March 28, 2025

“Muhabbat va Jazo”

"O'zimni izlab safarga chiqdim. Natijada esa yo'ldan adashib butkul yo'qoldim,keyin bilsam aslida mavjud bo'lmagan ekanman. Shunchaki bir telba qizning ro'yolarida sayr qilibman..."

Men Sanam!
Xonamda o'tirgancha eshitayotgan baqiriq ovozlari borgan sari miyyamga bolg'a bilan urgandek og'riq berardi. Kravat yonida yerga cho'kkalagancha quloqlarimni berkitardim. Ammo bu foyda bermasdi, baribir tashqarida bir-biridan qolishmay baland ovozda gap talashayotgan ikki odamning so'zlari boshimda aks sado berardi. Bu deyarli aqlimni taniganimdan buyon davom etib kelmoqda, oyim bilan dadam qandaydir bahonalar bilan urishib qolishadi va dadam oyimni uradi, huddi hozirgidek! Qarsillagan ovoz va oyimning jon holatdagi chinqirig'idan o'rnimdan sapchib turib xonamdan zalga chiqdim. Dadam oyimni yuziga musht tushardi.
— Urmang oyimni! Meni uring. Urgingiz kelyaptimi, meni uring! — Uni qo'liga osilib qayerdandir kelgan jasoratim va qati'yatim bilan unga qarata dedim.
— Qoch chetga! Bor xonanga kir.
— Qochmayman, nima qilsangiz qiling! Lekin oyimni urolmaysiz. Yetar ortiq chidolmayman, esimni taniganimdan buyon onamni arzimagan narsalar deb kaltaklaysiz... — Uning moviy katta-katta bo'lib ketgan ko'zlaridan cho'chib tursamda gapimda davom etaverdim.
— Senga qoch chetga dedim. — shunday degancha meni yerga irg'itib yubordi.
— Hali sen menga shunday gap qaytaradigan bo'ldingmi? Otangga bo'lgan hurmating shumi?
— Siz hurmatni bir pul qilib bo'lgansiz. Qanday qilib onamni uradigan odamni otam deb hurmat qilay?
— Yo'qol ko'zimdan! Kir xonanga.
— Kirmayman. Meni uring, siz shunday humoringizdan chiqasiz-ku! — Otamga oldinlari bunday gapirmaganman, lekin endi sabr kosam shunchalik to'ldi-ki yorildim. Bu tomonda esa oyim yeg'lab yuzini changallab turardi. Oyim asli kuchli ayol. Har tomonlama ko'p narsaga qodir biroq bilmadim nega shuncha vaqtdan beri uning kaltaklariga jim chidab keladilar, nega ajrashib ketmaydilar?
— Sen ham mana shu onanga o'xshab tiling o'n qarich bo'lsa, ering urib o'ldiradi.
— Sizni bu ishingizni hech narsa oqlamaydi, na onamning tili uzunligi va na boshqa! Er sizdek bo'lsa, men erga tegmay o'tganim bo'lsin! Hamma erkak zoti shunday bo'lsa MEN HECH QACHON TURMUSHGA CHIQMAYMAN!
— Shunaqami? — Yuzi g'alati qiyofaga o'zgarib ketdi. Qo'rqsamda g'azab bilan qarab turdim va yuzimga kuch bilan ketma ket zarbalarni kutib oldim. Yuzim har tomonga qayrilib qoldi, biroq hech narsa his etmasdim, muzlab qolgandim go'yo. Oyim uni qo'llariga yopishib ketdi. Biroq dadam deb atashga noloyiq men hatto uni qizi bo'lib tug'ilganimdan million marta jirkanadigan odam. Meni nazdimda u odam ham emas! Chunki odam, inson bunday ish qilmagan bo'lardi. Bilmadim qaysi ota o'z qiziga shunday narsani tilaydi? Seni ering urib o'ldiradi, umring kaltak tegida o'tadi deydi? O'sha kuni men hayotimda juda muhim qaror qildim.

