"Truth Between Us" Ep5
Yoongi asta belanchak yoniga qaytdi.
Jimin esa oppoq matoga o‘ralgancha tinchgina uxlab yotardi.
Yoongi sekin uning kichkina qo‘lchasiga tegdi…
Jimin birdan uning barmog‘ini ushlab oldi.
Yoongi bir lahza jim qoldi.
Yoongi pov:
Nega qo‘yib yuborgim kelmayapti?..
Shu payt eshik asta ochildi.
Min-jae ichkariga kirib keldi.
Min-jae: Demak shu yerda ekansan.
Yoongi unga qarab qo‘ydi.
Yoongi: Sizni taqillatishni o‘rgatishmaganmi?
Min-jae kulimsiradi.
Min-jae: Seni ham qirol oldida qanday gapirishni o‘rgatishmagan shekilli.
Yoongi: Men bilan urishgani kelganmisiz?
Min-jae: Yo‘q. Seni ogohlantirgani keldim.
Yoongi: Nimadan?
Min-jae asta Jimin tomonga qaradi.
Min-jae: Bu bola oddiy shahzoda emas.
Yoongi: Nima demoqchisiz?
Min-jae: Yillar oldin zulmat muhrlangan edi.
Lekin endi u yana uyg‘onmoqda.
Yoongi: Buning Jimin bilan nima aloqasi bor?
Min-jae: bu bola noyob kuchga ega
Yoongi asta Jiminga qaradi.
Yoongi: Siz… Jimin haqida gapiryapsizmi?
Min-jae: Ha.
Yoongi yana belanchakka yaqinlashdi.
Jimin uyqusida sekin jilmaydi.
Yoongi pov:
Yo‘q…
Bunday begunoh bola dunyoni yo‘q qilolmaydi.
Min-jae: Sen unga juda bog‘lanib qolma.
Yoongi: Nega?
Min-jae indamadi
Min-jae: Bo‘ldi uni tinch qo‘y.
Yoongi: Bilib qo‘ying, u kim bo‘lishidan qat’i nazar mening rafiqam bo‘ladi.
Min-jae: Hali otam senga Jiminni beradimi yo‘qmi.
Yoongi: Albatta beradi.
Min-jae: Hop hop yur endi hovliga chiqamiz, akalaring o‘sha yerda bo‘lsa kerak.
Yoongi va Min-jae xonadan chiqib ketishdi va to‘g‘ri hovliga borishdi. U yerda Lucien Hyun-woo bilan, Alaric esa Tae-min bilan o‘tirardi.
Blaise: Sevgilim keldingizlarmi?
Min-jae: Haa keldik.
Min-jae yugurib Blaisening yoniga o‘tirib oldi.
Hyun-woo: Sekin voy namuncha.
Tae-min: Yaqinda ering bo‘ladi shu odam namuncha.
Min-jae: nima alam qilyabdimi? Hayotim yuring bog‘ni aylanib kelamiz.
Blaise: Mayli yur quyoshim o‘zimni.
Tae-min: Qochib qol hali ko‘ramiz
Alaric: Atirgulim.
Tae-min: Mmmmmm.
Alaric: Yur otda sayr qilamiz.
Tae-min: Mayli yuring.
Ular ham ketishdi. Bog‘da faqat Yoongi, Lucien va Hyun-woo qolishdi, lekin oxiri ular ham zerikib qayergadir ketishdi.
Yoongi esa bog‘da o‘tirardi. Uning hayoli Jiminda edi. Uni nima qilib bo‘lsa ham o‘ziniki qilishni o‘ylardi.
Velmora va Izabella bu manzarani ayvondan ko‘rib turishardi.
Velmora: O‘g‘lingni bizga berasan ovv, bo‘lmasa o‘g‘lim naq telbaga aylanadi.
Izabella: Bularga sevgini kim qo‘yibdi lekin Velmora, u oddiy shahzoda emas.
