Family Beyond Fam Ep2
Jungkook ham indamasdan videoni o‘chirib qo‘ydi.
Hmmasi dasturxon atrofiga o‘tirib nonushta qilishni boshlashdi. Oshxona ichida qoshiq tovushlari va bolalarning mayda gaplari eshitilib turardi.
Jin: Lev tuxumingni ye oxirigacha.
Lev: har kuni tuxum
Jk: kuchli bo‘lish uchun yeyishing kerak
Lev darrov Jungkook tomonga qaradi.
Lev: unda mega Tae dada yemayapti?
Taehyung shok bo‘lgandek Levga qaradi.
Tae: voy
Sion esa indamay nonushtasini yeb o‘tirardi.
Sion: men ham tuxumni yoqtirmayman.
Rm: Lekin baribir yeysan.
Daon esa qoshiq bilan ovqatini aylantirib o‘tirardi. Yoongi bunga qarab qoshlarini chimirdi.
Sg: Daon ovqatni o‘ynama.
Daon: men o‘ynamayapman.
Jm kulib uning og‘ziga bir qoshiq ovqat tutdi.
Jm: unda ye tezroq.
Daon indamay ovqatni yedi. Keyin birdan Jimin tomonga qarab kulib yubordi.
Daon: Jimin dada siz ham bog‘chaga borasizmi?
Jm: bilmadim… balki meni ham qabul qilishar.
Lev kulgidan deyarli yo‘talib yubordi.
Lev: sizni kichik guruhga qo‘yishadi aniq.
Tae kulib stolga suyanib qoldi.
Tae: yo‘q uni Daon bilan bitta guruhga qo‘yishadi.
Jimin darrov labini cho‘chchaytirdi.
Jm: hammangiz birlashib oldingizmi?
Yoongi esa kulishini yashirish uchun qahvasidan ho‘pladi.
Jimin darrov Yoongining qo‘liga yengil urib qo‘ydi.
Jm: siz ham ularni tarafini olyapsizmi?
Sg: yoq
Daon esa kulib Jiminning yelkasiga boshini qo‘ydi.
Daon: men bilan bog‘chaga borsangiz bo‘ladi.
Lev: yo‘q unda Jimin amakim bog‘chadagi hamma bilan do‘stlashib ketadi.
Sion jiddiy yuz bilan bosh irg‘adi.
Sion: keyin Daonni unutib qo‘yadi.
Daonning ko‘zlari kattalashib ketdi.
Daon: yo‘q unday qilmaysiz a?
Jimin darrov Daonni quchoqlab oldi.
Jm: voy yo‘q albatta. Men faqat seni yaxshi ko‘raman.
Sg: faqat uni yaxshi korasanmi ?
Jimin bir soniya jim qoldi. Keyin sekin kulib Yoongiga qaradi.
Jm: sizni ham… ozroq.
Taehyung darrov “uuuu” deb yubordi.
Tae: romantika yana boshlandi.
Jungkook esa telefoniga qarab kulib qo‘ydi.
Jin chuqur xo‘rsinib stulga suyanib o‘tirdi.
Jin: bu uyda bir kun ham tinch nonushta qilish nasib qilmaydi shekilli.
Namjoon kulib uning yelkasidan quchoqladi.
Rm: lekin shunaqasi yaxshiku.
Jin indamay kulib qo‘ydi.
Bu payt Lev birdan o‘rnidan turib ketdi.
Lev: voyyy men sumkamni yuqorida qoldiribman
Jk: yana boshlanadi
Lev esa allaqachon zinadan yuqoriga yugurib ketgandi.
Oradan bir necha soniya o‘tib uning baqirgani eshitildi.
Lev: DADAAA MENING PAYPOG‘IM YO‘Q
Jk: har kuni shu ahvol.
Tae: kecha o‘zing yechib divan tagiga tashaganding.
Yuqoridan yana Levning ovozi eshitildi.
Lev: TOPDIMMM!
Hamma yengil kulib qo‘ydi.
Jin esa qo‘llarini qarsak chalib hammaga qaradi.
Jin: bo‘ldi endi hammangiz tashqariga.
Namjoon o‘rnidan turib mashina kalitini oldi.
Rm: Sion yur ketdik.
Sion darrov dadasining qo‘lidan ushlab eshik tomon yurdi.
Sion: hammaga xayr
Daon ham sumkasini ko‘tarib Yoongining yoniga bordi.
Daon: dada men tayyorman.
Sg: yaxshi yur ketik
Jimin esa shoshilib suvini ichib o‘rnidan turdi.
Jm: kutinglar men ham ketyapman.
Shu payt Lev zinadan yugurib tushib keldi. Bir oyog‘idagi paypoq qora biri esa oq edi.
Tae buni ko‘rib kulgidan bukilib qoldi.
Tae: voyyy bu yangi modami 😂
Lev darrov oyoqlariga qaradi.
Lev: ayyy men sezmapman 😭
Jungkook kulib uning boshiga yengil urib qo‘ydi.
Jk: yuraver hech kim qaramaydi.
Lev: HAMMA QARAYDI.
Hamma kulib tashqariga chiqishni boshladi. Katta uy asta-sekin bo‘shab borardi.
Yoongi mashina eshigini ochib Daonni ichkariga o‘tqazdi. Jimin ham uning yoniga o‘tirdi.
Sg: sen rostdan ham biz bilan bog‘chaga borasanmi?
Jm kulib xavfsizlik kamarini taqdi.
Jm: ha balki meni ham qabul qilishar