January 4, 2025

True mates

5-qism

Tae: lekin Jungkook haqiqatan hammamizni o'ldirsachi?

Xiz: uni kuchi Eun Wooga yetmaydi. Axir u sherku

Tae: bilmadim. Boshim qotdi.

Xiz: qirolim ishonavering. Hammasi yaxshi bo'ladi.

Tae: agar biron-bir muammo chiqsa, kallangni olaman.

Xizmatkor qo'rqishni boshladi. Lekin Taehyungni o'z akasidek yaxshi ko'rgani va uni o'ylagani uchun hamma narsaga rozi bo'ldi.

Xiz: mayli qirolim, roziman. Menga ishonavering. Hammasi yaxshi bo'ladi.

Tae: mayli, unda Eun Wooga roziligim haqida xabar beringlar. Faqat ehtiyot bo'l, bu haqida Jungkook bilmasin.

Xiz: xop bo'ladi. Hammasini siz aytganingizdek qilamiz.

Xizmatkor darrov Eun Wooning qirolligiga maktub bilan chopar yubordi.

Chopar maktubni Eun Wooning shaxsan o'ziga topshirdi. Eun Woo xatni o'qishi bilanoq oq bo'rilar qirolligiga yo'l oldi.

Maktub: Xurmatli Eun Woo. Taklifing haqida o'ylab ko'rdim. Agar malol kelmasa qirolligimga kelsang. Sen bilan to'y masalasida gaplashib olishimiz kerak.

Taehyung maktubni yuborganidan 2 soat o'tar-o'tmas Eun Woo qirollikka yetib keldi.

Woo: axiyri rozi bo'libsanda🥹

Tae: ko'p xursand bo'laverma. Men shunchaki singlim va yaqinlarimni o'ylab shu ishni qilyapman.

Woo: demak menga turmushga chiqishga rozisana?🥺

Tae: xa, faqat bir shartim bor

Woo: qanaqa sharting bor? Aytaver, sen uchun hammasiga roziman. Xatto o'lishgayam

Tae: meni va yaqinlarimni qora bo'rilar qirolligidan himoya qilasan. Agar biron-bir yaqinimga ziyon yetsa, bilib qo'y Eun Woo, shu zahoti nikohimiz bekor bo'ladi.

Woo: albatta, albatta hammangizni himoya qilaman. Faqat menga ishonsang bo'ldi.

Tae: yana bir gap, to'ydan keyin menga umuman yaqinlashmaysan.

Woo: nimaaa? Endi bu sharting ortiqcha. Undan ko'ra senga uylanmaganim yaxshiku.

Tae: xop, xop. Gapimni qaytib oldim.

Woo: endi sendan bir marta bo'sa olay, iltimos🥹

Tae: hali to'yimiz bo'lgani yo'q ahmoq.

Woo: iltimos, axir baribir ering bo'lamanku.

Taehyung nima qilishga o'ylanib qoldi.
Tae: avval to'y haqida gaplashib olaylik. Keyin o'ylab ko'raman

Woo: xop. Unda to'yni 3 kundan keyin qilamiz xop.

Tae: buncha tez?

Woo: axir 6 kundan keyin Jungkook seni olib ketishga keladiku.

Tae: exa, to'g'ri aytasan.

Woo: menda bir fikr bor

Tae: qanday?

Woo: sen Jimin va Nancyni olib meni qirolligimda yashaysan. Qirolligingni esa dadam boshqaradi. Bilasan, dadam ham seni kelin qilish niyatida edilar.

Tae: qanday bo'larkin?

Woo: qanddek bo'ladi. Ishonaver

Tae: xop mayli

Woo: kel endi. Bir marta bo'sa olay.

Taehyung indamadi. Boshini ekkancha turaverdi.

Woo: sukut - rozilik alomati.

U shunday deya Taehyungning yuzini o'ziga qaratdi va lablaridan iliq bo'sa ola boshladi. Bu bo'salar biroz qo'pollashdi. Eun Woo qo'linj sekinlik bilan Taehyungning dumbalariga* olib bordi va ularni mijg'ilay boshladi.

Taehyung bo'sani uzdi.
Tae: nima qilganing bu ahmoq.

U shunday deya Eun Wooni o'zidan itarib yubordi.

Woo: nima qipti, baribir xotinim bo'lasanku

Tae: bunday ishlarni xotining bo'lganimda qilaverasan. Lekin hozir umuman yaqinlashma

Woo: hali qarab tur. To'yimizdan keyin jazoyingni beraman.

Taehyung qo'rqqanidan yutindi.

Bu paytda qora bo'rilar qirolligi...

Jungkook to'y uchun hamma narsalarni tayyorlatdi. O'zi va Taehyung uchun to'y kiyimlarini ham shay qildirdi.

Jk: uff, qachon shu 6 kun o'tadi va men sevgilim bilan birga bo'laman.

U o'z xonasida o'ziga-o'zi gapirib o'tirardi. Shu payt Changbin kirib keldi.

Bin: haliyam sevgilingizni o'ylab o'tiribsizmi?

Jungkookning hayollari bo'lindi.

Jk: xa Changbin, senmisan. Kelaver.

Bin: aka, to'g'risi sizni oldin bunday ahvolda sirayam ko'rmagandim

Jk: ahvolimga nima qipti?

Bin: siz oldin judayam badjahl va shafqatsiz edingiz. Lekin hozir judayam ko'ngli bo'sh, mehribon odamga aylanibsiz-qolibsiz. Rostan ham sevgi insonni o'zgartirib yuborar ekan.

Jk: Changbin, barcha ichimdagi gaplarimni faqat senga ayta olaman

Bin: gapiring aka, sizni jon dilim bilan eshitaman

Jk: bilmadim menga nima bo'lyapti. Men Taehyungni juda qattiq sevib qoldim. U judayam go'zal. Umrimda ko'rgan go'zal qizlardanda go'zal. Ismini qara chiroyliligini - Taehyung. Ex uka, kechalari umuman uxlay olmayapman. Xayolimda faqat u. Qachon unga yetishaman a?

Bin: aka, o'ylanmang. Oz qoldi. Yaqinda kelnoyim oldingizda bo'ladi. Birga baxtli oila bo'lasizlar. Ko'p farzandlar ko'rasiz. Jiyanlarimni o'zim katta qilaman.

Jk: shundaylikka shundaykuya, lekin negadir yuragim g'ash.

Bin: nega?

Jk: kecha bir tush ko'rdim. Tushimda qop-qora kiyingan bir maxluq Taehyungni mendan o'g'irlab ketyotgan ekan. Ortidan ancha quvdim. Lekin tutolmadim. Eng qizig'i - u maxluqning yuzi yo'q edi.

Bin: ex aka, shungayam o'ylanasizmi axir bu tushku. Shunchaki tush.

Jk: ishqilib shunday bo'lsinda.

Lekin Jungkookning tushi rost ekanligini uni o'zi bilmasdi. Tushidagi maxluq esa Eun Wooligi xayoliga ham kelmadi.

Jungkook bir kun ichida ancha tushini o'ylab siqilib yurdi.

5-qism tugadi