Kogon shahar Adliya bo'limi xodimlari tomonidan "Xo'jabargi" MFYda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli farmoni va PQ-1-son va 133-sonli qarorlari mazmun-mohiyati bo'yicha huquqiy targ'ibot tadbiri va sayyor qabul o'tkazildi.
Kogon shahar Adliya bo`limi xodimlari tomonidan fuqarolar ishtirokida 18.06.2025 yilda "Xo'jabargi" MFYda yettilik a’zolari va aholi ishtirokida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024 yildagi PF-80-sonli farmoni, O‘zbekiston Repsublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-1-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024 yildagi 204-sonli "Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2025 yildagi PQ-133-sonli qarorlari mazmun-mohiyati va korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha "Huquqiy targ'ibot kuni" tadbiri va sayyor qabul o'tkazildi.
PQ-1-sonli qaror mazmun-mohiyati mas’ullarga batafsil tushuntirildi hamda ushbu mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan kompleks chora-tadbirlar yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
jtimoiy profilaktikani samarali amalga oshirish uchun ma’muriy huquqbuzarlik “E-ma’muriy ish”da ro’yxatdan o’tganda huquqbuzar (jabrlanuvchi)larga avtomatik ijtimoiy profilaktikani amalga oshirish bo’yicha xulosa ijroga qaratilishi, “mahalla yettiligi” va ko’maklashuvchilarning faoliyati (KPI) ijtimoiy profilaktika natijalari asosida baholanishi, har bir xulosa ijrosi ustidan kunlik nazorat o’rnatilishi bo`yicha tushuntirish berildi.
Targ’ibot va tashviqot ishlari davomida mahalla xodimlariga ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy ishlarni boshlash bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berilib, mahallada firibgarlik jinoyatlari sodir etilishining oldini olish maqsadida aholiga firibgarlik jinoyati qurboniga aylanishning oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan mavzuga doir 40 dan ortiq buklet va flayerlar tarqatildi.