Velmora: Unda qanday shahzoda?
Izabella: Unda kuch bor. 500 yilda bir tug‘uladigan shahzoda u.
Velmora: O‘zim ham shunday deb o‘ylagandim, shuning uchun u boshqa shahzodalaringdan ajralib turar ekanda.
Izabella: Haa shunday.
Velmora ayvondan pastga qarab sekin kuldi.
Velmora: Men hali Yoongini bunaqa ko‘rmagandim.
U odatda hammaga sovuq munosabatda bo‘lardi.
Izabella: Lekin Jiminni qo‘liga olganida…
go‘yo butunlay boshqa odamga aylandi.
Pastda esa Yoongi hanuz bog‘dagi favvora yonida o‘tirardi.
Shamol uning qora sochlarini asta hilpiratardi.
Yoongi pov:
Nega aynan u?..
Nega uni ko‘rganimda yuragim boshqacha uradi?..
Shu payt uning yonida qora kapalak pay-do bo‘ldi.
Yoongi asta unga qaradi.
Kapalak bir necha soniya havoda aylanib…
keyin saroyning eski qanoti tomon uchib ketdi.
Yoongi: G‘alati…
U asta o‘rnidan turib kapalak ortidan yurdi.
Yuqorida turgan Izabella buni sezib qoldi.
Izabella: Yoongi qayerga ketyapti?
Velmora: Balki shunchaki aylanayotgandir.
Lekin Izabellaning ko‘ngli bezovta bo‘ldi.
Bu payt Yoongi eski qanot tomon kirib ulgurgandi.
Bu yer saroyning boshqa qismlaridan farq qilardi.
Devorlari qoraygan…
hamma joy chang bosgan edi
Qanot bu saroyning bir qismi, bo‘limi degan ma’noda ishlatilgan
Yoongi: Bu yer hali ham yopilmagan ekanmi?..
Birdan kapalak qorong‘i yo‘lak oxirida g‘oyib bo‘ldi.
Yoongi atrofni ko‘zdan kechira boshladi va bir qovokni ko‘rib qoldi. Asta unga egilib qaradi, qarasa ichi to‘la qon edi.
Yoongi: Vaperlar ham qiziqda. Bu qonlarning ularga nima keragi bor? Ichmasa nima bo‘larkin shuni.
Yoongi yana ozgina yurdi, so‘ng qanotdan chiqib to‘g‘ri saroy ichiga kirdi.
Saroy ichi odatdagidek jim edi. Uzun yo‘laklarda faqat shamlarning lipillagan ovozi eshitilib turardi.
Yoongi asta zinadan ko‘tarildi.
Yoongi pov:
Hamma qayerga ketdi
Shu payt uzoqdan kimningdir kulgisi eshitildi.
Yoongi ovoz kelgan tomonga yurdi. Burilganda esa katta eshikni ko‘rib qoldi. Eshik biroz ochiq edi.
Ichkaridan xizmatkorlarning ovozi eshitilardi.
Xizmatkor: Shahzoda juda chiroyli ekan aa
Boshqasi: Ha, ayniqsa ko‘zlari oddiy bola emasligi bilinib turibdi.
Yoongi eshik yoniga kelib ichkariga qaradi.
Xizmatkorlar Jiminni o‘rab olishgandi. Jimin esa belanchakda yotib ularga qarab kulardi.
Yoongi beixtiyor jilmayib qo‘ydi.
Yoongi pov:
Uni yana ko‘rgim kelayabdi
Shu payt xizmatkorlardan biri Yoongini ko‘rib qoldi.
Xizmatkor: Shahzoda Yoongi!
Hamma birdan egildi.
Yoongi: Bo‘ldi davom etaveringlar.
U asta belanchak yoniga bordi.
Jimin Yoongini ko‘rishi bilan qo‘lchalarini unga cho‘zdi.
Xizmatkorlar hayron bo‘lib qolishdi.
