardim. U yetib kelsayu meni qutqarib olsa. Inson vafotidan avval so‘ngi 7 daqiqa o‘z hayotining eng yaxshi vaqtlari ko‘z o‘ngida o‘tadi yeshishadi. Amma bu holat menda kechikardi.

Epizode: 3 tugadi.

Hato va kamchiliklar uchun uzur.

Reaksiya va fikr kutaman.💗