May 23

"Truth Between Us" Ep6

Bu payt esa…

Lucien va Hyun-woo saroyning boshqa tomonidagi gulzorga borishgandi.
Hyun-woo favvora yoniga o‘tirib suvga qarardi.
Lucien esa qo‘llarini cho‘ntagiga solib unga tikilib turardi.
Hyun-woo: Yuzimga nimadir bo‘lganmi?
Lucien: Yo‘q.
Hyun-woo: Unda nega tikilib turibsiz?
Lucien: Senga qarab to‘yib olay, yaqinda ketamiz.
Hyun-woo: Min-jae va Blaisening to‘yidan keyin bizniki bo‘ladimi?
Lucien: Albatta. Seni o‘zim shu saroydan ko‘tarib olib chiqaman.
Hyun-woo: Ko‘tara olarmikin siz?
Lucien: Eringni kim deb o‘ylayapsan sen?
Deb Lucien Hyun-wooni ko‘tarib oldi.
Hyun-woo: Tushuring, kimdir ko‘rib qoladi.
Lucien: Ko‘rsa ko‘raversin.
Hyun-woo: Yo‘q tushuring, agar bu gap qirol va qirolichaga yetib borsa meni tiriklayin ko‘mishadi.
Lucien: Sevgilim men bor ekanman senga hech kim hech narsa deya olmaydi.
Lucien asta Hyun-wooning lablariga yaqinlashdi.
Lucien: Ular huddi olcha misoli.
Deb Hyun-wooning lablaridan bo‘sa oldi.
Ularda bu birinchisi emas edi.
Hyun-woo uyalganidan Lucienning yelkasiga yengil urib qo‘ydi.
Lucien: Sen yonimda bo‘lsang o‘zimni to‘xtata olmayman.
Hyun-woo sekin lablariga tegdi.
Hyun-woo: Baribir ehtiyot bo‘lishimiz kerak.
Lucien: Bilaman… lekin seni ko‘rsam hammasini unutaman.
Shamol gul barglarini uchirib o‘tardi.
Hyun-woo bir lahza Lucienga tikilib qoldi.
Hyun-woo: Rostdan meni shu qadar yaxshi ko‘rasizmi?
Lucien: Sendan boshqa hech kimni bunaqa sevmaganman
Lucien asta uning qo‘lidan ushladi
Lucien: To‘yimizdan keyin seni boshqa hech kimdan yashirmayman. Butun qirollikka sen meniki ekaningni aytaman.
Hyun-woo: hamma menga havas qiladi.
Lucien: Yo‘q. Hamma mendan seni rashk qiladi.
Hyun-woo: Nega?
Lucien asta uning peshonasidan o‘pdi.
Lucien: Chunki dunyodagi eng chiroyli inson men bilan bo‘ladi.
Hyun-woo yana nimadir demoqchi edi

Ammo uzoqdan xizmatkorlarning ovozi eshitildi.
— Shahzodalar qayerda? Qirolicha ularni qidiryapti.
Hyun-woo darrov Luciendan uzoqlashdi.
Hyun-woo: Aytmagandimmi kimdir ko‘rib qoladi deb.
Lucien: Qo‘rqoq ekansan.
Hyun-woo: Qo‘rqaman albatta. Men sizlarga o‘xshagan shahzoda emasman.
Lucienning kulgisi asta yo‘qoldi. U sekin Hyun-wooning qo‘lidan ushladi.
Lucien: Menga farqi yo‘q. Sen kim bo‘lishingdan qat’i nazar yonimda bo‘lasan.
Hyun-woo bir lahza unga qarab qoldi. Keyin asta jilmaydi.
Hyun-woo: Ba’zida juda chiroyli gapirasiz.
Lucien: Ba’zida emas doim.
Shu payt xizmatkorlar gulzor tomonga yaqinlashayotgani eshitildi.
Hyun-woo: Yuring endi. Rostdan ko‘rib qolishadi.
Lucien ataylab uning qo‘lini qo‘yib yubormadi.
Hyun-woo: Lucien…
Lucien: Mayli mayli ketdik.
Ikkalasi favvora yonidan chiqib saroy tomon yurishdi. Quyosh asta botib borar, osmon esa oltin rangga kirgandi.
Yo‘lda Lucien birdan to‘xtadi.
Hyun-woo: Nima bo‘ldi?
Lucien unga yaqinlashib sekin qulog‘iga pichirladi.
Lucien: Baribir bir kuni seni hammadan qizg‘anadigan ering bo‘laman.
Hyun-woo qizarib ketdi.
Lucien kulib yubordi va ikkalasi saroy ichiga kirib ketishdi.