Bolaligimni barbod qilgan, meni otasiz qoldirib, xotiralarimni boshdan oyoq o'zining qo'rqoqligi va ojizligi bilan kirlatgan o'sha odamni hech qachon kechirmayman. Chunki o'ziga ishongan va kuchli erkak bunday yo'l tutmagan bo'lardi, bahtli qilish qo'lidan kelmasa hech qursa ketardi. Ammo u shuncha yil na unisini qildi va bunisini, ojiz va qo'rqoq bo'lgani uchun ham boshqalarga hukmini o'tkazib o'zini kuchlidek his etishni istagandi. O'sha kun meni uydan haydab soldi, sovuqda ko'chada sang'ib yurdim. Yeg'lar ekanman sovuq suyak-suyagimdan o'tib ketardi. Undan nafratlanaman, shu qadar yomon ko'ramanki, bu nafrat butun umrim uchun ham ko'plik qilsa kerak. Bazan shuncha yil o'zini yerga urdirgani uchun undan ham xafa bo'lib ketaman, biroq uni boshqa iloji yo'q edi. Har holda u ulg'aygan urf-odatlar shunday o'ylashga majbur qilardi. Zero tanlov doimo bo'ladi, shunchaki biz uni qilishga jura'timiz yetishi kerak.

5 yildan so'ng...

Ko'zlarimni shinam yotoqning bir chekkasida ochdim. Naqadar o'rtada yotishga urinmay bo'lmasdi, ertalab tursam baribir chekkaga tushib qolgan bo'lardim. O'rnimdan turib qo'llarimni tepaga cho'zib esnaganimdan so'ng, derazani ochib bahorning iliq havosidan o'pkamni to'ldirib nafas oldim.

O'sha kundan buyon besh yil o'tibdi-ya, vaqt hech kimni va hech narsani ayamayapti. O'sha voqeadan so'ng ota onam vanihoyat ajrashishdi. Shuncha yil berilmagan qaror o'sha kun berildi. Men hursand edim, oyimning bu qaroridan, odatda farzandlar ota-onasi ajrashsa xafa bo'lishi kerak emasmi? Yo'q, men hech ranjimadim.
— Oyijonn!
Oldingidan ancha kichik ammo huzurli uyimizning yo'laklari bo'ylab oshxona tomon borar ekanman, oyimni chaqirib ketardim.
— Sanam?! Uyg'ondingmi, qizim? Endi borib seni turg'izib kelmoqchi edim.
— Turdim, hatto uyg'otgichim chalmasidan ko'zlarim ochilib ketdi. Vauv, bu qanday hid? Nimalar pishiryapsiz?
— Tort qo'lingni! — Qozonga qo'limni tiqqan edim hamki, oyim qo'limni tortib oldi.
— Kim aytadi-ya bu qizni, 25 ga chiqqan deb haliyam 5 yosh qizaloqdan farqing yo'q!
— Yosh ko'rinsam ayb mendami,tovba-tovba!
— Ko'p gapirmay, qo'l yuzingni yuvib chiq! Men ukangni uyg'otaman.

— Ha, erkatoyingizni uyg'oting.
Ukam - Habib, mendan to'rt yoshgina kichik va avgust kelsa 21 yoshini qarshilaydi. Men esa oyim 25 ga chiqding degan bolsa ham bunga hali ikki uch oy vaqt bor.
— Turey, kap-katta yigitsan, haliyam o'zing turolmasang, o'qishinga kech qolasan. — Yuvinib chiqib qarasam hali ham uhlab yotgan Habibni ko'rib baqirdim. Har kuni shu ahvol, hech qachon vaqtida uyg'onib o'qishga ketmagan, doimo nechchidir daqiqalar qolganda shoshilib ketadi.
Men ham oyim bilan nonushta qilganimdan so'ng apil-tapil kiyinib ishimga ravona bo'ldim. Biroz yurib metroga tushdim. Eshiklar yopiladi va men hayollarim qafasida yana yolg'iz qolaman. O'zim ham bilmayman buncha nima haqida o'ylayman? Otam haqida o'ylasam negadir hali-hamon yeg'lagim keladi. Yuragim og'riydi. U shunday bir chuqur yara qoldirganki na yo'qligi davolay oladi va na borligi. Undan nafratlanaman bizni shu ahvolga solib o'zi qayerdadir bahtli yashayotganini o'ylasam battar g'azabim toshadi. Asosiy janjallar oldinlari qarindoshlarimizu otamni birinchi turmushi sabab chiqgan bo'lsa keyin ukamning ko'cha bolasi bo'lib qolgani va tarbiyasi sabab bo'lardi. Deyarli har kuni Habibni biron aybini topib urishardi. Hatto bir marta mashinasini urib qo'ygani uchun rosa urgandi. Lekin yosh bolaga mashina bergan o'zi edi. Bazan dadam ukamni yomon ko'rsa kerak deb o'ylardim, bilsam u o'zini va qadriyatlarini shu qadar sevganidan hayotida boshqalarga bo'lgan muhabbatga joy yo'q ekan.

