January 28, 2020

Bill Geyts koronavirusga qarshi kurashish uchun 5 million dollar xayriya qildi

China Daily gazetasi’ning xabariga ko‘ra, Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts koronavirusning yangi turiga qarshi kurashda Xitoyni qo‘llab-quvvatlash uchun 5 million dollar ajratdi.

Xabarda yozilishicha, Bill va Melinda Geyts jamg‘armasi pnevmoniyani yo‘q qilish bilan shug‘ullanadigan xitoylik xususiy va jamoat tashkilotlari bilan faol hamkorlik qilmoqda.

Ajratilgan mablag‘lar virusni yuqtirgan odamlarni aniqlashda va davolashda, shuningdek, virusga qarshi vaksinani jadal ishlab chiqishda ishlatiladi.

"Biz ushbu kasallikning tarqalishidan qattiq tashvishdamiz va pnevmoniyaga qarshi kurashda ilg‘or odamlarga samimiy hurmatimizni izhor etamiz”, dedi Li Ino, Bill va Melinda Geyts jamg'armasining Xitoy bo‘limi direktori.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu xayriya Afrika mamlakatlariga qit’ada yangi turdagi pnevmoniya tarqalishining oldini olish uchun ajratilgan.

Ma’lumot uchun: Xitoyda ushbu virusdan kasallanib halok bo‘lganlar soni 80 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 2744 nafarga yetdi. Butun dunyo bo‘ylab 2800 nafar odamda ushbu virus aniqlandi.