Ikkalasi saroy ichiga kirib ketishdi.
Saroy ichi kechki ziyofat uchun bezatilayotgan edi. Xizmatkorlar u yoqdan bu yoqqa yugurib yurishar, katta zallarga shamlar qo‘yishardi.
Ular katta yo‘lakdan o‘tishayotganda qarshilaridan Alaric va Tae-min chiqib qolishdi.
Alaric: Ohooo kimlarni ko‘ryapmiz.
Tae-min kulimsiradi.
Tae-min: Sizlarni yarim soatdan beri qidirishmoqda.
Lucien: Nima qilibdi ?
Alaric: Hech nima… faqat Hyun-wooning lablari nega qizarib ketganini tushunmay turibman.
Hyun-woo darrov yuzini boshqa tomonga burdi.
Lucien esa bemalol kuldi.
Lucien: Shamol urgandir.
(Shamolda lab yoriladiku shuni nazarda tutyahdi)
Tae-min: Haa albatta… “shamol”.
Hammasi kulib yuborishdi.
Shu payt pastdan Blaisening ovozi eshitildi.
Blaise: Sizlar shu yerdamisiz?
Min-jae ham uning yonida turardi.
Min-jae: Nihoyat topdik. Qirolicha hammamizni kechki ovqatga chaqiryapti.
Alaric: Yur unda, och qolib ketdim.
Tae-min: Siz doim och bo‘lasiz.
Ular kulishib katta zal tomon yurishdi.

Bu payt esa…

Yoongi yana bog‘dagi favvora yonida yolg‘iz o‘tirardi.
Uning hayoli faqat Jiminda edi.
Yoongi pov:
Hozir nima qilayotgandir?.. Balki uxlagandir…
Shu payt orqasidan mayin ovoz eshitildi.
— Shahzoda Yoongi?
Yoongi ortiga qaradi.
Bu Jiminning enagasi edi.
Enaga: Shahzoda Jimin hech kimning qo‘lida tinchimayapti sizni qidirayotganga o‘xshaydi…

Yoongi darrov o‘rnidan turdi.
Yoongi: Jimin yig‘layaptimi?
Enaga: Ha shahzodam. Qirolicha Izabella ham hayron. Uni qancha ovutmaylik tinchimayapti.
Yoongi pov:
Nahotki rostdan meni qidirayotgan bo‘lsa?..
Yoongi enaga bilan birga tezda saroy ichiga kirdi.
Ular Jiminning xonasi oldiga kelishlari bilan ichkaridan chaqaloqning yig‘isi eshitildi.
Yoongi: Voy seni… shunchalik qattiq yig‘laysanmi ?
Enaga eshikni ochdi.
Ichkarida Izabella Jiminni ko‘tarib yurardi. Velmora esa yonida turib uni tinchlantirishga urinayotgan edi.
Izabella: Hech tinmayapti…
Shu payt Jimin Yoongini ko‘rdi.
Va birdan yig‘isini to‘xtatdi.
Xona jimib qoldi.
Velmora hayrat bilan Yoongiga qaradi.
Velmora: Voy xudoyim…
Izabella asta Jiminni Yoongiga uzatdi.
Izabella: Olchi
Yoongi sekin Jiminni qo‘liga oldi.
Jimin darrov uning kiyimidan ushlab kulib yubordi.
Enaga ham hayron qolgan edi.
Enaga: Men bunaqasini hali ko‘rmaganman…
Yoongi esa Jimindan ko‘z uzolmay turardi.
Yoongi: Meni shunchalik sog‘indingmi?
Velmora kulib Izabellaga qaradi.
Velmora: Bo‘ldi. Endi aniq bildim. O‘g‘limni taqdiri shu bola bilan bog‘langan.
Izabella: Balki.
Yoongi esa hech narsani eshitmayotgandek faqat Jimin bilan ovora edi.
U asta Jiminning burniga tegib qo‘ydi.
Yoongi: Mittivoy… hali katta bo‘lsang mendan qochib qutulolmaysan.
Velmora kulib yubordi.
Velmora: Yoongi u hali chaqaloq.
Yoongi: Baribir aytib qo‘yyapman.
Shu payt eshik taqilladi va ichkariga Tae-min kirdi.
Tae-minYoongining qo‘lidagi Jiminga qarab sekin kulimsiradi.
Tae-min: Menimcha endi uni sendan ajratishning iloji yo‘q.