January 29

《 Новенький 1 серия 》

Seulning yorqin, quyoshli ko‘chalari bo‘ylab bir mashina ketib borardi. Mashina ichida esa bizning ota va bola qahramonlarimiz bor edi.
JK: Sen bola qachon odam bo‘lasan, a?
JM: Dada, yana boshlamang.
JK: Hali boshlamadim. Bilasanmi, bu bir oy ichida ikkinchi marta maktab almashtirishing.
JM: Nima qilay, o‘zlari shunga majbur qilishsa?
JK: Nima, ustozlar seni kimyo xonasini yoqib yuborishga majbur qildimi? Yoki birovning burnini sindirishga?
JM: Yo‘q, dada, unday emas. Hammasida ular aybdor. Lekin… qiziqarli edi. Ayniqsa kimyo xonasi.
JK: Senga gapirishning foydasi yo‘q.
Menga qara, bu oxirgi marta maktab almashtirishing bo‘lsin. Agar yana maktabda janjal chiqarsang — uy qamog‘iga tushasan.
JM: Dadaaa, qo‘ysangiz-chi! Nima, o‘g‘lingizni shunchaki bezori deb o‘ylaysizmi?
JK: Sen shunchaki bezori emassan. Sen mega ultra pro bezorisan.
JM: Dadaaa 😫
JK: Xo‘p, bo‘ldi, bo‘ldi. Tush, yetib keldik.
JM: Xayr, dadajon. Sizni yaxshi ko‘raman.
JK: Men ham, pingvincham.
Shunday qilib, Jimin maktab darvozasidan ichkariga kirib ketdi.
Bu paytda boshqa bir mashinada yana bir qahramonlarimiz kelayotgan edi.
TEA: Suga, men qachongacha sen sababli shikoyat eshitaman?
SG: Dada, bu oxirgisi, chin so‘zim.
TEA: Suga, bu gapni kecha ham aytganding.
SG: Nima qilay, kimyoga qiziqmasam? Kimyo o‘qituvchisi gapira boshlashi bilan uyqum keladi.
TEA: Qo‘ysang-chi, Suga.
SG: Rost gapiryapman, gaplari xuddi alla kabi eshitiladi.
TEA: Nima bo‘lsa ham, darsda uxlama.
SG: Xo‘p.
TEA: Agar bir hafta davomida o‘qituvching telefon qilib “uxlayapti” deb aytmasa, senga xohlagan narsangni olib beraman.
SG: Rostdanmi?! Uraaa! Va’da beraman, umuman telefon qilishmaydi!
TEA: Buni hali ko‘ramiz.
SG: Dada, sizni uyaltirib qo‘ymayman.
TEA: O‘zimning arslon o‘g‘limdan. Qani, tush endi.
SG: Xayr, dada. Sizni sevaman 💋
TEA: Men ham 😘
Shunday qilib, Tea ketdi, Suga esa sinfi tomon yo‘l oldi.
Sinfga kirar ekan, uning burniga qandaydir yoqimli hid urildi. U bunday hidni ilgari hech qachon sezmagan edi. U joyida qotib qoldi va bu hid kimdan kelayotganini izlay boshladi. Atrofdagilarga birma-bir qaradi. Shu payt oxirgi partada o‘tirgan notanish bir bolani ko‘rib qoldi. Uning yonidagi stul bo‘sh edi. Suga borib, o‘sha joyga o‘tirib oldi.
Jimin esa o‘z hayollariga sho‘ng‘ib ketgan edi. Birdan yoniga kimdir o‘tirganini eshitib cho‘chib ketdi va qaradi.
JM: Nima, ahmoqmisan? Nega arvohga o‘xshab kelasan?
SG: Agar sening sezgi a’zolaring hech narsani sezmasa, bunda mening nima aybim bor?
JM: Ko‘p gapirma. Bor, boshqa joyga o‘tir.
SG: Men shu yerda o‘tiraman.
JM: Men sendan qayerga o‘tirishingni so‘ramadim. Bu yerdan tur, dedim.
SG: Turmasam nima bo‘ladi?
JM: Turmasang, mana shu maktab boshingga qulaydi.
SG: Yo‘g‘-e, shunaqami? Qani, ko‘raylikchi, qanday qular ekan.
JM: Ertalabdan asabimga tegma. Yo‘qol yonimdan, dedim!
SG: Yo‘qolmasam nima qilasan?
Shu deb Suga Jiminga yaqin keldi. Ko‘zlar ko‘zlarga to‘qnashdi.

Suga Jiminga tikilib turgan paytda, Jimin bundan foydalanib uni urmoqchi bo‘ldi, ammo Suga uning qo‘lini mahkam ushlab qoldi.