Today

Family Beyond Fam Ep3

Yoongi mashina eshigini ochib Daonni ichkariga o‘tqazdi. Jimin ham uning yoniga o‘tirdi.
Sg: sen rostdan ham biz bilan bog‘chaga borasanmi?
Jm kulib xavfsizlik kamarini taqdi.
Jm: ha balki meni ham qabul qilishar 😭
Daon darrov kulib yubordi.
Daon: men sizni guruhimga olib kiraman.
Yoongi mashinani yurgizar ekan boshini chayqadi.
Sg: unda men uyda yolg‘iz qolamanmi men sensiz nima qilama?
Jimin darrov unga qaradi.
Jm: voy rashk qilyapsizmi?
Sg: yo‘q.
Daon: dada yolg‘on gapiryapti.
Yoongi oynadan tashqariga qaragandek bo‘ldi.
Sg: bu uyda hamma menga qarshi.
Jimin kulib uning yelkasiga boshini qo‘ydi.
Jm: yo‘q biz sizni yaxshi ko‘ramiz.
Shu payt boshqa mashinada ketayotgan Jungkook ularga signal chalib o‘tib ketdi.
Jk: oxirgi bo‘lib kelgan kofe olib beradiiii!
Tae kulib oynadan boshini chiqardi.
Tae: tezroq yuringlar qariyalar
Jimin darrov oynani tushirib baqirdi.
Jm: Kim qariiii?!
Daon kulgidan o‘zini ushlolmay qoldi.
Daon: yana boshlandi.
Bir necha daqiqadan keyin ular bog‘cha oldiga yetib kelishdi. Mashinadan tushishlari bilan Daon darrov Jiminning qo‘lidan ushlab oldi.
Daon: yuriiing.
Jimin ham uning ortidan yurdi. Bog‘cha oldidagi tarbiyachilar esa ularga qarab kulib salom berishardi.
Tarbiyachi: Daon bugun kayfiyating yaxshi ko‘rinadi.
Daon mag‘rurlanib Jiminni ko‘rsatdi.
Daon: chunki bugun Jimin dadam ham keldi.
Tarbiyachi: sizni akasi deb o‘ylabman
Yoongi darrov kulib yubordi.
Sg: ko‘rdingmi

Jimin darrov Yoongining qo‘liga yengil urib qo‘ydi.
Jm: kulmang.
Tarbiyachi: rostdan ham juda yosh ko‘rinasiz va chiroyli ekansiz
Daon mag‘rurlanib Jiminning qo‘lidan mahkam ushladi.
Daon: bu mening dadamda
Jimin darrov erib ketdi.
Jm: voy mening babyim.
Yoongi esa indamay ularni kuzatib turardi.
Sg: menchi?
Daon bir soniya o‘ylab turdi.
Daon: siz ham yaxshi dadasiz.
Sg: “ham” emish.
Jimin kulgidan o‘zini ushlolmay qoldi.
Shu payt ichkaridan boshqa bolalar yugurib chiqishdi.
Bola: Daonnnn!
Daon darrov ularga qarab qo‘l silkitdi.
Daon: men keldimmm!
Keyin birdan ortiga qaytib Jiminning qo‘lidan tortdi.
Daon: yuriiing sizni do‘stlarimga ko‘rsataman.
Jm: meni? 😭
Daon: ha. Siz chiroylisizku
Yoongi qoshlarini ko‘tardi.
Sg: menchi?
Daon yana bir soniya o‘yladi.
Daon: siz qo‘rqinchliroqsiz.
Jimin kulgidan bukilib qoldi. Yoongi esa shok bo‘lgandek Daonga qaradi.
Sg: men qo‘rqinchlimanmi?
Daon sekin bosh irg‘adi.
Daon: ayniqsa huditingizni qidirganingizda.
Tarbiyachi kulib yubordi.
Tarbiyachi: Daon juda kulgili bola ekan
Bu payt orqadan signal ovozi eshitildi. Jungkook mashina oynasini tushirib baqirdi.
Jk: heyyy kofeni unutmanglar!
Tae ham boshini oynadan chiqardi.
Tae: qariyalar hali ham bog‘cha oldida romantika qilyaptimi?
Jm darrov ularga qarab baqirdi.
Jm: ketinglarr Axmoqlar

Jungkook kulib signal chaldida mashinasini haydab ketdi. Taehyung esa oynadan qo‘l silkitib yubordi.
Tae: bye kichkina Jimin 😭
Jimin noligancha Yoongining yelkasiga urib qo‘ydi.
Jm: hammasi sizni deb.
Yoongi kulib qo‘ydi.
Sg: men nima qildim yana?
Daon esa allaqachon do‘stlari yoniga yugurib ketgandi. Lekin bir necha qadam yurib yana ortiga qaytdi.
Daon: dada ketib qolmang xo‘pmi?
Jm yumshoq kulib bosh irg‘adi.
Jm: hop seni kutaman
Daon mamnun bo‘lib ichkariga yugurib ketdi.
Bog‘cha hovlisi asta-sekin tinchib qoldi. Yoongi mashina yoniga suyanib Jimin tomonga qaradi.
Sg: endi nima qilamiz?
Jimin o‘ylanib turdi.
Jm: kofe ichgani boramizmi?
Sg: Jungkook yutib ketdiku.
Jm: u har doim yutadi.
Yoongi kulib mashina eshigini ochdi.
Sg: yur unda.
Ular mashinaga o‘tirishlari bilan Jimin birdan telefoniga qaradi.
Jm: voy.
Sg: nima bo‘ldi?
Jm telefonini Yoongiga ko‘rsatdi. Guruh chatiga Jungkook surat tashlagandi.
Suratda Jimin bog‘cha oldida Daonning sumkasini ushlab turardi. Tepasiga esa katta harflar bilan yozilgandi:

