April 7, 2020

EPA mahsulotlari

EPA mahsulotlari

Drel bu qurilish-ta’mirlash ishlarida gipsokartonlar, taxta, temir mahsulotlarida va turli hil hajmdagi teshiklar hosil qilish va samorez qotirish uchun ishlatiladi.

Temirlar teshish uchun quvvati baland drellar ishlatish kerak!

Drellar markasida (M) yoki (P) yozuvlari bor.

(M) bu – (metall) temir so‘zini anglatadi, ya’ni bu drelning patroni temirdanligini anglatadi.

(P) bu – plastmassa so‘zini anglatadi, ya’ni bu drelning patroni plastmassadanligini anglatadi.

Katta drellarda qo‘shimcha (bolg‘a) funksiyasi bor. Bular beton teshish uchun mo‘ljallanmagan. Bu funksiya bilan yana shurup qotirish jarayonida, shurup oxirigacha qotmaganda shurupni urib qotirish uchun mo‘ljalangan. Qotib qolgan samorezlarni bo‘shatish uchun ham ishlatiladi. Drellarni ishlatish jarayonida vaqti-vaqti bilan o‘z holatda ishlatib turish kerak.

EED-10M-5, EED-10P-5 va EED-10P-7 ushbu 10 patronlik drellar samorez qotirish va temir teshish uchun mo‘ljallangan. Samorez qotirishda 5 lik o‘lchamdagi samorezgacha tavsiya qilinadi. Temir teshishda 3 lik list teshishga mo‘ljallangan. Bu holatlardan ortig‘iga mo‘ljallanmagan bo‘lib, boshqa holatlarda drelni qizishiga va kuyishiga olib keladi.