Shu hayollar bilan bekatindan o'tib ketay dedim o'ziyam sakrab turib chiqdim. Ozgina yurib men ishlaydigan "Toshkent Golden Valley" nomli katta mehmonxonaga kelib oldim. Bu shahardagi eng nufuzli va uzoq yillik mehmonxonalardan bir hisoblanadi.Kiraverishdagi ikki yildan buyon tanish bo'lib qolgan qoravul amaki bilan salomlashib ichkariga to'g'ri hodimlar kiyinish xonasiga bordim. Men bu yerda mehmonlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i lavozimida ishlayman,lekin boshida shunchaki oddiy yordamchi tarjimon bo'lib ishga kirgandim.
— Sanam opa yaxshimisiz?
— Kiyinish xonasida Nodira gap qotdi.
— Yaxshi go'zalim o'zingdan so'rasak?
— Eshitdingizmi vip qavatdagi bi mijoz shikoyat qilibdi.
— Yana meni boshimga balomi? Nimadan shikoyat qilibdi?
— Aniq bilmayman-u ertalabdan muhim nimasidir yo'qolib qolgan emish.
— Ishqilib topilsinda!
Faqatgina yo'l bo'yi yozishga ruxsat berilgan sochimni butkul uig'ib tashlab, tizzamsan pastda turadigan klassik yubka va ustimga kastumimni kiydim.

Receptionda bu vip mijoz haqida biroz malumotga ega bo'lgach, xona egasi Shahriyor, familyasi sirli qoldirilganini bildim. Bizda bunday narsa kamdan-kam yuz beradi. Ropparosa 8 qavatdan iborat binoning eng so'ngi qavatiga lift orqali chiqdim. Aslida yonimda yordamchim bo'lishi kerak edi, lekin u ham aksiga olib bugun kechikyapti, mayli hozir uning nimasi yo'qolganini bir aniqlashtiraylikchi, balki allaqachon topgandir ham. Liftdan chiqib yo'lak bo'ylab to'g'ri 808-xona tomon bordim, qarasam eshik lang ochiq yotibdi. O'ylab o'tirmasdan hovliqib ichkariga kirdim. Zalda ham tartibsiz bo'lib yotgan yotoqxonada ham kimsa yo'q edi. Kiyimlar har yerda yotganidan anglash mumkinki, u tunni kim bilandir o'tkazgan biroq o'sha qiz tongda ketgan, yigitning kiyimlari esa hamon sochilib yotibdi. Bu vip bo'limda men duch kelgan birinchi holat emas aslida. Bu bo'limni tanlaydigan yosh yigitlarning 90 fozi tunni yolg'iz o'tkazmaydi.

