June 24

Professor's wife

Katta uyda ogʻir qadam tovushlari yotoqxona tomon yaqinlashishni boshladi.Eshik ochildi.Bu Rm edi.

Senaning ham eri,ham professori

-Sena uygʻon.

-....mhm

-SENA,uygʻon dedim universitetga kech qolamiz.

-mhm.

Birdan ustiga suv toʻkilgan Sena,seskanib uygʻonib ketdi.

-Bu nima qilganingiz? toʻgʻri uygʻotsangiz ham boʻlar edi

-peshonangdan oʻpib uygʻotishimiz kerakmi endi

-kerak boʻlsa HA.

Qiz asabiy ravishda oʻrnidan turdi va hammomga kirib ketdi.

-Seni uzoq kutmayman tezroq boʻl

Rm shunday deya xonadan chiqib ketdi.Sena dush qabul qilib kiyindi va sumkasini olib moshinaga chiqdi.Hali ham asabiy edi.Rm moshinani ishga tushurdi.Sena faqat telefonga eʼtibor berar Rmni e'tiborsiz qoldirar edi.

-Shu kunlarda telefonga koʻp vaqt ajratyapsan, universitetda ham doim telefon bilan bandmisan?

-Sizga nima qizigʻi bor?uni ustiga universitetda doim meni kuzatib yursangiz.

-Men birinchi navbatda sening eringman,va hamma narsani qizigʻi bor.Yana universitetda professor Kimni xotini oʻqishlariga eʼtibor bermayapti degan gap ham chiqidi hali endi.

-buni nima ahamiyati bor?

Rm Senani qoʻlidan telefonni olib qoʻydi.

-Qaytarib bering

-Yoʻq, oʻqishingga eʼtibor qarat

-Bering dedim,Ber

-Haddingdan oshma

-Oʻzingiz birinchi haddingizdan oshdingiz Professor Kim.Biz allaqachon universitetdamiz va endi biz Professor va talabamiz.

Moshinani toʻxtadi,Sena telefonni olmoqchi edi ammo Rm tezkorlik bilan telefonni boshqa tomonga oldi.

-Sena,telefon yoʻq, oʻqishingga eʼtibor qarat,menga mening darsimni oʻtgan mavzusini qaytadan oʻqib topshirasan va keyin telefoningni olasan.

-Uffff

Sena moshinadan eshikni qattiq yopib tushib ketdi.

-Damn

Universitetda darslar boshlandi,Ikkisi ham oʻzlarining darslariga yoʻl olishdi,va Sena uchun navbatdagi dars Rmni darsi edi.Sinfxona eshigi ochilib Rm kirib keldi.Sinfdagi koʻp qizlar Rmni kelishganligi haqida gapirishni boshlashdi.Buni Rmga qizigʻi yoʻq edi,u bunday narsalarni yoqtirmas edi.Dars boshlandi,Rm tushuntirishni boshlaydi.

Dars jarayoni

Sena dugonasi bilan gaplashishni boshladi,ular shunchalik gaplashar edi hattoki Rmni ham ogohlantirishini ham eshitishmadi.

-SENA, darsga eʼtibor qarat dedim

-Nima faqat men gapiryapmanmi?qolganlar ham gaplashyaptikuu

Rm Senaga keskin nigoh bilan qaradi,aniqki Senani gap qaytarishi jazosiz qolmas edi.

-Sena,darslar tugagandan soʻng mening xonamga kir.

-mhm.

Rmga Senaning beparvo harakatlari yoqmadi.Jagʻi qattiq qisildi.Sinf jim boʻlib qoldi,dars shu zaylda davom etdi.

-Dars tugadi, bugungi mavzuni tushundingiz deb oʻylayman.

Rm Senaga qaradi,Sena esa boshqa bolaga qarab turgan edi,bundan Rm koʻkragida notanish tuygʻuni his qildi balki rashk balki gʻazab

Sena va oʻsha bola

-Sena,mening officimga hozir.

-Uffffff

Sena oʻrnidan turdi va sekin Rmni orqasidan yurdi, hozir nimalar boʻlishi haqida oʻyladi,Rmni sukuti-bu eng jaxl chiqgan payt edi.Rm rostdan ham gʻazabda edi,Senani gap qaytarishi, etiborsizligi, va oʻsha bola sabab .Rm office eshigini ochdi.

-Ichkariga kir

Sena sekin ichkariga kirdi,Rm uni orqasidan kirib eshikni qulfladi.

-Hoʻsh,Mrs.Kim xonim