February 11, 2025

Kogon shahar Adliya bo'limi tomonidan "Arabxona" MFYda PQ-1-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

Kogon shahar Adliya bo'limi tomonidan "Arabxona" MFYda yettilik a’zolari ishtirokida O‘zbekiston Repsublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-1-sonli qarori yuzasidan huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

Kogon Shahar Adliya bo’limi boshlig’i J.Qandov tomonidan Kogon shahar “Arabxona” MFY raisi S.Razzoqov xotin-qizlar faoli F.Soliyeva profilaktika inspektori A.Safarov yoshlar yetakchisi S.Ramazonov hokim yordamchisi I.Ubaydov ijtimoiy hodim L.Shodiyevalarga 03.01.2025 PQ-1-sonli qarori hamda mahallarda huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish va ularniprofilaktika qilish chora tadbirlarni kompleks tashkil etish bo’yicha huquqiy tushgunchalar berildi.

Ijtimoiy profilaktikani samarali amalga oshirish uchun ma’muriy huquqbuzarlik “E-ma’muriy ish”da ro’yxatdan o’tganda huquqbuzar (jabrlanuvchi)larga avtomatik ijtimoiy profilaktikani amalga oshirish bo’yicha xulosa ijroga qaratilishi, “mahalla yettiligi” va ko’maklashuvchilarning faoliyati (KPI) ijtimoiy profilaktika natijalari asosida baholanishi, har bir xulosa ijrosi ustidan kunlik nazorat o’rnatilishi bo`yicha tushuntirish berildi.

Kogon shahar Adliya bo'limi