ALDANGAN AYOL QISMATI
NILUFAR (ismi o’zgartirilgan) ismli ayol asli Xorazm viloyatidan, oilaviy muammolar tufayli Toshkent viloyatiga kelib qolgan. NILUFAR ismli ayol Toshkent viloyatiga kelgach Akrom (ismi o’zgartirilgan) ismli erkak bilan tanishadi va erkak turli yolg’onlar bilan ayolning ishonchiga kirib nikohdan o’tmagan holatda 2023-yilda turmush qurishib qiz farzand ko’rishadi. Ayol tabiri bilan aytganda erkak ayollarga mukkasidan ketgan, ichkilik ichib tazyiq o’tkazadigan odati bor.
Ayol 2024-yil avgust oyigacha turmush o’rtog’ining tazyiq va zo’ravonligiga uchrab, jismoniy tazyig’I ortidan ayolning bosh, tana qismlarida ko’karish bilan Ichki ishlar tomonidan himoya orderi berilib, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Toshkent viloyati markaziga olib kelingan.
Ayolga markazga birinchi kelgan vaqtda hudud tibbiyot birlashmasidan shifokor chaqirtirilib, tibbiy ko’rikdan o’tkazildi. Tibbiy ko’rikdan o’tkazilgandan so’ng, ayolning farzandida gidrosefaliya (bosh qismda suv to’planishi) kasalligi borligi hamda bu kasallik bo’yicha Tibbiyot birlashmasida davolangani, biroq turli sabablarga ko’ra davolanish oxiriga yetkazilmaganligi aniqlandi. Bu kasallik vaqtida oldi olinmasa, Angren Tibbiyot birlashmasi shifokori noxush holatlarga olib kelishini ta’kidladi. Ayolning vaqtincha boshpanada yotgan vaqtida, tibbiyot birlashmasi shifokorlari ona va boladan doimiy ravishda xabar olib turishdi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi hamda Oila kodeksining 4-moddasi bo’yicha onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishini hisobga olib, onaning huquqlarini himoya qilib, NILUFARga Fuqarolik ishlari bo’yicha sudga otalikni belgilash va aliment undirish yuzasidan da’vo ariza kiritib berilib, ayol foydasiga sud qarori chiqarishga ko’maklashildi.
Hozirgi kunda ayol va uning voyaga yetmagan farzandi vaqtinchalik boshpanadan chiqarilgan hamda Tibbiyot birlashmasiga davolanish uchun yotqizilib, turmush o’rtog’i bilan yashashga xohishi yo’qligi sababli kvartirada ijarada yashamoqda. Ayol tomonidan uy-joy qilib berish huquqini ta’minlash yuzasidan Toshkent viloyati hududiy markaziga murojaat qilganida, markazning bu masalada vakolati yo’qligi tushuntirildi.