Happiness
Kim Taehyung- BTS aʼzosi va mashxur Idol
Lee Sena-hozirda Koreadagi universiteti talabasi.U xushmuomala,mehribon,aqlli odobli va biroz jaxldor, rashkchi qiz edi.
Sena army edi.Btsga qiziqar ularni musiqalarini sevib tinglar edi.U Taehyungni sevar edi, shunchalik kuchli oshiq ediki buni soʻzlar bilan tariflab boʻlmasdi.
Uni universitetda doʻstlari koʻp edi.Eng yaqin doʻsti Park Luna edi.Luna boy oiladan edi.
Universitetda ikki dugona koʻrishishdi.
Luna:Sena senga bitta zoʻr yangilik bor 😁
Sena: Hoʻsh qanday ekan?Nima yana yangi yigit topdingmi?🤨
Luna: Hozircha Jae-won bilan gaplashyapman..Eeee hullas ota-onam ish safari uchun Germaniyaga ketishyapti.Sen esa men bilan birga ular qaytguncha yashab turasan.😆Birga mazza qilamiz.
Sena:Ooo rostdanmi? qanday yaxshi 😆 Aytgancha sizlar yangi uyga koʻchgan edingiz,yangi uyingni koʻrib kelaman ekanda 😁
Qizlar Lunani uyiga borsa nimalar qilish haqida oʻylab kunni oʻtkazishdi.
Darslar tugadi,ular birinchi Senani uyiga borishda va unga kerakli narsalarni olib Lunani uyiga borishdi.(Lunani ota-onasi Germaniyaga ertalab uchib ketishgan edi).
Senaga Lunani uyining koʻchasi tanish tuyuldi.Ular Lunani uyiga yaqinlashishdi,va birdan Sena Lunaga qaradi😮
Luna:Ashh nega baqirasan?nima boʻldi?
Sena:Sen Kim Taehyungni qoʻshnisi ekansan.Uning uyi sjzning uyingiz qarshisida🥹
Sena Taehyungni uyini koʻrdi va uyga tikilib qoldi.Keyin Luna Senani oʻzining uyiga tortib olib kirib ketdi.
Luna:keyin ham tomosha qila berasan🙄
Sena: Sen meni tushunmaysan,mashxur insonni sevish qanday tuygʻu ekanligini bilmaysan🤧🫠
Luna Senaga yangi uyini koʻrsatib chiqdi,ammo Senani hayoli Taehyungda edi.
Sena:Luna,sizlar yangi qoʻshnisizlar, qoʻshnilarga narsa tarqatdingizmi?
Sena:mhm🤔,Luna yur narsa pishiraylik, boʻlaqol tez
Sena: Taehyungga,uni shu bahonada koʻrib olaman 🥹
Ikki dugona birgalikda Senani hohishiga koʻra shirinlik pishirishdi.Ular tugatishdi va uydan chiqib Taehyungni uyiga borishdi va eshikni taqillatishdi, eshikni qoʻriqchi ochdi.va ular qoʻriqchiga shirinlikni berishda,va ketishdi.
Sena:men uni koʻrishga umid qilgan edim😭ammo eshikni qoʻriqchi ochdi, Taehyungni koʻrishni hohlagan edim😭
Luna: boy insonlarning uyida qoʻriqchi boʻladida
L:yigʻlama uni koʻrish bir kun nasib qiladi🤧
Ular uylariga qaytib kirishdi.Bu boʻlgan voqeani barchasini Taehyung kameradan koʻrgan edi.Taehyung Senani oldin ham koʻrgan edi.Biri yoʻlda koʻchada doʻstlari bilan kulishib ketayotganda,biri doʻkonda ishlayotganda va biri restoranda Luna bilan ovqatlanayotganda.Taehyung ham Senaga eʼtibor bera boshlagan edi, chunki Sena boshqa qizlardan ajralib turar edi, chiroyli, odobli, xushmuomala, oʻzining dunyosiga ega qiz.🫠
Sena va Luna uyiga kirdi,ular birga gaplashishdi,kino koʻrishdi,va Luna yigiti bilan uchrashish uchun ketdi,Sena boʻlsa katta va qimmat uyda oʻzi yolgʻiz qoldi.Sena Btsning musiqasini baland qilib qoʻyib raqsga tushib, oshxonani tartibga solayotgan edi.Va birdan eshik jiringladi.Sena yugurib borib eshikni ochdi va qotib qoldi.
Taehyung: Salom, sizdan bir iltimosim bor edi? mening kir yuvish mashinam buzilib qoldi,bu kir kiyimlarni sizning kir yuvish mashinangizda yuvib olsam boʻladimi?
Sena: albatta,keling men bularni oʻzim yuvib beraman.(Senani yigʻlagisi kelayotgan edi,ammo Taehyungni noqulay qilmaslik uchun oʻzini tiyib turar edi.)🥹
Tae: raxmat 😁(Tae bu ishni ataylab qilgan edi,u Senani yaqinroqdan koʻrmoqchi edi)Sena undan kirlarni oldi va kir yuvish xonasi tomon yugurib ketdi.Uning bu harakatidan Tae kulib yubordi.
Sena:Siz uyingizga borishingiz mumkin,men bu kirlarni yuvib oʻzim sizga olib kirib beraman 🥹🫠
Taehyung eshikdan chiqib ketishi bilan,Sena baqirib sakradi u juda ham hursand edi, nihoyat u Taehyungni koʻrgan va u bilan yaqindan bilan gaplashgan edi🥹. Taehyung Senani baqirgani eshitdi va u chin dildan kulib yubordi.Sena kirlarni tez yuvishga harakat qildi,va ularni yuvib boʻlib dazmolladi dazmollash paytida u qoʻlini kuydirib olgan edi,ammo u bunga hozir eʼtibor bermas edi.U kirlarni yuvib Taehyungni uyi tomon yurdi va eshikni jiringlatdi.Bu safar eshik katta ochildi va qoʻriqchi uni uy tomon boshladi,Sena hursand edi.Sena asosiy uyga kirdi Taehyungni qidira boshladi.Taehyung tepa qavatdan tushib kelayotgan edi Sena unga tikilib qoldi 🥹.
S:Men kiyimlarni olib kelgan edim
Taehyung undan kiyimlarni oldi va Senani qoʻlini kuyganini koʻrdi.
T: qoʻlingizni kuydirib olibsiz.
Taehyung uning qoʻlidan ushlab yotoqxonasiga olib kirdi va yotoqga oʻtirgʻizdi,va oʻzi birinchi yordam qutisini olish uchun ketdi.