— Sen kimsan va bu yerda nima qilyapsan? — Ortimdan kelgan ovozdan sapchib qayrildim va qarshimda oppoq hotel halatida sochlari suv holatda turgan bo'ylari uzun ko'rkam yigitga duch keldim.
— Men....men mehmonxona hodimiman! — Umuman bu kiyimimdan ko'rinib turgan narsaku. Yana u menga boshdan oyoq yeb qo'ygudek qarayotgan bir paytda buni payqamaslik ilojsiz.
— Mehmonxona xodimlari shunchalik bemalol har kimning xonasiga bostirib kiraveradimi?
— Yo'q albatta. Eshigingiz ochiq bo'lgani uchun biron narsa bo'ldimi deb...
— Yana nima bo'lsin? Qimmatbaho soatim yo'qolib qoldi.
— Ha, men ham aynan shuning uchun kelgandim. Men Vip mehmonlar bilam ishlash bo'limi boshlig'iman.
— Sanam?! Shundaymi? — Qo'pollik bilan hatto so'ramasdan ko'ksimdagi ismim yozilgan yorliqni ushlab dedi.
— Sen bilan oldin uchrashmaganmizmi? — yuzini burishtirib so'radi. Nahotki men shunday noodatiy gavdali va noyob yuzli va o'ta qo'pol bunday yigitni unita olsam. Umuman bunday tiplarni esdan chiqarish qiyin.
— Juda eski usul emasmi? — Nega unday dedim-a? Lekin gapirish ohangidan va ko'z qarashlaridan menga suykalmoqchi bo'layotgani ayon edi.
— Meni qandaydir usullardan foydalanadi deb o'yladingmi? — yengil jilmaydi, — Chindan lablaring menga tanish!
Nima balo, bu ahmoq soatiga qo'shib miyyasini ham yo'qotib qo'yganmi?
— Manzilda adashdingiz, men siz o'ylagan qizlardan emasman. Agar soatingizni aynan qayerda yo'qotganingizni aytsangiz, sizga yordam beramiz. — Undan uzoqlashib hotirjam jilmaydim, lekin mehmonxona tashqarisida bo'lganimizda mendan yaxshigina tepki yegan bo'lardi bu yigitcha.

— Nahotki? — Nigohlarini takrordan tepadan pastga yuritdi. — Balki yotoq ostidan izlab ko'rarsiz.

Buni ataylab aytgani ayyorona porlayotgan tabassumidan shundoqqina bilinib turardi. Chunki meni bunday baland tuflida va tor yubkada egilishimni ko'rmoqchi. Men bunaqasiga oldin duch kelmaganman, u o'zini kim deb o'ylayapti?
— Albatta. — Sohta kulgancha borib tizzalab kravat ostiga bazo'r qaradim, u yerda qandaydir qizil ichki kiyimdan boshqa hech narsa yo'q edi.
— Bu yerda yo'q.
— Mehmonxonaning xizmat darajasi shunchalik tushib ketganmi? Bunday e’tiborsizlikni kutmagandim!— Tepamga kelib sovuq ohangda sochini sochiqqa artdi.
— Janob, biz bu yerda hech qachon mehmonlar buyumlarini yo‘qotmaymiz. Balki boshqa joyga qo‘yib qo‘ygandirsiz?
— O'rnimdan turib unga to'g'rima to'g'ri kelar ekanman yana kulib dedim.
— Siz meni masxara qilyapsizmi? Men qayerga qo‘yganimni yaxshi bilaman. Yo‘qolganini ko‘rganimda darhol xabar berdim!
— Chuqur nafas olib chiqarib o'zimni bosishga urindim.
— Xo‘p, janob. Men shaxsiy javobgarlikni o‘z zimmamga olaman. Iltimos, menga imkon bering, men buni tekshiraman.
— Shundoq ham bunga butkul siz javobgarsiz!
Janob manman menga shubhali nigoh bilan qarab turaverdi. Shundan keyin pastga tushib mehmonxona xavfsizlik xizmatini chaqirib, xodimlardan yordam so‘radim. Eshik nega ochiq qolganiga ham bizning beparvo hodim sabab ekan, mijoz uni shoshirgani uchun yopishni unitibdi. Xonani yaxshilab tekshirishdi va nihoyat, zal burchagidagi stul ostidan uning tilla soati chiqib qoldi
Ataylab unga soatinj o'zim berishni istab u turgan yotoqxonaga bordim. Kirishim bilan nayzadek keskir nigohlarini menga tikdi. Hayriyate kiyinib olibdi.
— Mana, janob. Endi mehmonxona xodimlariga asossiz tuhmat qilmaganingizga ishonchim komil.

Noqulay vaziyatga tushib qolganiga qaramasdan, mag‘rurligini saqlab qolishga harakat qilardi.
— Demak, seni ayblashga shoshilmasligim kerak ekan-a?
— To'g'ri topdingiz! — kulimsirab javob berdim.

/Finish_post