Xizmatkor: Voy… u sizni tanib qoldi shekilli.
Yoongi sekin Jiminni qo‘liga oldi.
Jimin darrov uning kiyimidan ushlab oldi va kulib yubordi.
Yoongi: Voy seni… hali mendan ajralging kelmayaptimi?
Shu payt eshik oldida kimdir paydo bo‘ldi.
Min-jae edi.
U eshik romiga suyanib ikkalasini kuzatib turardi.
Min-jae: Menimcha endi seni undan ajratib bo‘lmaydi.
Yoongi boshini ko‘tarmasdan jilmaydi.
Yoongi: Balki.
Min-jae asta ularga yaqinlashdi.
Min-jae: Lekin ehtiyot bo‘l Yoongi… ba’zi taqdirlar chiroyli boshlanadiyu oxiri fojiaga aylanadi.
Alaric va Tae-min saroy ortidagi katta otxonaga kelishdi. Quyosh asta botayotgan, osmon esa to‘q sariq rangga kirgandi.
Tae-min otlarning yoniga borib ulardan birining yelesini siladi.
Tae-min: Voy bunisi juda chiroyli ekan.
Alaric kulib unga qaradi.
Alaric: Senga yoqqan bo‘lsa u seniki.
Tae-min: Rostdanmi?
Alaric: Haa. Men senga hamma narsamni beraman.
Tae-min kulib yubordi.
Tae-min: Namuncha shirin gapirasan.
Alaric asta unga yaqinlashdi.
Tae-min bir lahza indamay unga qarab qoldi. Keyin esa kulimsirab boshqa tomonga qaradi.
Tae-min: Yuring shahzodam sayr qilamiz.
Xizmatkorlar ularga otlarni tayyorlab berishdi.
Oradan ko‘p o‘tmay ular saroy bog‘idan chiqib o‘rmon yo‘li bo‘ylab ot minib ketishardi. Shamol Tae-minning sochlarini hilpiratardi.
Alaric esa undan ko‘z uzolmay qolgan edi.
Tae-min: Nimaga qarayapsiz?
Alaric: Senga.
Tae-min: Odamni uyaltirmang ey
Alaric kulib yubordi.
Alaric: Sen uyalsang yanayam chiroyli bo‘lib ketarkansan.
Tae-min ataylab otini tezlatib oldinga o‘tib ketdi.
Tae-min: Unda meni tutib ko‘ring.
Alaric: Hali seni tutaman
(Bitangiz ham tirik qolmaysiz xaxaxa 😂😅)
U ham otini tezlatdi.
Ikki ot o‘rmon yo‘li bo‘ylab yugurib ketardi. Tae-minning kulgisi butun atrofga taralardi.
Nihoyat Alaric unga yetib olib otining jilovidan ushladi.
Alaric: Ushladim.
Tae-min kulgancha unga qaradi.
Tae-min: Qo‘yib yuboring yiqilib tushaman.
Alaric asta unga yaqinlashdi.
Alaric: Tushib ketsang ushlab olaman.
Bir lahza ular bir-biriga tikilib qolishdi.
Shu payt uzoqdan g‘alati ovoz eshitildi.
Tae-min darrov jiddiy tortdi.
Tae-min: Eshitdingizmi?
Alaric ham atrofga qaradi.
Alaric: Shahzodam yuring saroyga qaytamiz.
Tae-min yana bir bor qorong‘i o‘rmon tomonga qaradi.
Tae-min: Balki menga eshtilgandir
Alaric: yoq men ham eshitim Bu yer menga yoqmayapti.
Alaric otining jilovini burdi.
Alaric: Yuring, qorong‘i tushmasidan qaytaylik.
Tae-min bosh irg‘adi va ular saroy tomon yo‘l olishdi. Shamol sovuqlashib borardi. Alaric esa negadir ko‘ngli bezovta bo‘layotganini sezardi.
Bu payt esa