January 22

Marhamat tuman adliya  bo'limi yoshlar bilan uchrashdi


Joriy yilning 22-yanvar kuni Marhamat tumanida joylashgan 40-sonli umumta`lim maktabining 11-sinf o'quvchilari bilan “Vatanparvarlik va milliy qadriyat” mavzusida adliya bo'limi xodimlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv yoshlar ongida qonunga hurmatni shakllantirish ruhida tarbiyalash, jamiyatda yoshlar rolini oshirish, ma’naviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, ularni milliy qadriyat va an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlarda vatanparvarlik, mardlik va jasurlik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda “Tengdosh tengdoshga” tamoyili asosida mahallalar va mehnat jamoalarida yoshlar tomonidan “Huquqiy targ‘ibot kunlari” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ushbu tadbirlarda yoshlarning ongida qonunga bo‘ysinib yashash va huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishni keng targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish, harbiy xizmatning xususiyatlari orqali tarbiyalash tizimini yo‘lga qo‘yish, yoshlar bandligini ta’minlashga, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kredit olishi, subsidiya ajratilishiga ko‘maklashish, kasb-hunar va tadbirkorlik o‘quv markazlariga yuborish, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, bunda ekstremistik, terroristik materiallarni tarqatishning oldini olish bo‘yicha manzilli targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yish borasida qilinayotgan ishlar xususida muloqot qilindi.
Shuningdek, yoshlarga adliya tizimidagi yutuqlar, ish tartibi, tizimdagi yoshlarning faoliyati, adliya organlariga ishga qabul qilish jarayonlari haqida ma’lumot berildi.
Ochiq va samimiy muloqotda yoshlar mavzu yuzasidan berilgan savollariga javobar olishdi.

https://t.me/marxamat_adliya

https://www.facebook.com/groups/308197640531227