“DAONNING AKASI BUGUN BOG‘CHAGA KELDI 🤣”

Yoongi kulgidan rulga boshini qo‘ydi.
Sg: tamom seni endi tinch qo‘yishmaydi 😁
Jimin esa jahli chiqib telefoniga qarab qoldi.😡
Jm: JEON JUNGKOOK MEN SENI O‘LDIRAMAN

Yoongi kulgancha mashinani yurgizdi.
Sg: sen baribir hech narsa qilolmaysan.
Jimin birdan jim bo‘lib qoldi. Keyin sekin kulib qo‘ydi.
Jm: yo‘q… qilaman.
Sg: nimani o‘ylayapsan?
Jimin telefonini quchoqlab o‘rindiqqa suyandi.
Jm: Jungkookni sharmanda qiladigan narsa kerak. Juda kuchli narsa.
Yoongi kulib bosh chayqadi.
Sg: bechora Jungkook.
Jm: yo‘q u bunga loyiq.
Shu payt Jiminning ko‘zlari birdan chaqnab ketdi.
Jm: TOPDIM.
Sg: sen meni qo‘rqityapsan
Jm: eslaysizmi o‘tgan hafta Tae menga video yuborgandi?
Sg bir necha soniya o‘ylab turdi. Keyin birdan kulib yubordi.
Sg: yo‘q… sen o‘sha videoni aytyapsanmi? 🤣
Jimin yovuzlarcha kuldi.
Jm: haa aynan o‘sha.

Bir hafta oldin Jungkook kechasi uxlab qolib, Taehyungning pushti quloqli uyqu niqobini taqib olgandi. Eng yomoni esa — u uyqusida Tae meni tashlab ketmaaa jonim iltmos seni sevman deb gapirgandi. Taehyung esa buni videoga olib Jimin bilan Yoongiga yuborgan edi.

Yoongi kulgidan zo‘rg‘a gapirdi.
Sg: Jungkook seni rostdan o‘ldiradi.🤣
Jimin esa allaqachon telefonini olib videoni qidirayotgandi.
Jm: bugun haqiqiy urush boladi
Shu payt Jungkookdan yana xabar keldi.

Bog‘chadagi ukang qalay? 🤣

Jiminning labida asta tabassum paydo bo‘ldi.
Jm: tamom bo‘lding Jeon Jungkook.

Yoongi mashinani haydab ketarkan Jimin esa telefoniga tikilib kulib o‘tirardi.
Sg: sening bu kulging menga yoqmayapti.
Jm: sabr qiling hyung… hozir juda chiroyli narsa bo‘ladi.
Oradan yarim soat o‘tib ular kofe olish uchun kichkina kafega kirishdi. Jimin esa hali ham telefonidan nimadir qilardi.
Sg: yubordingmi?
Jm yovuzlarcha kulib bosh irg‘adi.
Jm: guruh chatiga tashladim 😈
Bu shu payt Jungkook
Jungkook mashinani to‘xtatib telefoniga qaradi. Guruh chatida “babydan 1 ta yangi video” degan yozuv turardi.
Jk: bu yana nima
Videoni ochishi bilan Taehyungning kulgisi eshitildi. Kamera esa uxlab yotgan Jungkookka qaratilgandi. Jungkookning yuzida pushti quloqli uyqu niqobi bor edi.
Videodagi Jungkook: Tae… meni tashlab ketmaaaa… iltmos jonginam hayotim xotinjon 😭
Bir necha soniyadan keyin video tugadi. Chat esa portlab ketgandi.
Jm: mana haqiqiy drama qiroli 🤣
Rm: buni nega bugungacha yashirib yurgansizlar?
Jin: men kulgidan ovqat yeyolmay qoldim
Sg: jungkook hali bunchalik sharmanda bolmagan edi
Jungkookning yuzi qizarib ketdi.
Jk: KIM VIDEOGA OLDI BUNI
Taehyung yonida o‘tirgancha kulgidan nafas ololmay qolgandi.
Tae: men emasman
Shu payt yana yangi xabar keldi. Bu Jimin edi.

Daonning akasiga tegishning oqibati shu 😌

Jungkook telefoniga qarab
Jk: Park Jimin… sen urush xohladingmi
Lev esa orqa o‘rindiqdan videoni ko‘rib kulib yubordi.
Lev: dadaaa siz uyquda shunaqa gapirasizmi 🤣
Taehyung yana kulib yubordi.
Tae: men aytmagandimmi u drama king deb 🤣