October 16

“Zakovat” intellektual o’yini tashkil etildi

2024-yilning 14-oktabr kuni soat 15:15 da BuxDU IV binosining 1-qavatida “Tarix va yuridik fanlar” fakulteti I kurs “Yurisprudensiya” yo’nalishi talablari bilan “Arxeologiya” mutaxassisligi II bosqich magistranti Djumayeva S. hamda tyutor Aslonova T. ning hamkorligida 5 tashabbus doirasida aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish masalalari bo’yicha “Zakovat” intellektual o’yini tashkil etildi.

“Zakovat” intellektual o’yinida “Iceberg”, “Anti crime”, “Parlament”, “Femida”, “Federatsiya” va “Yuristlar” nomli 6 ta jamoa shakllantirilib, ushbu jamoalarning har birida 6 nafarda ishtirokchi qatnashdi.

“Zakovat” intellektual o’yini 2 turda - har bir tur 12 ta savollar asosida o’ynalib, bunda jamoalar o’z bilimlarini sinovdan o’tkazdilar. Tur oxirida yig’ilgan ballar hisoblanib, g’oliblar taqdirlanishdi. Jumladan, “Iceberg” jamoasi 14 ball bilan 1-o’rinni qo’lga kiritib, g’olib deb topildi va I darajali diplom va kitob bilan taqdirlandi. “Anti crime” jamoasi 11 ball bilan 2-o’rinni egallashdi va II darajali diplom va badiiy asar bilan mukofotlandi. 3-o’rin “ Parlament” jamoasiga nasib etdi va bu jamoa III darajali diplom va badiiy asar bilan rag’batlantirildi.