Kogon shahar Adliya bo'limi tomonidan "Istiqlol" MFYda sayyor qabul va huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Kogon shahar Adliya bo'limi tomonidan "Istiqlol" MFYda yettilik a’zolari va aholi ishtirokida sayyor qabul va O‘zbekiston Repsublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-1-sonli qarori hamda “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi Qonun, unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
PQ-1-sonli qaror mazmun-mohiyati mas’ullarga batafsil tushuntirildi hamda ushbu mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan kompleks chora-tadbirlar yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi Qonun, unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati hamda ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirildi.
Ijtimoiy profilaktikani samarali amalga oshirish uchun ma’muriy huquqbuzarlik “E-ma’muriy ish”da ro’yxatdan o’tganda huquqbuzar (jabrlanuvchi)larga avtomatik ijtimoiy profilaktikani amalga oshirish bo’yicha xulosa ijroga qaratilishi, “mahalla yettiligi” va ko’maklashuvchilarning faoliyati (KPI) ijtimoiy profilaktika natijalari asosida baholanishi, har bir xulosa ijrosi ustidan kunlik nazorat o’rnatilishi bo`yicha tushuntirish berildi.
Targ’ibot va tashviqot ishlari davomida mahalla xodimlariga ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy ishlarni boshlash bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berilib, mavzuga doir buklet va flayerlar aholiga tarqatildi.