#adliyayoshlar
January 23

Adliya bo'limi boshlig'i va yoshlar uchrashuvi

Joriy yilning 23-yanvar kuni Marhamat tuman 47-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida Marhamat tuman adliya bo'limi boshlig'i S.Hamrayevning “Vatanparvarlik va milliy qadriyat” mavzusida o'quvchi yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv yoshlar ongida qonunga hurmatni shakllantirish ruhida tarbiyalash, jamiyatda yoshlar rolini oshirish, ma’naviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, ularni milliy qadriyat va an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlarda vatanparvarlik, mardlik va jasurlik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

Uchrashuvda yoshlarning ongida qonunga bo‘ysinib yashash va huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishni keng targ‘ib qilish, kasb-hunar va tadbirkorlik o‘quv markazlariga yuborish, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash borasida qilinayotgan ishlar xususida muloqot qilindi.

Ochiq va samimiy muloqotda yoshlar mavzu yuzasidan berilgan savollariga javoblar olishdi.