February 5, 2025
Kogon shahar Adliya bo'limida PQ–1-son qarori mazmun-mohiyatini xodimlar va “mahalla yettiligi” a’zolariga yetkazish ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida barcha xodimlar ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.
Qaror bo'yicha tayyorlangan targ‘ibot materiallari (tezis, infografika, slayd, buklet, videorolik)lar barcha “mahalla yettiligi” a’zolariga yetkazish, bo‘limning “Telegram”, “Facebook” ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalariga joylashtirish choralari ko'rildi.
Qaror bandlarini ijrosi bo'yicha reja-grafik ishlab chiqilib, Mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish maqsadida “mahalla yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikda mahallalardagi nizoli oilalarni aniqlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan huquqiy tushuntirish ishlarini yo‘lga qo‘yish masalasi ko'rib chiqildi.